PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hunarli_xor_bo‘lmas
#Subsidiya

139 nafar ayolga tikuv mashinalari tarqatildi

Yurtimizda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlagan holda daromadlarini oshirishga muntazam e’tibor qaratib kelinadi. Ayniqsa, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi xotin-qizlarga ko‘mak berish ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Bugun Piskent tumani hokimligi tomonidan 29 ta mahalladagi tikuvchilik hunari bo‘lgan 139 nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi. Ularning 130 nafari “Ayollar daftari”, 9 nafari esa “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlardir. Asosiy maqsad-o‘zini band qilib, qo‘lidagi hunarini ishga solib, daromad topishiga ko‘maklashishdir.

Jarayonda qatnashgan tuman hokimi o‘rinbosari M.Miryunusov, tuman prokurori A.Jo‘rayev xotin-qizlarga ajratilgan uskunalarni topshirdi. Imkoniyatdan foydalanib, tadbirkorlik boshlashlarida omad tiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍12👏1🙏1😍1
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍8