Forwarded from Xushnudbek.uz
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi
Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.
Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda. Bunga sabab qilib, Durov Fransiya huquq organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani va Telegramda moderatsiya yo‘qligi keltirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda #freedurov heshtegi ommalashmoqda. Ko‘plab kanal adminlari Durovga ozodlik so‘rab, postlar qoldirgan.
Telegram ma’muriyati Durovning hibsga olinishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgani, zaxira rejalari mavjudligi, messenjer faoliyati bir maromda davom etishi uchun barcha choralar ko’rilishini ma’lum qilgan.
👉 @xushnudbek 👈

🔥2⚡1
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pavel Durovga ayblov e’lon qilindi, u qamoqda emas, ozodlikda bo‘ladi, lekin Fransiyani tark etmasligi kerak. Buning uchun 5 mln yevro garov puli qo‘yishi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turishi zarur bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
👉 @xushnudbek 👈
⚡5🔥2❤🔥1👍1
Bugun YouTube kanalimizda KOTLIN dasturlash tilidan tayyorlangan navbatdagi video darslikni e'tiboringizga havola qilamiz!!!
Premyera 02.09.2024 20:30
if operatoriga oid misollar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Programmers
You can find out information about C, C++, Java, PHP, CISCO, HTML, CSS, JavaScript.
Bizning kanalda dasturlashni tez va onson o'rganishingiz mumkin.
Bizning kanalda C, C++, Java, PHP, CISCO, HTML, CSS, JavaScript ni o'rganishingiz mumkin.
Telegram kanalimiz:…

🔥3👍2⚡1
Forwarded from SUBYEKTIV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suvsiz Oʻzbekiston | SUBYEKTIV
O‘zbekiston suv yetishmovchiligi bo‘yicha dunyoda 25-o‘rinda, suv sarfi bo‘yicha 12-o‘rinda. Suvimizning 80 foizi o‘zimizniki emas, qo‘shni mamlakatlardan olinadi. Biz – butun boshli Orol dengizini quritganlarmiz. SUBYEKTIV navbatdagi og‘riqli muammo tahliliga qo‘l urdi. Eski mavzuning yangi tafsilotlaridan xabardor bo‘ling. Tasvirga olish davomida suv isrof qilinmagan!
👉HOZIROQ TOMOSHA QILING.👈
💸 Eng yaxshi izohlarni mukofotlaymiz!
Youtube’dagi videoga:
- eng mulohazali va koʻpchilik layk bosgan 3 ta;
- oʻzimiz eng yaxshi deb topgan yana 3 ta izoh egalarini 500 ming soʻmdan ragʻbatlantiramiz.
Maqsadimiz - eng ogʻriqli mavzuga koʻpchilikning e’tiborini jalb qilish va suvga mas’uliyatni oshirish. Ragʻbat egalarini 20-sentyabr kuni aniqlaymiz.
@subyektivuz

⚡4👍1🔥1
Forwarded from Xushnudbek.uz
iPhone 16 narxi 799 dollardan va iPhone 16 Plus narxi 899 dollardan boshlanadi (boshlang’ich xotira sig’imi 128GB)
Yangi model xususiyatlari:
— A18 chip
— 2000 nit display
— New colours
— Active button
— Camera control slider
— Apple & Visual Intelligence
— 48MP main, 2x telephoto at 12MP
— 12MP ultrawide w/ AF
👉 @xushnudbek 👈
Yangi model xususiyatlari:
— A18 chip
— 2000 nit display
— New colours
— Active button
— Camera control slider
— Apple & Visual Intelligence
— 48MP main, 2x telephoto at 12MP
— 12MP ultrawide w/ AF
👉 @xushnudbek 👈
🔥2⚡1👍1
Forwarded from Xushnudbek.uz
iPhone 16 Pro narxi 999 dollardan, iPhone 16 Pro Max narxi 1199 dollardan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
👉 @xushnudbek 👈
👍3🔥2⚡1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1👍1🔥1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Yandex Uzbekistan shahar xizmatlarini rivojlantirish uchun 33 mln dollar investitsiya kiritadi
Xabarda aytilishicha, Yandex Uzbekistan yil yakuniga qadar restoranlardan ovqat buyurtma qilish, buyumlarni yetkazib berish va taksi xizmatlarini jami 16 ta shaharga kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya buning uchun 33 million dollar investitsiya kiritadi.
Ma'lumot uchun, yaqinda Termiz, Urganch, Xiva va Guliston shaharlarida Yandex Go ilovasi orqali taksi xizmatidan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan. Shuningdek, ushbu shaharlarda yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Endilikda yil yakuniga qadar Andijon va Samarqandda ham yetkazib berish xizmati bo‘yicha tadbirkorlar uchun yangi yechimlar taqdim etiladi.

⚡3👍1🔥1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Telegram endi jinoyatga aloqador shaxslarning ma'lumotlarini tegishli organlarga taqdim etadi
Pavel Durovning ma'lum qilishicha, Telegram eng xavfsiz ilovalardan biri bo‘lgani sababli undan jinoiy maqsadlarda foydalanish holatlari uchraydi (narkotik, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi, terror va hk).
Telegram ma'muriyati endilikda shunday foydalanuvchilarning ma'lumotlari: ularning IP-manzillari va telefon raqamlarini rasmiy so‘rovga asosan tegishli organlarga taqdim etadi.
Ma'lumot uchun, Durov avgust oyida Fransiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani uchun qo‘lga olinib, unga nisbatan “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik” ayblovlari e'lon qilingandi. Keyinchalik u qo‘yib yuborildi, lekin Fransiyani tark etmasligi belgilandi. Buning uchun Durov 5 mln yevro garov puli qo‘yishi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turishi zarur edi.

⚡2👍1🔥1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kiberxavfsizlik tizimi haqida
Telegram asoschisi Pavel Durov yozishicha, kompaniya 2018-yildan buyon jinoyatchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini tegishli davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga berish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Durovning Fransiyada hibsga olinishi bilan bog‘liq voqeadan keyin, bu masalaga yanada jiddiy qarash boshlangan.
Masalan, 🇧🇷Braziliyada 2024-yilning 1-choragida (yanvar-mart) 75 ta, 2-choragida 63 ta va 3-choragida 65 ta huquqiy so‘rov bo‘yicha ma’lumotlar oshkor qilingan. 🇮🇳Hindistonda esa huquq organlarining 1-chorakda 2 ming 461 ta, 2-chorakda 2 ming 151 ta va 3-chorakda 2 ming 380 ta qonuniy talablari qondirilgan.
Yevropada ham 3-chorakda qonuniy so‘rovlar soni oshgan.
Telegram taqdim etgan statistikaga qaralsa, 🇺🇿O‘zbekiston tomoni Telegramga 2024-yil davomida bironta asosli rasmiy so‘rov yubormagan, yoki yuborgan bo‘lsa ham, birontasi qanoatlantirilmagan. Bu degani O‘zbekistonda Telegram bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lmayapti deganimi? Yo‘q, albatta, tiqilib yotibdi.
Narkotik moddalar sotuvi deysizmi, odam savdosiyu pornografik mahsulotlar deysizmi, firibgarlik holatlari deysizmi, juda ko‘p. Shunchaki aksariyat hollarda ushbu jinoyatlarga oid Telegramdagi kanallar, guruhlar, profillar ortidagi insonlar ochilmasdan qolib ketaveradi. Chunki bu bilan jiddiy shug‘ullanadigan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan qonuniy so‘rovlarni Telegramga yuboradigan tashkilot kerak. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlik xizmatlari jinoyatchilardan ham aqlliroq va zamonaviyroq bo‘lishi shart va zarur.
Albatta, xakerlik yoki bosqinchilik usuli bilan kimningdir Telegramiga buzib kirish shart emas, agar rostdan jinoyat alomatlari bo‘lsa, unda rasmiy yo‘llar orqali ham jinoyatchilarning ma’lumotlarini qonuniy olish mumkin.

⚡2👍2🔥1