PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Obod_mahalla_obod_koʻcha_obod_xonadon

Ma’lumki, Piskent tumanining Suvti mahallasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida «Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla» mezonlarini joriy etish maqsadida Respublika ishchi guruhi boshchiligida bunyodkorlik  ishlari amalga oshirilmoqda. Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Piskent tumani Suvti mahallasida bo‘ldi. Tuman hokimi Nodirbek Yakubov, sektor rahbarlari hamrohligida hududning har bir ko‘chasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishdi.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, o‘zgarishlar har bir ko‘cha, har bir xonadonga kirib borishini ta’minlash, xatlov jarayonini aniq va ravshan olib borib, eng yordamga muhtoj aholiga tegishli yordamlar ko‘rsatish yuzasidan topshiriqlar yuklatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uzum_sayli

No comment | 15-16-sentyabr kunlari Parkentda Xalqaro “Uzum sayli” oʻtkaziladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Bir jinoyat izidan

Inson g‘azabga berilsa, jahl aqldan ustun kelsa, oxiri ayanchli oqibatlarga olib keladi. Zominovul mahallasida ana shunday bir jinoyat ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i D.Muhamedjonov, Piskent tumani IIB boshlig‘i L.Rahmatullayev, mahalla raisi va faollari, fuqarolari ishtirok etishdi.

13 sentyabr kuni Zominovul mahallasida o‘zaro janjal oqibatida fuqaro N.R. (1966 y.t.) fuqaro O.T.(1994 y.t) ga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan. Bugun suhbatda IIB mas’ullari bunday nohush hodisalarning oldini olish, mahalladoshlar va qo‘ni-qo‘shnilar orasida tinch-totuv yashashga chaqirdi. Aks holatlarda ohir oqibatlar kelib chiqishi va buning huquqiy asoslari batafsil tushuntirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Uzum_sayli

Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali boshlandi. Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Parkent tumanida tashkil etilgan sayilda 22 ta tuman va shahar pavilonlari, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyati jamoalari qatnashmoqda.

Tantanada Piskent tumani vakillari ham munosib ishtirok etishmoqda. Meva-sabzavotlar ko‘rgazmalari, milliy liboslar va hunarmandchilik buyumlari namoyish etilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi