PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.74K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yoshlar_siyosati_amalda

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent viloyati yoshlari Boʻstonliq tumaniga yuborildi.

Jumladan, Piskent tumanining Lolaariq, Birlik, Kultepa va Murotali mahallasidan 12 nafar yoshlar Boʻstonliqdagi “Yoshlar oromgohi” da boʻlib, “Vatanparvarlar” sport sogʻlomlashtirish loyihasida ishtirok etmoqda. 7-13-noyabr kunlari boʻlib oʻtayotgan loyiha doirasida yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy vatanparvarlik tadbirlari, sport musobaqalari, xorijiy tillar hamda kitobxonlik, huquqiy savodxonlik tanlovlari, gulhan atrofida mushoiralar tashkil etiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirildi

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
14 ta hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi, xususan:

1️⃣ Sudyalar oliy kengashi raisi va a'zolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi ko'zda tutildi;

2️⃣ yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanishi talabidan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardan bunday cheklovlar chiqarildi;

3️⃣ mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olinishi belgilab qo'yildi.

Shu bilan birga, Farmonda qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiqlashtirish bo'yicha ishlarni davom ettirish maqsadida mas'ul vazirlik va idoralarga bir qator topshiriqlar berildi.

☑️ Xususan, quyidagi sohalarda konstitutsiyaviy prinsiplarni ro'yobga chiqarish bo'yicha alohida topshiriq berildi:

birinchidan, mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta'minlash, shu jumladan, mulkdor o'z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitusiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

ikkinchidan, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari (jinoiy va ma'muriy jazo choralari, shu jumladan, jarima, musodara qilish, shuningdek, moliyaviy sanksiya, penya, lisenziyani to'xtatish yoki bekor qilish va boshqalar) mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo'lishi kerakligi to'g'risidagi konstitusiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy ta'sir choralarini qayta ko'rib chiqish;

uchinchidan, insonning huquq va erkinliklarini faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to'g'risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko'rib chiqish;

to'rtinchidan, uy-joy daxlsizligi huquqini ta'minlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko'rib chiqish;

beshinchidan, O'zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag'lar erkin harakatlanishi to'g'risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko'rib chiqish.

Mazkur Farmon qonunosti hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish orqali konstitutsiyaviy prinsiplarni ro'yobga chiqarishga, davlat organlari faoliyati yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlar asosida yo'lga qo'yishga, shuningdek, mulk huquqi daxlsizligini ta'minlash choralarini ko'rishga qaratilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Anjuman

Ustozlar taʼlim bunyodkori

Piskent tumani 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida  “Ustoz - taʼlim bunyodkori” nomli oʻqituvchilar qurultoyi oʻtkazildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari B.Eshmurodova, taʼlim sohasi fidoyilari, tajribali oʻqituvchi va murabbiylar ishtirok etdi.

Respublikada taʼlimga oid islohotlarni birgalikda amalga oshirish, bu vazifada pedagog-oʻqituvchilarni yagona kuchga aylantirish, taʼlim sohasida mavjud muammolarni atroflicha muhokama qilish hamda ularning yechimi boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan anjumanda maktablarda faoliyat olib borayotgan boshlangʻich taʼlim, aniq fanlar, tabiiy fanlar hamda ona tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha pedagogik kengashlar va oʻqituvchilar qatnashib, oʻzaro fikr va tajriba almashdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Бугун Халқаро конгресс марказида Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг Тошкент саммити ўз ишини бошлайди. Унда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев нутқ сўзлайди.

Саммит очилишининг жонли трансляциясини қуйидаги ҳаволалар орқали томоша қилинг:

Facebook
YouTube

Сегодня в Международном конгресс-центре начнет свою работу Ташкентский саммит Организации экономического сотрудничества. На нем выступит Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев.

Смотрите прямую трансляцию открытия саммита по следующим ссылкам:

Facebook
YouTube

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг Тошкент саммити иштирокчиларини кутиб олиш маросими

Церемония приветствия участников Ташкентского саммита Организации экономического сотрудничества

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tomorqa_koni_foyda

Mirishkor dehqonlarimiz toʻqson kun qishda ham yerni boʻsh qoldirmaganlar. Sovuqqa chidamli sabzi, lavlagi, piyoz, kashnich, shovul, ismaloq kabi ekinlar ekib, yerdan samarali foydalanishgan.

Tumanimizda 17 950 dan ziyod xonadonlarda 2 695 gektar shaxsiy tomorqa maydoni mavjud. Ayni kunlarda qoʻl ostidagi imkoniyatdan unumli foydalangan piskentliklar to‘qsonbosti ekinlarni ekishmoqda. Mehnatning natijasi qishdan chiqib, “ilik uzildi” payt - erta koʻklamga yetganda natija beradi. Oilani servitamin sabzavot va koʻkatlar bilan taʼminlash barobarida qoʻshimcha daromad manbaiga aylanadi.

Suvti MFY da yashovchi Munira Azimova ham tomorqasidan halol daromad topayotganlardan. Uning aytishicha, 10 sotix yerga sarimsoqpiyoz ekib, bahorda har kilosini 15 ming soʻmdan jami 20 million soʻmga sotishgan. Bu yil ham oilasi bilan boʻsh vaqtida piyoz va sarimsoqpiyoz parvarish qilishyapti.

Sizchi, qish oldidan tomorqangizga foydali ekin ekdingizmi?

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 31-oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektorda kuz-qish mavsumi uchun gazlashmagan hududlar aholisiga suyultirilgan gaz va koʻmir yetkazishni tez muddatda hal etish vazifasini qoʻyilgandi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash, sinov mavsumini betalofat oʻtkazishga tayyorgarlik, gazlashmagan hududlar aholisini arzonlashtirilgan narxda koʻmir bilan taʼminlash maqsadida Piskent tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

29 ta mahalladan 17 tasida koʻmirga ehtiyoji boʻlgan 2 ming 349 ta xonadon roʻyxati shakllantirildi. Unga koʻra, 4 ming 707 tonna koʻmir yoqilgʻisiga talab “Oʻzbekkoʻmir”AJ Toshkent viloyati filialiga yuborildi.

Arzonlashtirilgan narxda koʻmir olishga ehtiyoji boʻlgan fuqarolar Oʻrta Chirchiq tumani (Chigʻiriq)dagi ombordan (1 tonna - 303 soʻmdan) 2 tonnagacha koʻmir harid qilish imkoniyati mavjud.

Bugungi kunga qadar jami 795 ta xonadonda 1 ming 616 tonna koʻmir zaxirasi yaratildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi