Qaraqalpaqstan Respublikası Awıl xojalıģı ministrligi.
1.49K subscribers
8.19K photos
1.23K videos
1 file
3.27K links
Қорақалпоғистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги Матбуот хизмати


Веб-сайт
https://qqragro.uz
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Bugungi kungacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sohaga 5 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilgan, ularga 3 milliard dollar imtiyozli kreditlar ajratilgan. Klasterlar tomonidan 4 milliard dollarlik 265 ta loyiha ishga tushirilib, 300 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Natijada, paxta hosildorligi 30 foizga oshib, 26 sentnerdan 34 sentnerga yetdi.

Joriy yida qishloq xo‘jaligida, jumladan, 400 million dollarlik 600 ta loyiha ishga tushirilishi, qo‘shimcha 185 ming tonna saqlash va qayta ishlash quvvatlari hamda 33 ta tumanda agroxizmat markazlari tashkil etilishi aytildi.

Mutasaddilarga klaster va fermerlar o‘rtasidagi shartnomalarni tartibga solish hamda hisob-kitoblarni joyiga qo‘yish, paxta va g‘alla yetishtirishni muvofiqlashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun fermer xo‘jaliklariga hisoblangan penyalar, istisno tariqasida, hisobdan chiqarilishi belgilandi.

Shuningdek, yurtimizda oziq-ovqat sanoatida oliy va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyoj katta. Shuning uchun xorijiy davlatlar tajribasi asosida bu sohada yangi institut tashkil etish taklifi ma’qullandi.

👉Batafsil

#Prezident #yigilish #qishloq_xojaligi #klaster #investitsiya #fermer #paxta #galla #oziq_ovqat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM