PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Obodonlashtirish oyligi doirasida

Zominovul mahallasida 7 km asfalt yotqazish, yo‘l chetlariga lotoklar o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Bekobod mahallasida o‘rnatilgan beton stolbalarga yangi elektr kabellari tortilib, suv quvurlari ta’mirlandi.

Guliston mahallasida hasharlar davomida ichki ko‘chalar ta’mirlab, yo‘l bo‘ylarida qurigan o‘t-o‘lanlar tozalandi. Qabristonlar hududi obod qilindi.

Maylobod mahallasida aholi xonadonlari hamda Amir Temur ko‘chasida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Oqtepa mahallasida ham aholi hashar boshlab, ariq va boshqa suv yo‘llarini tartibga keltirishdi, kichik ko‘priklarni ta’mirlashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6🔥21
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Obod va ko‘rkam yurtga bayramlar yarashadi. Obodlik esa zahmatkash insonlar tomonidan bajarilmoqda. Avgust oyida start berilgan obodonlashtirish oyligi Piskent tumanida ham qizg‘in o‘tmoqda.

Mustaqillik va Guliston MFYda faol yoshlar va nuroniylar birgalikda qabristonlarni tartibga keltirishdi.

Chimqo‘rg‘on MFYda mahalladoshlar mehnati bilan ziyoratgohlar hududi va ichki ko‘chalar tozalandi. Daraxtlar butab, oqlandi.

Kelovchi MFYda aholi tomonidan ko‘chalar tozalanib, xonadon devorlari ta’mirlandi. Daraxt va butalarga shakl berildi. Jarayonda “Ayollar daftari”da turuvchi fuqaro xonadonida hashar qilib, uyi tomi yopildi.

Istiqlol MFY da Nurafshon ko‘chasi bodonlashtirib, ariq va zovurlar tozalandi, chiqindilar chiqarib tashlandi.

Bekobod MFY Jasorat ko‘chasi anhor o‘zani tozalanib, chiqindilar bartaraf etildi.

Mo‘minobod MFYda yashovchi yolg‘iz keksa Z.Kurdede xonadonida mahalla raisi va faollar hashar tashkil etishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍8
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Mahalladan xonadongacha obod bo‘lsin, degan shior ostida tashkil etilgan hasharlar doirasida yolg‘iz yashovchi keksa fuqarolar holidan xabar olib, yashash xonadonlari ham tartibga keltirilmoqda.

Suratda: Mo‘minobod mahallasi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍8🙏2
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Kultepa mahallasi hududida ham obodonlashtirish ishlari qizg‘in. Ayni kunlarda ichki ko‘chalarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Obodonlashtirish oyligi doirasida jami 200 dan ortiq ko‘chalar tartibga keltirib, 39 km yo‘llar asfalt va shag‘allashtirildi. 2 mingdan ortiq daraxtlarga shakl berib, oqlandi. 24 km ariq va zovurlar tozalandi. 16 ta chiqindixona tartibga keltirilib, 12 gektar bo‘sh yer maydonlari obodonlashtirildi, jami 21 tonna chiqindi bartaraf etildi. Ehtiyojmand 27 nafar fuqaroning uy-joylari homiylik va hashar yo‘li bilan ta’mirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍51🔥1👏1
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Obodonlashtirish oyligi doirasida Maylobod mahallasi Amir Temur ko‘chasida daraxtlarga shakl berib, oqlandi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Mustaqillik mahallasida ham obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Ta'mirtalab ichki ko‘chalar shag‘allashtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6🔥1👏1