QarMII axborot xizmati
4.38K subscribers
24K photos
2K videos
320 files
8.3K links
🏛 QarMII rasmiy kanali

🌐 Veb sayt: https://qmii.uz
☎️ Telefon 75-220-09-23
📩 E-mail: [email protected]
⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi, 225 uy.

🎧 Call-markaz: 75 220-09-24
Download Telegram
Xabaringiz bor, may oyi Qarshi shahrida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb eʼlon qilingan va mazkur oylik doirasida "Obod shahar" aksiyasi ham o'tkazilmoqda. 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda muborak Ramazon hayiti bayramlarini munosib kutib olish maqsadida qo'l urilgan ushbu savobli ishdan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlari ham chetda qolishmadi. Ular obodonlashtirish va tozalik ishlariga har qachongidanda mas'uliyat bilan yondashmoqdalar.
QarMII axborot xizmati.
Geologiya va konchilik ishi fakulteti "Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvetkasi" ta'lim yo'nalishi 103-18 va 102-20-guruh talabalari bilan axborot murabbiylik soatlarida institut psixologi B.Kalonova “Talabalarda ruhiy muammolarning oldini olish mexanizmlari” mavzusida suhbat olib bordi.
Unda guruh murabbiylari Q.Usmonov va H. Panjiyev ishtirok etishdi.
Suhbat davomida talabalar faol ishtirok etdilar va ularga pozetiv kayfiyat ulashildi. Yakunda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
QarMII axborot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda Covid 19 pandemiyasi munosabati bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ta'lim jarayonlari 4 maydan e'tiboran 14 kunlik masofaviy ta'lim tizimiga o'tganligi haqidagi yolg'on xabarlar tarqalmoqda.
Institut ma'muriyati bu xabarlar yolg'on ekanligini, ta'lim jarayonlari esa an'anaviy tarzda davom etayotganligini ma'lum qiladi.
QarMII axborot xizmati.
Forwarded from QarMII | Blog (Lazizbek Azizbekovich)
#HammagaUlashing

Karantin va OTMlar online shaklga o'tdi degan fake xabarlar har xil telegram guruhlarda judayam ko'paymoqda.Shu sababli Yolg'on va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun ham jazo muqarrar ekanligini yana bir bor eslatib o'tmoqchiman 👇👇👇


Qonunga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun tegishli kodekslarga ma'muriy va jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar kiritildi.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimcha (202-2-modda)ga ko‘ra:
jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha (44 mln 600 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida yuqoridagi jinoyatlarni javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda sodir etganlik uchun yana ham og‘irroq jazo choralari (BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash) belgilangan.


Yuqoridagi moddalarni o‘qigan aksariyat o‘quvchini mavhum tasavvurlar qamrab olsa, ajab emas. Zero, huquqbuzarliklar ta'rifida bir qator umumiy tushunchalarning qo‘llangani ularni tushunib olishni qiyinlashtirmoqda.

https://telegram.me/qarmii_bloger
“XOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”
Bugun institutda 2-jahon urushida qozonilgan g’alabaning 76 yilligiga bag’ishlangan “Xotira bor ekan – millat barhayot” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda so’z olganlar asosan urush dahshatlari, o’zbek millatining urushdan keyingi qiyinchiliklarga to’la hayoti haqida gapirdilar.
Maʼlumki, 1999 yildan boshlab mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil Oʼzbekistonda asrlar davomida qahramona, oʼlkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bagʼishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur maʼnoga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashlarda qatnashgan, oʼz Vatanini himoya qilishda joniga fido kilganlar ruhini shod etib eslash ham farz, ham qarzdir. Ikkinchi jahon urushida halok boʼlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, ogʼir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham oʼzligini yoʼqotmagan, iymoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom koʼrsatish tom maʼnoda milliy qadriyatga aylandi.
- Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʼ. Oʼtganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir, - deydi viloyat hokimining faxriylar bilan ishlash boʼyicha maslahatchisi Y.Inoyatov.
Shuningdek, Y.Inoyatov urushdan keyingi qiyinchilik yillarini eslab, insonlar bir burda non uchun qanchalik qiynalgani, oʼtgan asrning 50-60-yillaridagi hayot darajasi, xalqimizning urushdan keyingi yillarda chekkan mashaqqatlari haqida gapirib, bugungi kunda oʼsib kelayotgan yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar, texnika va texnologiyalar takomillashgan davrda, eng muhimi ulugʼ neʼmat hisoblanmish - Mustaqillikni qadriga yetib yashash, bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz tomonidan Uchinchi Renessans poydevorining yaratilayotganligi va bularning barchasi eng avvalo mana shu yoshlar uchun ekanligini taʼkidlab, berilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, tinch zamonaga shukronalik kayfiyatida yashash kerakligini taʼkidladi.
Ikkinchi jahon urushining insoniyat boshiga solgan cheksiz kulfatlari, urushdan keyingi yillarda ham xalqimizning chekkan azob-u iztiroblari haqida Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi maslahatchisi E.Rajabov ham toʼxtalib, oʼz boshidan kechirgan mashaqqatli yillar xotiralarini gapirib berdi.
Oʼzbekiston tarixi kafedrasi mudiri. professor Y.Ergasheva Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaga oʼzbek xalqining qoʼshgan ulkan hissasi toʼgʼrisida toʼxtalib, keyingi yillarda tarixchilar tomonidan arxiv materiallarini oʼrganish natijasida aniqlangan urush yillariga oid yangi faktlar xususida toʼxtalib oʼtdi.
Yakunda E. Rajabovning 80 yoshga toʼlishi munosabati bilan institut rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʼmitasining esdalik sovgʼalari topshirildi
Oʼktam Аbdullaev, “Oʼzbekiston tarixi” kafedrasi katta oʼqituvchisi.
Forwarded from HEEDFUL PROGRAM
Heedful program videodarslar uchun ingliz tilida erkin so'zlasha oladigan yigit va qizlarni kastingga chorlaydi. Videodarslar asosida darslik tuziladi. Savol va murojaat uchun @mahmudovaumidabot ga o'zingiz haqida xabar qoldirishingiz mumkin.
Forwarded from Qashqadaryo xabarlari  (Ahror Sodiqov)
Воҳамизда 22 нафар уруш қатнашчиси умргузаронлик қилмоқда👇

Қарши шаҳар
- Джалилов Ахмед, Насырова Вера, Бех Иван, Нурмагамбетова Сания;
Ғузор тумани - Курбанов Рахмон, Хасанов Энназар;
Қамаши тумани - Гаппаров Абдисалим, Соттаров Рузибой;
Касби тумани - Шерматов Хайрулло, Назаров Эрка, Джураев Мирза;
Нишон тумани - Соатов Рузи;
Чироқчи тумани - Боймиров Абдухолик, Ёдгоров Жура;
Шаҳрисабз тумани - Рахимов Жура, Каюмов Вохид, Сатторов Гаппар, Джаббаров Сайдулло, Бобоев Омон, Гуломов Шоди;
Дехконобод тумани - Жабборов Абдулаким;
Косон тумани - Маматкулов Ислом.

Уларнинг ичида қамашилик Рўзибой бобо энг ёши каттаси. 112 ёшда.

Уларга жорий йил "9 май – Хотира ва Қадрлаш куни" олдидан Президентимиз фармони билан 12 000 000 (ўн икки миллион) сўм миқдорида бир марталик пул мукофоти тақдим этилмоқда. Шунингдек, ҳар бир уруш қатнашчиси хонадонига вилоят ташкилотлари раҳбарлари бириктирилиб, уларнинг саломатлиги ва хонадонлари ободлиги ишларида кўмакдош бўлишмоқда.

Аъзолик👉@qashvilhokimligi
Bugun Geologiya va konchilik ishi fakulteti “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yo’nalishi 115-19-guruh talabalari va guruh murabbiyi J.Tog'ayev Qarshi tumanidagi Abu Mu'in Nasafiy majmuasini ziyorat qildilar.
Sayohat-ziyorat talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
QarMII axborot xizmati.