QarMII axborot xizmati
4.35K subscribers
24.2K photos
2.03K videos
324 files
8.36K links
🏛 QarMII rasmiy kanali

🌐 Veb sayt: https://qmii.uz
☎️ Telefon 75-220-09-23
📩 E-mail: [email protected]
⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi, 225 uy.

🎧 Call-markaz: 75 220-09-24
Download Telegram
Forwarded from QarMII | Blog (Lazizbek Azizbekovich)
#HammagaUlashing

Karantin va OTMlar online shaklga o'tdi degan fake xabarlar har xil telegram guruhlarda judayam ko'paymoqda.Shu sababli Yolg'on va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun ham jazo muqarrar ekanligini yana bir bor eslatib o'tmoqchiman 👇👇👇


Qonunga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun tegishli kodekslarga ma'muriy va jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar kiritildi.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimcha (202-2-modda)ga ko‘ra:
jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha (44 mln 600 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida yuqoridagi jinoyatlarni javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda sodir etganlik uchun yana ham og‘irroq jazo choralari (BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash) belgilangan.


Yuqoridagi moddalarni o‘qigan aksariyat o‘quvchini mavhum tasavvurlar qamrab olsa, ajab emas. Zero, huquqbuzarliklar ta'rifida bir qator umumiy tushunchalarning qo‘llangani ularni tushunib olishni qiyinlashtirmoqda.

https://telegram.me/qarmii_bloger
“XOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”
Bugun institutda 2-jahon urushida qozonilgan g’alabaning 76 yilligiga bag’ishlangan “Xotira bor ekan – millat barhayot” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda so’z olganlar asosan urush dahshatlari, o’zbek millatining urushdan keyingi qiyinchiliklarga to’la hayoti haqida gapirdilar.
Maʼlumki, 1999 yildan boshlab mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil Oʼzbekistonda asrlar davomida qahramona, oʼlkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bagʼishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur maʼnoga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashlarda qatnashgan, oʼz Vatanini himoya qilishda joniga fido kilganlar ruhini shod etib eslash ham farz, ham qarzdir. Ikkinchi jahon urushida halok boʼlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, ogʼir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham oʼzligini yoʼqotmagan, iymoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom koʼrsatish tom maʼnoda milliy qadriyatga aylandi.
- Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʼ. Oʼtganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir, - deydi viloyat hokimining faxriylar bilan ishlash boʼyicha maslahatchisi Y.Inoyatov.
Shuningdek, Y.Inoyatov urushdan keyingi qiyinchilik yillarini eslab, insonlar bir burda non uchun qanchalik qiynalgani, oʼtgan asrning 50-60-yillaridagi hayot darajasi, xalqimizning urushdan keyingi yillarda chekkan mashaqqatlari haqida gapirib, bugungi kunda oʼsib kelayotgan yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar, texnika va texnologiyalar takomillashgan davrda, eng muhimi ulugʼ neʼmat hisoblanmish - Mustaqillikni qadriga yetib yashash, bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz tomonidan Uchinchi Renessans poydevorining yaratilayotganligi va bularning barchasi eng avvalo mana shu yoshlar uchun ekanligini taʼkidlab, berilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, tinch zamonaga shukronalik kayfiyatida yashash kerakligini taʼkidladi.
Ikkinchi jahon urushining insoniyat boshiga solgan cheksiz kulfatlari, urushdan keyingi yillarda ham xalqimizning chekkan azob-u iztiroblari haqida Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi maslahatchisi E.Rajabov ham toʼxtalib, oʼz boshidan kechirgan mashaqqatli yillar xotiralarini gapirib berdi.
Oʼzbekiston tarixi kafedrasi mudiri. professor Y.Ergasheva Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaga oʼzbek xalqining qoʼshgan ulkan hissasi toʼgʼrisida toʼxtalib, keyingi yillarda tarixchilar tomonidan arxiv materiallarini oʼrganish natijasida aniqlangan urush yillariga oid yangi faktlar xususida toʼxtalib oʼtdi.
Yakunda E. Rajabovning 80 yoshga toʼlishi munosabati bilan institut rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʼmitasining esdalik sovgʼalari topshirildi
Oʼktam Аbdullaev, “Oʼzbekiston tarixi” kafedrasi katta oʼqituvchisi.
Forwarded from HEEDFUL PROGRAM
Heedful program videodarslar uchun ingliz tilida erkin so'zlasha oladigan yigit va qizlarni kastingga chorlaydi. Videodarslar asosida darslik tuziladi. Savol va murojaat uchun @mahmudovaumidabot ga o'zingiz haqida xabar qoldirishingiz mumkin.
Forwarded from Qashqadaryo xabarlari  (Ahror Sodiqov)
Воҳамизда 22 нафар уруш қатнашчиси умргузаронлик қилмоқда👇

Қарши шаҳар
- Джалилов Ахмед, Насырова Вера, Бех Иван, Нурмагамбетова Сания;
Ғузор тумани - Курбанов Рахмон, Хасанов Энназар;
Қамаши тумани - Гаппаров Абдисалим, Соттаров Рузибой;
Касби тумани - Шерматов Хайрулло, Назаров Эрка, Джураев Мирза;
Нишон тумани - Соатов Рузи;
Чироқчи тумани - Боймиров Абдухолик, Ёдгоров Жура;
Шаҳрисабз тумани - Рахимов Жура, Каюмов Вохид, Сатторов Гаппар, Джаббаров Сайдулло, Бобоев Омон, Гуломов Шоди;
Дехконобод тумани - Жабборов Абдулаким;
Косон тумани - Маматкулов Ислом.

Уларнинг ичида қамашилик Рўзибой бобо энг ёши каттаси. 112 ёшда.

Уларга жорий йил "9 май – Хотира ва Қадрлаш куни" олдидан Президентимиз фармони билан 12 000 000 (ўн икки миллион) сўм миқдорида бир марталик пул мукофоти тақдим этилмоқда. Шунингдек, ҳар бир уруш қатнашчиси хонадонига вилоят ташкилотлари раҳбарлари бириктирилиб, уларнинг саломатлиги ва хонадонлари ободлиги ишларида кўмакдош бўлишмоқда.

Аъзолик👉@qashvilhokimligi
Bugun Geologiya va konchilik ishi fakulteti “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yo’nalishi 115-19-guruh talabalari va guruh murabbiyi J.Tog'ayev Qarshi tumanidagi Abu Mu'in Nasafiy majmuasini ziyorat qildilar.
Sayohat-ziyorat talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
QarMII axborot xizmati.
Tabriklaymiz!

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi tomonidan O'zbekiston Respublikasidagi oliy oʻquv yurtlarining nemis tilini oʻrganuvchi talabalari oʻrtasida notiqlik sanʼati boʻyicha o'tkazilgan tanlovda institutimiz talabasi Nematov Qosimbek Kamoliddin o'g'li ham faol ishtirok etib, respublika miqyosida kuchli o'ntalik(7-o'rin)ga kirishga muvaffaq bo'ldi.

Munosib ishtirok bilan talabamiz va ustozlarni tabriklaymiz!
QarMII axborot xizmati.
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Танлов

⚜️Қатағон қурбонлари ҳаёти ва фаолиятига бағишланган ижодий ишлар танлови

💠 Танловда Республикамиздаги олий таълим муассасалари талабалари тасвирий санъат йўналиши (рангтасвир, графика, ҳайкалтарошлик) бўйича иштирок этишлари мумкин.

Аризалар 2021 йилнинг 10 майидан 20 майига қадар Чирчиқ давлат педагогика институтидаги Танлов ташкилотчилари томонидан қабул қилинади.

💠 Танловнинг 2-босқичи:
〽️25 майдан 1 июнга қадар ташкил этилади.

🔖Керакли ҳужжатлар:
👉иштирокчи шахсини тасдиқловчи ҳужжат нусхаси;
👉4х6 ҳажмдаги 2 дона фотосурат;
👉2 (икки) донадан кўп бўлмаган ижодий иш.

Танлов шартлари:
👉 Асарнинг мазмуни танлов мавзусига мослиги;
👉 Тарихий жиҳатлари;
👉 Композицион ва техник маҳорати;
👉 Ранглар жилоси ва бадиий ифода бўлиши керак.

📍Манзил: Тошкент вилояти, Чирчиқ шаҳри, Амир Темур кўчаси, 104-уй (Чирчиқ давлат педагогика институти).

💠 Ғолиблар:
🔸 I, II, III даражали диплом ва эсдалик совғалари билан тақдирланади.

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube
“Xotira muqaddas –qadr abadiy”
2-sonli talabalar turar joyida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Xotira muqaddas –qadr abadiy” mavzusida maʼnaviy maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Afgʻoniston janglarida ishtirok etgan faxriy xarbiy N.Hamrayev, kafedra oʻqituvchilari Y.Manzarov, S.Ibragimov, R.Rustamov, Sh.Jumayeva, I.Buriyev, B.Imomov va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati mavzuga mos - insoniyat boshiga musibat olib kelgan, minglab kishilarning hayotiga erta yakun yasagan, millionlab bolalarni yetim qilgan urushlar haqida bo‘ldi.
- 9 may sanasining Xotira va qadrlash kuni deb eʼlon qilinishi mamlakatimizda siyosatning insoniylashganidan, davlatning hazrati insonga qayishganidan dalolat beradi, - deydi Y. Manzarov. - Urushda halok boʻlgan har bir oʻzbekistonlik – Vatanimiz farzandi edi. Ularni yoddan chiqarishga hech birimizning haqqimiz yoʻq. Istiqlol yillarida 35 jildlik “Xotira” kitobi chop etildi. Endi esa urush qurbonlarining nomi poytaxtimizdagi Xotira maydoniga oʻrnatilgan temir “daftar”ga zarhal harflar bilan bitib qoʻyildi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy bo'ldi. Sobiq xarbiy N.Hamroyevning afg'on urushi haqidagi hayotiy hiyoyalari yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
QarMII axborot xizmati.