Qarshi davlat texnika universiteti
5.11K subscribers
26K photos
2.27K videos
333 files
8.97K links
🏛 Qarshi davlat texnika universiteti kanali

Qarshi davlat texnika universiteti
www.kstu.uz
☎️ +99875 221-09-23
📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh.
Mustaqillik ko‘chasi 225-uy
Download Telegram
🟥🟥🟥
“Elsevier” kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladigan vebinarlarda ishtirok eting!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hamda Elsevier kompaniyasi hamkorligida 4-7 iyul kunlari oʻtkaziladigan onlayn vebinarlarga taklif etamiz. Vebinarlar quyidagi mavzularda boʻlib oʻtadi:

🔄 2023-yil 4 iyul – Scopus ma’lumotlar bazasining asosiy funksiyalari.
🔴https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_rCAcS1jNQ9GRQLJOZxXxbw

🔄 2023-yil 5 iyul– Litobzorni qanday tayyorlash.
🔴https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_uvYO17-1Qc-F6O-mkCc_Ww

🔄 2023-yil 6 iyul Nashr qilish uchun xalqaro jurnalni tanlash
🔴 https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_NIyh5g5jTOmQznd9p0Flag

🔄 2023-yil 7 iyul SciVada tashkilot tahlili.
🔴https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_X6LqEVCdRZiPLhguFjIuXQ

Vebinarlar oʻtkazilish vaqti – 15:00 – 17:00 (Toshkent vaqti bilan).

‼️Vebinarlar eʼloni Ilmiy-texnik axborot markazining rasmiy kanallari orqali berib boriladi. Bizni kuzatib borishda davom eting.

🚀Telegram kanal: https://t.iss.one/cntiuz
🔵Facebook: https://www.facebook.com/cstiuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

📹
magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

👉
Sertifikatlar ro‘yxati

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Live

Ayni hozir Qarshi shahridagi "Jurnalistlar uyi"ida shahardagi oliy ta’lim muassasalari rahbariyati ishtirokida qabul jarayonlari va kvotalar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Batafsil keyinroq.

QarMII axborot xizmati ✍️
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️ So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

🔰 Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan davlat rahbarining PF-213-son farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024-o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratiladi.

Shuningdek, Prezidentning PF-6108-son farmoniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi belgilandi.

Bunda joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#kvota

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

🔹BAKALAVR:

KUNDUZGI — 127 259 nafar;

SIRTQI — 49 078 nafar;

KECHKI — 11 125 nafar.

MASOFAVIY — 2 825 nafar.


❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (8 064 ta);

Pedagogika (23 605 ta);

Veterinariya (225 ta);

Ijtimoiy ish (325 ta);

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta).

Izoh: ushbu kvotalar umumiy kvotalardan tashqari ajratilgan.

🔸MAGISTRATURA:

Kvota — 17 128 nafar.
Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

Bizning rasmiy sahifalarimiz
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
✔️ Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловига 4 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Божхоначи бўлиш истагидаги йигитлар диққатига!

Божхона қўмитаси ҳудудий бошқармалар божхона постларидаги бўш лавозимларга хизматга қабул қилиш бўйича танлов эълон қилади.

Мазкур лавозимларга танлов асосида Ўзбекистон Республикаси фуқаролари, ёши ўн еттидан кам бўлмаган ва ўттиздан ошмаган, олий маълумотга эга, ўзининг шахсий, ишчанлик ва ахлоқий сифатлари, соғлиги ва жисмоний тайёргарлиги даражасига кўра божхона органи ходимининг хизмат вазифаларини бажаришга қодир, муддатли ҳарбий хизматни ёки сафарбарлик чақириқ резервида ёхуд олий таълим муассасаларида ҳарбий тайёргарликдан ўтган - бўйи 165 см.дан кам бўлмаган ЭРКАКЛАР қабул қилинади.

Номзод иқтисодиёт, молия, бухгалтерия ҳисоби ва аудит, солиқ, божхона иши, юриспруденсия, хорижий филология, товаршунослик ёки озиқ-овқат технологияси мутахассисликларидан бирига эга бўлиши ҳамда рус ва чет тилларидан бирини мукаммал билиши лозим.

Ўзбекистон Республикасининг “Давлат божхона хизмати тўғрисида”ги Қонунининг 13-моддасига кўра, муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб топилган, хизматни ўташга монелик қиладиган касаллиги ёки жисмоний нуқсонлари бўлган, бошқа давлат органларидан салбий сабабларга кўра бўшатилган, содир этган жинояти учун илгари ҳукм қилинганлар, қўлланилган жазо туридан, судланганлик ҳолати тугатилганлигидан ёки олиб ташланганлигидан ва ўзига нисбатан амнистия акти ёки афв этиш қўлланилганлигидан қатъи назар ёхуд ярашув муносабати билан жиноий жавобгарликдан озод қилинган фуқаролар хизматга қабул қилинмайди.

Юқоридаги талабларга мос келмаган, саралаш босқичларидан ўта олмаган ёки ўзи ва яқин қариндошлари тўғрисида била туриб нотўғри маълумотлар берган, шунингдек белгиланган ҳужжатларни белгиланган муддатда тақдим этмаган номзодларни хизматга қабул қилиш рад этилади.

Танловда иштирок этиш аризалар жорий йилнинг 17 июлига (шу куни ҳам) қадар https://new.customs.uz/uz/services/vacancy ҳаволаси орқали онлайн қабул қилинади.
#Qabul_2023

🏢 Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahridagi "Jurnalistlar uyi"ida shahardagi oliy ta’lim muassasalari – Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti rahbariyati ishtirokida qabul jarayonlari va kvotalar mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

🖋 Unda jurnalistlar, blogerlar va axborot xizmatlari rahbarlari qatnashdilar.

Batafsil 👉 ushbu havolada.

QarMII axborot xizmati ✍️
#Saylov_2023
#befarqemasman

🇺🇿 9-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

⚡️"Men saylovchiman. Mendagi sa ylash huquqi hamda fuqarolik burchi oʻz kelajagimiz, mamlakatimiz ertasi, yurtdoshlarimiz, oʻsib kelayotgan yosh avlod taqdiriga befarq boʻlmaslikka chorlaydi. 9-iyul kuni boʻlib oʻtadigan saylovda ishtirok etib, munosib nomzodga ovoz beraman".

Abbos Vohidov ,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti  boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi
#ichki_turizm
#dayjest

Dam olish kunlarida OTM xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning yurtimiz bo‘ylab sayohati tashkil etildi

🔹Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari Samarqandda bo‘ldi;

🔸Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlari Nurota tumanidagi Sentob dam olish maskanida madaniy hordiq chiqarishdi;

🔹Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat vakillar Zahiriddin Muhammad Boburning ramziy qabri va Al-Farg‘oniy ziyoratgohiga tashrif buyurib, buyuk ajdodlar haqqiga duolar qilishdi;

🔸Buxoro davlat pedagogika institutining professor-oʻqituvchilari, talabalari ketma-ket 5 kun dam olish kunlarida O‘zbekiston boʻylab sayohat qilishdi;

🔹Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida 5 kun mobaynida viloyatdagi Zomin, Baxmal, Forish tumanlarida joylashgan ekologik bog‘lar hamda Xo‘jamushkent va Sa’d Ibn Abu Vaqqоs ziyoratgohlariga sayohatlar tashkil etildi;

🔸Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Samarqand shahriga sayohat qildi;

🔹Andijon davlat chet tillari institutining bir guruh jamoasi oila a’zolari bilan birgalikda Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Xorazm va Toshkеnt viloyatlariga sayohat qildilar;

🔸Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari tyutorlari bilan birgalikda Kasbi tumani Qamashi qishlog‘iga, Samarqand shahri hamda Kitob tumanidagi Hazrati Bashir qadamjolariga sayohatini tashkil etishdi;

🔹Andijon davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari Jizzax viloyatida joylashgan Zomin tog‘lariga sayohat qildilar;

🔸Qoʻqon davlat pedagogika instituti bir guruh doktorantlari Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari bo‘ylab sayohat uyushtirdilar;

🔹Guliston davlat pedagogika instituti bir guruh jamoasi oilaviy madaniy dam olish maqsadida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining muqaddas qadamjolari va tarixiy maskanlariga tashrif buyurdilar;

🔸Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi Xivaga sayohat uyushtirdi;

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kasaba uyushmasi tomonidan Navoiyda joylashgan “To‘dako‘l” eko zonasiga hamda shahar bo‘ylab sayohat tashkil etildi;

🔸Samarqand davlat universiteti Urgut filialining professor-oʻqituvchilaridan iborat jamoa tumandagi diqqatga sazovor maskanlarga sayohat qilishdi.

🔹 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bir guruh ishchi-xodimlari va talabalari ichki turizm salohiyatini amalga oshirish maqsadida Xorazmga sayohat qilishdi.

🔸 TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xodimlari Samarqand, Buxoro hamda Bo‘stonliq, Zomin tumanlariga sayohat qilishdi;

🔹Milliy estrada san’ati instituti bir guruh xodimlari Samarqand, Xorazm va Xiva shaharlari hamda Zomin kurort zonasida dam olishdi;

🔸 Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari Samarqand, Namangan viloyatlari hamda “Chodak” dam olish maskanida bo‘lishdi.

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari Xiva shahriga sayohat qilishdi;

🔸Toshkent davlat stomatologiya instituti xodimlari va talaba-yoshlari Samarqand shahriga ichki va ziyorat turizmini uyushtirdi;

🔹O‘zbekiston milliy universiteti talabalari Samarqand, Namangan, Jizzax viloyatlaridagi diqqatga sazovor tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qildilar;

🔸Toshkent davlat agrar universitetining professor-oʻqituvchilari, ishchi xodimlari hamda talaba yoshlari Xorazmning tarixiy-madaniy maskanlari, Nurota tumanidagi Sentob dam olish maskanida, Buxoro viloyati Gʻijduvondagi Abduxoliq Gʻijduvoniy ziyoratgohlariga sayohat qilishdi;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlari Mizdaxqon tarixiy majmuasiga sayohat qildi;

🔸TATU Farg‘ona filialining bir guruh xodimlari hamda talabalari Xorazm va Samarqand shaharlari bo‘ylab sayohat qilishdi;

🔹Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Buxoro shahrining tarixiy obidalariga va diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bugun aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish hamda ularni bartaraf etish maqsadida Buxoroda bo‘ldi. Safar davomida jumladan:

🔹Buxoro davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi;

🔸universitet hududida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi, 2 700 o‘rinli o‘quv binosi, quyosh energiyasi va fizika ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari binosi, zamonaviy axborot-resurs markazida amalga oshirilayotgan qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi;

🔹Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolardagi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

💾 Sayyor qabul jarayonidan fotogaleriya

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul_2023
#infografika

4-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, 175 ming 736 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 90 ming 519 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 85 ming 217 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube