PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
🔴#LIVE
📍Piskentda hashar
Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki

➡️Hashar – ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan qadimiy va doimiy qadriyat hisoblanadi. Ushbu bebaho qadriyatda birdamlik, bag‘rikenglik va mehnatsevarlik kabi insoniyat sifatlari aks ettirilgan.

➡️Ayni lahzalarda respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Piskent tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida ham o‘tkazilmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1🎉1
⭕️LIVE
#hashar_obodlik

🔸Bugun erta tongdan Piskent tuman mahallalarida umumxalq hashari boshlandi.


🔺Hasharda mahallaning barcha hodimlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari bosh bo‘lib aholi bilan birga elkama elka turib, mahalla markazi, qabristonlar, aholi honadonlarida ommaviy hasharda faol ishtirok etmoqda.
Suratda "Bekobod ", "Oybek ", "Mustaqillik","Mingtepa "va "Do‘ngqo‘rg‘on" mahallalarida bo'lib o'tayotgan umumxalq xayriya hasharidan lavhalar aks etgan.



🌐 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/mahalla_piskent
👍2👏1🎉1
#Maxsus_dayjest

Ayni damda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari bo'lib o'tmoqda. Hashar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari olib borilib, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari obodon holga keltirilmoqda.

Angren shahri. "Yoshlar bog'i"da tashkil qilingan hasharda shahar hokimligi, barcha korxona va tashkilot xodimlari faollik ko'rsatmoqda.

Bekobod shahri. “Bekobodshahargaz” bo‘limi ishchi-xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etib, atrofni obodon holga keltirmoqda.

Bekobod tumani. Mahallalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari yoshlar ishtirokida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Bo‘ka tumani. "Agrobank" ATB Bo'ka filiali, shuningdek, "O'zbek", "Yangiobod", "Qo'chqorso'ygan", "Ezgulik" va "Parkent" mahallalarida hashar ko'tarinkilik bilan davom etmoqda.

Bo‘stonliq tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Zangiota tumani. “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida, tumandagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Nurafshon shahri. Mahallalarda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik ko'rsatmoqda.

Olmaliq shahri. Erta tongdan mahallalar bo‘ylab korxona-tashkilot mehnat jamoalari, tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari tomonidan hashar ishlari boshlab yuborildi.

Oqqo‘rg‘on tumani. Hasharda tumandagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ohangaron shahri. "Birlik" va "Navbahor" MFYda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Ohangaron tumani. "Ohangarontumangaz" GTB xodimlari hasharni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

Parkent tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Piskent tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Chinoz tumani. Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari olib borildi.

Toshkent tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq hashari ko'tarinki kayfiyatda, xodimlar hamjihatligida bo'lib o'tmoqda.

Chirchiq shahri. Erta tongdan korxona-tashkilot va mahallalarda umumxalq hashari boshlandi.

O‘rta Chirchiq tumani. Hasharda ko‘chalar, qabriston va ariq-zovurlar tozalanib, ko‘chatlar payvandlandi hamda atrofga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Qibray tumani. “Chinobod” qabristonida o’tkazilgan umumxalq hasharida yoshlar yetakchilari va ko’ngilli hasharchilar jonbozlik ko'rsatdi.

Quyi Chirchiq tumani. Hasharda tuman hududi bo'ylab ko'chalar, qabriston va ariq-zovurlarni tozalash ishlari olib borilib, ko‘chatlar o'tqazildi.

Yangiyo‘l tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik bilan ishtirok etmoqda..

Yangiyo‘l shahri. Barcha mahallalarda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👏1🎉1