PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.7K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hashar

Suvti mahallasida ham hashar qizgʻin

Suvti mahallasida “Obod xonadon,obod koʻcha, obod mahalla” mezonini joriy etishda shu yerda yashovchi fuqarolarning ham hissasi boʻlishi kerak. Shu bois viloyat ishchi guruhi tomonidan targʻibot ishlari olib borildi.

Unda aholi egalariga uy-joylarini tartibga keltirish, sanitar holatini yaxshilash borasida tushuntirish berildi. Jarayonda fuqarolar tomonidan uylarning qarovsiz qismlari taʼmirlanib, xonadonning “yuzi” boʻlgan ostona va darvozalari boʻyoqlandi, devorlari oqlandi.

Hududdagi 18-maktabda “Yashil makon” loyihasi doirasida ustoz va shogirdlari tomonidan hashar qilib, maktab bogʻiga 200 tup koʻchat ekildi.

Shuningdek, Tinchlik koʻchasidan oʻtgan ariqni betonlash ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Bugungi umumxalq hasharida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, ustoz va murabbiylar ham ishtirok etishdi.

"Obod va fayzli mahalla-yurt koʻrki", "Yangi Oʻzbekiston-yashil makonda birlashaylik!" shiori ostidagi
ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida barcha maktab va bog‘chalar hududi obodonlashtirildi. Jami 2 ming tupga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Prokuratura va departament xodimlari "Yashil makon"ga hissa qo‘shishdi

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida  umumxalq xayriya hashariga bugun huquq tartibot organlari xodimlari ham oz hissalarini qoshishdi.

2-sektor shtabi binosi joylashgan Guliston mahallasida magistral yo‘l yoqasidagi 2 gektardan ortiq maydonda obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hasharda tuman prokuraturasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, majburiy ijro bo‘limi, hudud imom-xatibi va Guliston mahallasi xodimlari tomonidan 2 500 tup terak ko‘chati ekish uchun joy tayyorlandi.

Hashar ertaga ham davom etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi