Piskent tuman hokimligi
9.85K subscribers
3.66K photos
224 videos
1 file
1.47K links
Download Telegram
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Piskent tumani hokimligiga oʻz taklif va muammolaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz uchun yana bir qulaylik yaratildi.

Endi Siz murojaatlaringizni quyidagi bot manzili orqali qoldirishingiz mumkin. Murojaatlar tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi.

@Hokimiyatga_murojaatlarbot👈

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatnoma

Yoz mavsumida belgilanmagan joylarda cho'milish bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib keladi. Odatda, suvning tez oqishi, suv sathining chuqurligi, oqimning kuchliligi, shuningdek, suv o‘tlari, girdob va purtanalarga qaramay, suvda cho‘milish qoidalariga rioya qilmaslik, ta'qiqlangan joylarda cho‘milish, umuman suzishni bilmay va spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda sho'ng'ish, yosh bolalarni qarovsiz qoldirish baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Hurmatli fuqarolar!

Piskent tumani hududidan oqib o‘tuvchi "Polvonov" nomli Toshkanal hududida “Cho‘milish ta'qiqlanadi!” ogohlantiruvchi belgisi qo‘yilganligini eslatib o‘tamiz. Hozirda soha mutaxassislari tomonidan cho'milishda ehtiyotkorlik qoidalariga amal qilish yuzasidan bolalar orasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Suvga cho‘kish kabi baxtsiz hodisalardan ehtiyot bo‘ling! Yoz mavsumida farzandlaringizni bee'tibor qoldirmang!

Alisher Darmanov, Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tezkor bo‘linmasi boshlig‘i, serjant.

Криллда ўқиш

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_hujjatlari

Tuman mahalliy byudjetidan mablagʻlar ajratildi


Piskent tumani mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan tegishli tashkilotlarga bir qancha chora-tadbir va belgilangan maqsadlarni amalga oshirishi uchun pul mablagʻlari ajratildi.

Xususan, "Navoiy" MFY, Obod koʻchasida joylashgan nuroniylar jamgʻarmasi bino-inshootlarini taʼmirlash uchun 169 million soʻmdan ortiq;

Tuman IIB binosini qolgan ishlarini yakunlash uchun 8 million soʻm;

Gul va boshqa manzarali daraxt koʻchatlarini xarid qilish uchun 200 million soʻm;

"Mingtepa" MFY hududida amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga yoqilgʻi moylash mahsulotlari uchun 100 million soʻm, ushbu hududga piyodalar yoʻlakchasi qurish uchun 90 million soʻmdan ortiq;

Oʻzbekiston sanʼat va madaniyat institutida taʼlim olayotgan tumanimiz talabalarining toʻlov-kontrakti toʻlab berish uchun 41 million soʻmdan ortiq;

Tumanda yashovchi qozoq millatiga mansub kam taʼminlangan, ehtiyojmand va daftarlarda roʻyxatda turuvchi fuqarolarga kinofilm namoyishini tashkil qilish uchun 30 million soʻm miqdorda mablagʻlar ajratildi.

Кириллда ўқиш

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Piskent tumani, "Mingtepa" mahallasining 4,2 kilometr ichki yoʻllari hamda Chinoz tumani, "Birlik" mahallasining ichki yoʻllari taʼmirlanadi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 4 milliard 463 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Tumanda tibbiy xizmat sifati yanada yaxshilanadi

Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov tuman Tibbiyot birlashmasidagi ish jarayoni va shifokorlar faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Tuman rahbariga Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Azizxon Iskandarov hamrohlik qildi.

Oʻrganishlar davomida tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish, ichki kasalliklar va qabul bo'limlari ish jarayoni, texnik baʼzasi ahvoli bilan yaqindan tanishildi.

Tuman hokimi fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish bemorlar dardiga davo topishda samarali natija berishini taʼkidlab, tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Кириллда ўқиш

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Халқ_қабули

Аҳоли билан яқиндан мулоқот қилиш, уларнинг муаммоларини тинглаш ва ҳал этиш мақсадида навбатдаги халқ қабулини "Майлабод" маҳалласида ўтказдик.

Мулоқотда аҳоли томонидан билдирилган муаммо ва таклифларга сектор раҳбарлари, корхона ва ташкилот, мазкур масалага бевосита алоқадор ва дахлдор бўлган мутасаддилар билан биргаликда ечим изладик.

Келиб тушган 20 га яқин мурожаатнинг ҳар бири юзасидан масъуллар ўз олдига ижобий ечим топишликни мақсад қилиб олди
.

Батафсил видео👈

Facebook  🌐Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Piskent tumani hokimligiga oʻz taklif va muammolaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz uchun yana bir qulaylik yaratildi.

Endi Siz murojaatlaringizni quyidagi bot manzili orqali qoldirishingiz mumkin. Murojaatlar tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi.

@Hokimiyatga_murojaatlarbot👈

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mehnat_yarmarkasi

Yana 24 nafar shaxs ishli boʻldi

Piskent tumani hokimligi, tuman Prokuraturasi, tuman Ichki ishlar boʻlimi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi
.

Batafsil

Кириллда ўқиш

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2024/2025-o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun tel: (+998) 55-501-02-40 - qabul komissiyasi
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.


👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent tumani "Gʻayrat" MFYda yangi Oʻzbekiston massiv domlarining kanalizatsiya oqavasi kanaldagi oqar suvga oqizilayotgani toʻgʻrisida murojaat tarqaldi.

Batafsil👈

Кириллда ўқиш👈

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot_tadbirlari

Sel va suv toshqinidan ehtiyot boʻling!


Respublikamizda havo harorati mo’tadil bo’lsada, yog’ingarchilik ko’p kuzatilmoqda. Yog’ingarchilikning ko’pligi esa daryo suvlarining keskin ko’payishiga sabab bo’lishi, yomg’ir va sel yog’ishi sel xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli, tumanimizning “Lolaariq” MFY hududidan oqib o’tuvchi "Ohangaron" daryosining qirg’oq yaqinida joylashgan dala hovlilarda aholi oʻrtasida selning xavfi va ehtiyotkorlik choralari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, selning dala hovli aholisiga yetkazishi mumkin bo’lgan zarari va daryo o’zanlari bo’yiga qurilish inshootlari barpo etmaslik bo’yicha aholi bilan suhbatlar o’tkazildi.

Joriy yilning may oyida daryo o’zanlari tozalanib, qirg’oq bo’ylarini mustahkamlash ishlari amalga oshirilishi rejaga kiritilgan. Tuman hokimining tegishli buyrug’i bilan, 14-may kunidan selninig xavfi va daryo o’zanlari qirg’ogʻidan toshib chiqib ketmasligi bo’yicha hozirda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ilhom Ahmedov, Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limining aholi va hududlarni muhofaza qilish inspektori.

Кириллда ўқиш

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

"Ijtimoiy himoya yagona reystri" axborot tizimi orqali tumandagi kam taʼminlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalarga isitish mavsumida elektr va gaz toʻlovlarida kompensatsiya turlari taqdim etiladi.

Bu haqda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga elektr va gazni baʼzaviy meʼyordan ortiq isteʼmol qilgan qismiga toʻlovda koʻmak koʻrsatilib, isitish mavsumi uchun noyabr oyida 270 ming soʻm miqdorda bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beriladi.

Bundan tashqari, joriy yilning 1-iyul sanasidan boshlab yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlar 100 foiz oldindan amalga oshiriladi.

Кириллда ўқиш

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

"Besh tashabbus" musobaqalarining sektor bosqichi oʻtkazildi


Piskent tumanidagi 4-sektor mahalla yoshlari o‘rtasida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi sport musobaqalari tashkil qilindi.

Sportning "Armrestling"va Futbol turi bo‘yicha boʻlib oʻtgan sektor bosqichi musobaqalarida yoshlar oʻzaro kuch sinashdi.

G‘oliblar mazkur musobaqaning tuman bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Кириллда ўқиш

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM