PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Ogohlik

Xalqimizda "qo‘shning tinch-sen tinch" degan naql bor. Bu ibora tinchlik ne'mati nafaqat bir oilaga, balki mahalla, tumanga, yurtga tegishli keng tushuncha ekanligini anglatadi.

Shu bois mahallalarda tinchlik va osudalikni ta'minlash, jamoat tartibini saqlash maqsadida mahalla, IIB va boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida nazorat tadbirlari o‘tkazib boriladi.

Bugun ham Istiqlol, Saidobod, Oqtepa, Yangiobod, Birlik, Mustaqillik, Zominovul, Kelovchi va Navoiy mahallalarida profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida migrantlar oilalariga ham e'tibor qaratilib, ularning holidan xabar olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍3🙏3
#Ogohlik

Korrupsiya: sabab va oqibatlar

Bugun Piskent tumani hokimligida korrupsiyaning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Tuman hokimligi kompleans nazorat bo‘limi, Tashkiliy kadrlar guruhi tomonidan tashkil etilgan suhbatda hokimlik apparati xodimlari, bo‘lim rahbarlari ishtirok etishdi. Tanqidiy-profilaktik ruhda o‘tgan tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari birgalikda ishlashi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va budjet mablag‘laridan samarali foydalanish kerakligi to‘g‘risida ma’ruzalari tinglandi va tushuntirishlar berildi.

Hududlarda sodir etilgan korrupsion jinoyatlar haqida ma’lumotlar berib, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillar xususida to‘xtaldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍9
#Ogohlik

FVB profilaktik tadbirlarni kuchaytirmoqda

Yangi yil bayrami arafasida pirotexnik vositalardan foydalanishning oldini olish, xonadonlarda is gazi va yong‘inlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va hamkor tashkilotlar tomonidan profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍5🙏31🔥1
#Ogohlik

Ogohlik bugungi kun talabi. So‘nggi kunlarda DOK-1 MAKS va boshqa dori vositalaridan foydalanish natijasida go‘daklarning o‘limi barchani qayg‘uga soldi. Ushbu noxush holatlarning oldini olish va qishloq joylarda  aholining xabardorligini oshirish maqsadida mahallalarda faollar tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6🙏2
#Ogohlik

Piskent tumani hokimligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, IIB, SEO va JS bo‘limi hamda Tibbiyot birlashmasi hamkorligida taʼqiqlangan, yaroqsiz dorilarni aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ishi guruh tomonidan aholi salomatligi uchun havfli bo‘lgan dori vositalarini tuman hududidagi dorixonalardan yig‘ib olish jarayoni boshlandi.

Hurmatli fuqarolar, o‘zingiz va farzandlaringiz salomatligiga xavf soluvchi dori vositalarni harid qilmang!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍12
#Ogohlik

OGOH BO‘LING! Juda ko‘plab insonlar firibgarlarning turli aldovlariga uchramoqda. Keyingi nishon siz bo‘lib qolmang.

Piskent tumani IIBning targ‘ibot uchun maxsus havolasi⤵️

https://t.iss.one/cyber102gov_bot?start=49

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
🙏3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

Ijtimoiy tarmoqlarda diniy maʼruza qilayotganlarning barchasi ham olim emas. Ogoh boʻling!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
😱4🙏3🔥1🤩1
#Ogohlik

Piskent tumanida ijtimoiy-maʼnaviy muhit sofligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Din ishlari qoʻmitasi tuman vakili A.Jumaboyev, IIB terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi D.Qurbonov, tumandagi 29 ta mahallada faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar faollari, otinoyilar qatnashdilar. Kun tartibida soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan turli yot gʻoyalarga asoslangan guruh va kanallardan ogoh boʻlish, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ayniqsa bolalar va oʻsmirlar, ayollarning ularga bilib-bilmasdan qoʻshilib qolishlarning oldini olish masalalari muhokama etildi. Maʼnaviy muhit sofligini taʼminlash uchun bajarilishi zarur boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍3🙏2🔥1
#Ogohlik

Yemagan somsaga pul toʻlamang!

Soʻnggi vaqtlarda aholi orasida YOXB formasini kiygan kimsalar xonadonlarga kirib, fuqarolardan pul olish holatlari toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Xoʻsh, ular kimlar?
Bugun Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi rahbari R.Axrorov tuman fuqarolaridan tushgan arizalar asosida oʻzini Yongʻinga qarshi kurash jamiyatidanman, degan shaxslar bilan suhbatlashdi. Asli Bekobod tumanidan boʻlgan ushbu shaxslar qoʻlidagi hujjatda belgilanganidek, Yongʻin xavfsizligi uchun moʻrkonlarni va gaz asboblarini tozalab, xizmat koʻrsatilganidan soʻng toʻlov qilinishi belgilangan boʻlsada, arizachi fuqarolar shikoyatiga koʻra, hech qanday xizmat koʻrsatilmasdan 49 000 soʻmdan 90 000 soʻmgacha miqdorida pul talab qilingan. Suhbat davomida holatga oydinlik kiritilib, mutasaddi rahbarlar tomonidan ogohlantirildi.

Hurmatli tumandoshlar! Yuqoridagi kabi holatlar sodir boʻlganida tuman FVBning 101 yoki Piskenttumangaz idorasining 104 raqamlariga murojaat qiling!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍9👏2🔥1🤝1