PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.67K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tadbir

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda

Musiqa va sanʼat maktabida Oybek va Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini aholisi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yigʻilishida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy  tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi rahbari S.Azimova, yozuvchi S. Inomov, maʼnaviyat targʻibotchilari aʼzolarining maʼruzalari tinglandi. Tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Huddi shunday tadbir Murotali madaniyat markazida ham tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев савдо ва хизматлар инфратузилмасини ривожлантириш, туризм ва маданият масканларини барпо этишга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о развитии инфраструктуры торговли и услуг, строительстве объектов туризма и культуры.

#Mirziyoyev #taqdimot #savdo #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni oldidan

Sinovlarda toblangan mardlar!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼlon

Tumanimiz yoshlari va bolajonlar diqqatiga!

Bugun Musiqa va sanʼat maktabida Respublika yosh tomoshabinlar teatri jamoasi tomonidan “Shum bola” spektakli namoyish etiladi.

Seans vaqtlari: soat 11:00; 13:00 va 15:00.

Spektakl mutlaqo bepul!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Murojaat_va_natija

Bekobod mahallasi A.Alaviya koʻchasida ichimlik suvi quvuri yorilgani toʻgʻrisida murojaat “Suv taʼminoti” tuman filiali xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

Shuningdek, mahallaga tungi yoritish chiroqlari ham oʻrnatilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Suv tarmoqlari mustahkamlanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-noyabr kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari belgilab berildi. 2024-yilda 1,5 ming km, yaʼni bu yilgiga nisbatan 4 barobar koʻp kanallarni betonlash vazifasi qo‘yildi.

Piskent tumanida ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Avvalo muhim vazifa boʻlgan kanal va ariqlarni betonlash ishlariga eʼtibor qaratildi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, behuda isrof boʻlishining oldini olish maqsadida 2023-yilning dekabr oyida 3 kilometr kanal, kollektor va ariqlar betonlandi. Joriy yilning yanvar-fevral-mart oylarida esa jami 81 kilometr uzunlikda suv yoʻllarining betonlab mustahkamlanishi rejalashtirilgan.

Bunda Piskent tumani fermerlari hamda suv xoʻjaligi xodimlari, zarur texnika vositalari safarbar etilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

🔰Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

💼 Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Seminar

Piskent tumani Kasb-hunarga tayyorlash oʻquv markazida ish qidirayotgan shaxslar hamda ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish boʻyicha oʻquv amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarda Piskent, Boʻka, Ohangaron tumanlari hamda Olmaliq, Ohangaron, Angren shaharlaridan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshliqlari, hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-sonli “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan ushbu markazda fuqarolarni mehnat bozoridagi talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatish maqsadida bugungi kunda axborot texnologiyalari, santexnik, elektrogazpayvandchi, uy hamshirasi, massaj, tarbiyachi, oshpaz-qandolatchi, tikuvchi, umumqurilish ishlari singari qisqa muddatli oʻquv kurslari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi