PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.79K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bildirish

Piskent tumani Sinov podstansiyasidan ulangan Kelovchi tarmogʻida bugun avariya holati sababli elektr taʼminotidan uzilib qolgan. Natijada Kelovchi, Guliston mahallasida elektr taʼminoti toʻxtatilgan. Hozirda tuman elektr taʼminoti korxonasi avariya brigadasi jalb etib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Piskent TETK.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
2024 йилда уй-жой, қурилиш, коммунал хўжалиги, транспорт ва экология соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X
#Uchrashuv

Piskent tumani Axborot kutubxona markazi tomonidan piskentlik ijodkorlar bilan kitobxonlarning uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvga Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist Sobirjon Inomov, navoiyshunos olim Akrom Malik, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi rahbari Surayyo Azimova, Muzayyana Alaviya nomidagi yosh ijodkorlar toʻgaragining faol aʼzolari, madaniyat xodimlari taklif etildi.

Bugungi kunda Alisher Navoiy ijodi mohiyatining xalqqa yetib borishida ulkan hissa qoʻshib kelayotgan navoiyshunos olimlar, ularning ilmiy salohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Jumladan, Akrom Malik qalamiga mansub “Hayrat-ul abror” sharhi kitobi hamda ushbu kitobning Navoiy asarlarini anglashda “kalit” vazifasini oʻtashi haqida muallifning fikrlari ham tinglandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumanida “Mahallada duv-duv gap” loyihasining 3-bosqichi tadbirlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

⚡️Piskent TETK ogohlantiradi

Murotali tarmogʻida Saidobod masjidiga ulash ishlari sababli Murotali, Taraqqiyot, Saidobod, Ahil mahallasida elektr energiyasi qisqa muddatga oʻchirildi.

Shuningdek, Paxtakor podstansiyasidan chiquvchi Mingtepa tarmogʻida taʼmirlash ishlari sababli Mingtepa  Yangiobod, Moʻminobod mahallasida elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Piskent TETK.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Билган_яхши

⚡️Раҳбарлар бўйсунувидаги давлат хизматчиларига қўпол муомалада бўлиши, ҳақорат қилиши, шахсиятига тегиши, уларга асоссиз танбеҳ бериши ёки айблаши ҳамда камситиши мумкин эмас


🔰Раҳбарлар қуйидагиларга мажбур:

◽️бўйсунувидаги давлат хизматчиларига профессионализм, ҳалоллик, холислик ва адолатлиликда ўрнак бўлиш;

◽️ жамоада соғлом маънавий муҳит ва ишчан кайфиятни шакллантириш;

◽️давлат хизматчиларини қонунга хилоф хатти-ҳаракатларни амалга оширишга ундамаслик ҳамда улардан бундай ҳаракатларни бажаришни талаб қилмаслик;

◽️кадрларни маҳаллийчилик, уруғ-аймоқчилик, таниш-билишчилик ёки шахсий садоқат белгилари бўйича танлаш, тайинлаш ёки тавсия этишга йўл қўймаслик;

◽️ давлат хизматчиларининг фаолиятига баҳо беришда қонуний, асосли ва адолатли қарорлар қабул қилиш;

◽️давлат хизматчилари томонидан коррупция ва бошқа суиистеъмолчиликлар содир этилишининг олдини олиш чораларини кўриш;

◽️бўйсунувидаги давлат хизматчиларини ҳуқуқий ва ижтимоий жиҳатдан ҳимоя қилиш чораларини кўриш;

Раҳбарлар бўйсунувидаги давлат хизматчиларига қўпол муомалада бўлиши, ҳақорат қилиши, шахсиятига тегиши, уларга асоссиз танбеҳ бериши ёки айблаши ҳамда камситиши мумкин эмас.

Каналга уланиш — @argos_uz
#Sessiya_74

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining yetmish toʻrtinchi sessiyasi oʻz ishini boshladi.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin olgan:

1. 2023-yil tuman mahalliy budjetining ijrosi toʻgʻrisida.

2. Tuman mahalliy budjetining 2024-yil yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida.

3. Tumanda norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2023-yilda amalga oshirgan ishlari haqidagi axboroti.

4. Tuman prokurorining 2023-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti.

5. Tuman hududida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot.

6. Tumanda yer maydonlaridan samarali foydalanish holatini oʻrganish, bu borada tuman Kengashi tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida.

7. Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimining 2023-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti.

8. Tuman SEO va JS boʻlimi tomonidan 2023-yil 12 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar hisoboti.

9. Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni yil yakuniga koʻra “Ayollar daftari”dan chiqarish toʻgʻrisida.

10. Tumanda Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti.

11. “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiya” raisining “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish toʻgʻrisida.

12.  Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi