PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Munavvar_oqshomlar

Serg‘ayrat va tinib-tinchimagan yoshlar yetakchilari Oʻzbekiston mustaqilligining ramzi boʻlgan davlat bayrogʻi sharafiga noodatiy tadbir uyushtirishdi. Yoshlar bogʻi va Suvti mahallasida oʻtkazilgan "Munavvar oqshomlar" kechasida gulhan atrofida quvnoq davra qurib, bayrogʻimizga ehtirom koʻrsatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Президент_фармони

❗️Айрим товарларни реализация қилишга доир айланма ҚҚСдан озод қилинади

“Халқаро молия институтлари ва хорижий ҳукумат молия ташкилотлари билан амалга оширилаётган лойиҳаларни янада жадаллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-195, 16.11.2023 й.) қабул қилинди

🔰 Фармонга кўра, бюджет ташкилотлари, давлат корхоналари ҳамда ўз устав фондида давлат улуши 50 фоиз ва ундан ортиқ бўлган юридик шахслар томонидан ижтимоий соҳа ҳамда инфратузилмани ривожлантириш учун халқаро молия институтлари ва хорижий ҳукумат молия ташкилотларидан жалб қилинган ва жалб қилинадиган давлат ташқи қарзи ҳисобидан (бундан тижорат банклари орқали қайта молиялаштириладиган ёки қайта кредитланадиган маблағлар мустасно) тўлиқ ёки қисман амалга ошириладиган лойиҳалар доирасида сотиб олинадиган товарларни (хизматларни) реализация қилишга доир айланма, шунингдек уларнинг импорти 2028 йил 1 январгача ҚҚСдан озод қилинади.

Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
👉https://lex.uz/pdfs/6663546
ваканция ноябр 2023.xlsx
24.6 KB
Piskent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mavjud bo'sh ish o'rinlari to‘g‘risida ma'lumot (noyabr oyi) taqdim etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_surati

Suratdagi bolakay - suvtilik. Hamma ko‘chat ekayotganini ko‘rgach, u ham "ishga kirishib" ketdi. Yashil makonni barpo etarkanmiz, "Yaxshidan bog‘ qoladi" degan ibratli naql hayotga qaytayotganidan quvondik.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Yoshlar ham “Yashil makon”ga hissa qoʻshmoqda

Piskent tumani hokimi oʻrinbosari Sherzod Mahmudov boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi xodimlari va yetakchilar hashar uyushtirishdi.

Hasharda yoshlar yetakchilari tomonidan hamjihatlikda Suvti mahallasida yoʻl chetlariga 600 tupdan ziyod terak koʻchatlari ekildi. –Maqsadimiz tumanimizda yashil bogʻlar koʻproq boʻlishiga erishish. Buning uchun har bir yoshlar yetakchisi oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan mahallasida yoshlar bilan birgalikda kuzgi koʻchat ekish ishlarida faol qatnashishyapti,-deydi Yoshlar ishlari agentligi rahbari Doniyor Abduraimov.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumanida ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tartibi

Kommunal sohadagi qarzdorliklar bartaraf etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 9-noyabrida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida kommunal tashkilotlarning debitor qarzdorliklarini joriy yil 1-dekabrga qadar toʻliq undirish vazifasi ham belgilab berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Piskent tumanida kommunal soha tashkilotlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tuman hokimi oʻrinbosari D.Abdazimov boshchiligida oʻtgan yigʻilishda suv, elektr, gaz taʼminoti korxonlarining debitor qarzdorliklarini qisqartirish yuzasidan kunlik reja-jadval boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Yigʻilish davomida xonadonbay, mahallabay, sektorlar kesimida ishlarni tizimli tashkil etish, debitor qarzdorliklarni keskin qisqartirish boʻyicha barcha choralarni koʻrish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ичимлик суви, қишлоқ хўжалиги ва соғлиқни сақлаш соҳаларида халқаро молия институтлари иштирокида амалга оширилаётган лойиҳалар ижроси кўриб чиқилди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве рассмотрен ход проектов, реализуемых с участием международных финансовых институтов в сфере питьевого водоснабжения, сельского хозяйства и здравоохранения.

#Mirziyoyev #yigilish #loyihalar #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Яшил макон”: Пискентда умуммиллий лойиҳаси доирасида кенг кўламдаги ҳашар ишлари олиб борилди

Туманнинг «Сувти» маҳалласида «Яшил макон» умуммиллий лойиҳаси доирасида кенг кўламдаги ҳашар ишлари олиб борилди. Ҳашар доирасида ҳудудда ободонлаштириш билан бир қаторда кўчат экиш тадбирлари амалга оширилган.

Ҳашарда 5 минг туп терак, 2 минг 750 туп олма, 1 минг 240 туп олхўри ва 1 минг туп гилос кўчати ўтқазилди.

Лойиҳа доирасидаги амалий ишлар натижасида «Сувти» маҳалласидаги Ўзбекистон кўчасида 9 сотих бўш турган ер майдонида «Олмазор боғи» ташкил этилган. Шунингдек, 16 та эҳтиёжманд оила вакилларига 12 тупдан мевали дарахт кўчатлари тарқатилган.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sport