Piskent tuman hokimligi
9.79K subscribers
3.77K photos
235 videos
1 file
1.57K links
Download Telegram
#Bildirish

Hurmatli tumandoshlar
‼️

📌Piskent tumani hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida hokimlikning murojaatlar boti yoʻlga qoʻyilgan.

🔈Oʻz murojaatlaringizni 👉@Hokimiyatga_murojaatlarbot👈 ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi.

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_bandligi

Yoshlar yerdan unumli foydalanmoqda

🇺🇿Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-apreldagi 153-sonli qaroriga muvofiq, Piskent tumanida yoshlar bandligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📌Jumladan, ishsiz yoshlarga 30 sotix yer maydonlari ajratib berilmoqda.

✔️Bundan unumli foydalanayotgan yoshlar yerga urugʻni qadab, hosildan yaxshigina daromad olmoqdalar.

🔼Xususan, tumanning "Doʻstlik" mahallasida joriy yilning iyun oyida 92 nafar yoshga takroriy ekindan boʻshagan yer maydonlari ajratib berilgan edi.

🗣️Bugungi kunda yoshlar oʻzini-oʻzi bandligini taʼminlagan holda, mazkur ajratilgan yer maydonlarida bodring, pateson, qizil loviya, shirin makkajoʻxori, qalampir, kartoshka, lavlagi kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib, moʻmay daromad topib kelmoqda. Ular mehnat ortidan oilasi roʻzgʻorini butlashmoqda.

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

⚡️Piskent tumani hokimligining Iqtisodiyot bo'limi, tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi hamda Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda faoliyati to'xtatilgan sanoat korxonalari o'rganildi.

🟡O'rganishlar davomida mazkur korxonalarning bugungi kundagi holati va muammolari bilan yaqindan tanishildi.



⚡️Пискент тумани ҳокимлигининг Иқтисодиёт бўлими, туман Иқтисодиёт ва молия бўлими ҳамда Давлат солиқ инспекцияси ходимлари билан ҳамкорликда фаолияти тўхтатилган саноат корхоналари ўрганилди.

🟡Ўрганишлар давомида мазкур корхоналарнинг бугунги кундаги ҳолати ва муаммолари билан яқиндан танишилди.

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

⚠️Elektr energiyasidan qarzdorlar 5 kun “svet”siz qolishi mumkin‼️

⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” yangi dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan, 2024-yil 31-iyul kuni soat 23:50 dan 5-avgust sanasi soat 22:00 ga qadar Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qildi.

⚠️Shu munosabat bilan, mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda abonent hisob raqamlaridagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

❗️Qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi va 5 kun davomida "svet"siz qolib ketishlari mumkin.

⚡️Elektrdan qarzdorlarga toʻlovni bugun amalga oshirishi tavsiya etiladi.



⚠️Электр энергиясидан қарздорлар 5 кун “свет”сиз қолиши мумкин‼️

⚡️“Ҳудудий электр тармоқлари” янги дастурий комплекси ишга туширилиши муносабати билан, 2024 йил 31 июль куни соат 23:50 дан 5 август санаси соат 22:00 га қадар Маълумотларни қайта ишлаш марказида профилактик ишлар олиб борилишини маълум қилди.

⚠️Шу муносабат билан, мазкур вақт оралиғида электр энергияси учун онлайн тўловларни амалга ошириш ҳамда абонент ҳисоб рақамларидаги мавжуд маълумотларни олишда техник узилишлар бўлиши мумкин.

❗️Қарздор истеъмолчилар автоматик тарзда тармоқдан узилади ва 5 кун давомида "свет"сиз қолиб кетишлари мумкин.

⚡️Электрдан қарздорларга тўловни бугун амалга ошириши тавсия этилади.

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📈"Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida"gi qonunga muvofiq, Piskent tumani Statistika boʻlimi mutasaddilari tomonidan bu boradagi tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.

🎙Jarayonlar bilan "Nurafshon" telekanali lavhasida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.



📈"Аҳолини рўйхатга олиш тўғрисида"ги қонунга мувофиқ, Пискент тумани Статистика бўлими мутасаддилари томонидан бу борадаги тайёргарлик жараёнлари қизғин давом этмоқда.

🎙Жараёнлар билан "Нурафшон" телеканали лавҳасида батафсил маълумот олишингиз мумкин.

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

📣Diqqat, tanlov!

🔗O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
12-oktabrdagi "Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, Piskent tumani hokimining 2024-yil 31-iyuldagi tegishli qaroriga asosan, joriy yilning 21-avgust kuni tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida tanlov oʻtkaziladi.

🟢Mazkur tanlov original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tashkil etilmoqda.

📣Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar joriy yilning 20-avgust sanasiga qadar Piskent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limida qabul qilinadi.

📍Manzil: Piskent tumani markazi, A.Temur ko‘chasi, 138-uy.

📞Murojaat uchun telefon raqamlar:
+998 99 846 28 06;
+998 99 477 61 45.


➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Rahbar va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

☄️Bugun Piskent tumani 4-sektor hududidagi "Mustaqillik" mahallasida migratsiyadan qaytgan, bandligi taʼminlanmagan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

📌Unda tuman hokimi Muzaffar Aripov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari, yoshlar yetakchilari hamda tegishli masʼullar ishtirok etdi.

✔️Har oyning soʻnggi haftasida oʻtkazish anʼana tusiga kirgan mazkur uchrashuvda yoshlar mutasaddi rahbarlarga oʻzlarining mavjud taklif, muammo va murojaatlarini bildirishdi.

🗣️35 ta murojaat tinglanib, ijrosi mutasaddilarga yoʻnaltirildi. 10 nafar yoshning muammosi shu joyning oʻzida hal etildi.

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM