PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Forwarded from Otabek Sultonbekov
#kun_tartibi

Bugun  Piskent tumanidagi ayrim yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot o‘tkazdik

🌐Batafsil

https://t.iss.one/Otabek_Sultonbekov
#Kun_tartibi

Bugun tuman hokimligida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R.Raimov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda tuman hokimining 1-o‘rinbosari A.Manayev, iqtisodiy kompleks rahbarlari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish, moliya, g‘aznachilik, pensiya, maktabgacha va maktab ta’limi, majburiy ijro bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, kadastr, tijorat banklari mutasaddilari hamda hududlardagi hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Kun tartibida Toshkent viloyati hokimining joriy yil 6 iyundagi budjet tushumlari rejasini bajarilishini taminlash maqsadida o‘tkazgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash masalalari muhokama etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tartibi

Ayol – jamiyat gultoji. Unga faqat ijobiy sifatlar yarashadi. Ammo shar’iy va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar, ajrimlar, hayot sinovlari ayollar orasida huquqbuzarliklarning ortishiga olib kelmoqda.

Bugun Piskent tumani hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilish kun tartibidan aynan shu masalalar o‘rin oldi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari M.Usmonova, diniy ishlar bo‘yicha tuman hokimi maslahatchisi A.Jumaboyev, IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori R.Yakubova, "Oqila ayollar" harakati rahbari R.Turg‘unboyeva, xotin-qizlar faollari, otinoyilar ishtirok etdi.

Ta'kidlanganidek, nikohlanuvchilar o‘rtasidagi noqonuniy munosabatlar – sha’riy nikohlarda ayolning huquqlari poymol bo‘ladi, erta tug‘ruq va qarindoshlar nikohi natijasida go‘daklarning taqdiri salbiy oqibatlarga taqaladi.

Yig‘ilishda xotin-qizlar faollariga ish faoliyatida bunday holatlarga e’tiborli bo‘lish va oldini olish bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tartibi

Maqsad – tuman hududida tinchlikni saqlash va jinoyatchilikning oldini olish

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning hudud profilaktika inspektorlari va mahalla raislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sektor rahbarlari, IIB va prokuratura mas’ul xodimlari, hududlarda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga mas’ul profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tartibi

Piskent tumani hokimligida yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Piskent tumani hokimi N.Yakubov, sektor rahbarlari, Toshkent yuridik universiteti professor o‘qituvchilari, adliya va huquq-tartibot organlari mutasaddlari, mahalla va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Kun tartibida yosh avlodni turli salbiy ta’sirlar va illatlardan asrash, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan belgilangan choralar ijrosi tahlil etildi. Tegishli mas’ullarning muqaddam huquqbuzarlik sodir etgan va tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot eshitildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini kasb-hunar va sportga jalb etish, tarbiyasi og‘ir yoshlarga sport sohasida ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha malakali sport ustalari va ustoz-murabbiylar biriktirish choralari belgilandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tartibi

Piskent tumani hokimligida viloyat hokimligida oʻtkazilgan “Hokimlik soati”da berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, tashkilotda mehnat va ijro intizomini yaxshilash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” singari qator vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan ichki yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Hokimlik apparati xodimlari ishtirokida oʻtgan yigʻilishda fuqarolar tomonidan yoʻllangan murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish, qonun doirasida hal etish yuzasidan fikr almashildi. Joriy yil oktyabr oyining shu kuniga qadar tuman hokimligiga jami 218 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 80 tasi ijobiy hal etilgan. 167 tasiga huquqiy maslahat berilib, 51 ta murojaat hal etish jarayonida turibdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi