PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
15 oktyabr  -  Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Piskent tumani 1-sektor hududidagi “Haydarov Muzaffar” fermer xo‘jaligida paxtakor ayollar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirga tuman hokimi o‘rinbosari S.Tulepov, agrar soha mutasaddilari hamda “Real agro kotton” paxtachilik klasteri mas’ullari, paxta terimida faol qatnashayotgan 49-otryad a’zolari taklif etildi. Tuman hokimi o‘rinbosari S.Tulepov va fermer xo‘jaligi rahbari H.Haydarov ayollarni tabriklab, terim mavsumida faol qatnashayotganliklari uchun minnatdorlik bildirdi. So‘ngra barcha terimchi xotin-qizlarga sovg‘alar topshirildi.

Dala boshida palov damlandi, osh tortildi. Bir piyola choy ustida hordiq chiqargan xotin-qizlarning o‘yin-kulgulari bilan tadbir davom etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasi Tinchlik, Farovon va Mustaqillik ko‘chalaridagi obodonlashtirish ishlaridan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Oʻzbekiston_chempionati
#press_tur

Avval xabar berganimizdek, Piskent tumani "Janubiy" avtopoligonda avtomobil xalqa poygalari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati final musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

🎞Poygalar tafsiloti Nurafshon TV nigohida.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#tezkor

❗️Toshkent viloyatining 8 ta hududida sel xavfi kutilmoqda

Gidrometeorologiya markazi joriy yilning 12-13 оktyabr kunlari respublikaning 9 ta viloyatini sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi.

Unga koʻra, Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqini xavfi mavjud.

Togʻli va togʻ oldi hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.


✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
11:00:00-12:00:00
RADIO 24
#OAV_nigohida
#press_tur

Piskent tumanida avtomobil xalqa poygalari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalari haqida radio to‘lqinlarida reportaj-1.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
17:00:00-18:00:00
RADIO 24
#OAV_nigohida
#press_tur

Piskent tumanida avtomobil xalqa poygalari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalari haqida radio to‘lqinlarida reportaj-2.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#TOSHKENT_VILOYATI
#KORIK_TANLOV

"Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" ko'rik tanlovining II viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
 
⭕️Toshkent viloyati "Turon" axborot-kutubxona markazida "Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi-2023" ko‘rik tanlovining II viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🗣Tanlov natijalariga ko‘ra:
I o'rin Parkent tumani Axborot-kutubxona markazi, Yoqubova Gulandon Karimjanovna;
II o'rin Piskent tumani Axborot-kutubxona markazi, Akbarova Muslimaxon Lalolxon qizi;
III o'rin Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi, Mamashukurova Shirin Turob qizi

💐Tanlov g‘oliblari va faol qatnashganlarga maxsus diplom, sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
#Mavsum_yumushlari

Piskent tumani prokurori, 2-sektor rahbari Xolmurod Kenjayev sektor hududidagi paxta maydonlarida bo‘ldi.

Nazorat davomida Qirqqizobod hududida paxta yetishtirgan “Azamat Abdukarimov” va “Abdubakir Abdusiddiq” fermer xo‘jaliklarida terim jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ushbu fermer xo‘jaliklarida 52-otryadning yuz nafardan ortiq terimchilari paxta yig‘im-terimi mavsumida qatnashmoqda. Tuman prokurori ular bilan suhbatlashib, terim pullarining o‘z vaqtida berilishi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi. Shundan so‘ng ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi