PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Piskent_tumani

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev tashabbusi bilan tumanimizda nuroniylardan tashkil topgan ishchi guruhi maslahat va amaliy yordam berish uchun mahallalarida bo‘lishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Piskent_tumani
#Taraqqiyot_mfy
#Jarayon

Muammolar birma bir echim topmoqda

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev raisligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida bugun tumanimizning barcha  hududlarida erta tongdan mahalla raislari boshchiligida hasharlar boshlandi.

Jarayonda 4-sektorda joylashgan Taraqqiyot mahallasidagi O'rikzor, Gulshan, Navbahor, Ustozlar, Mustaqillik ko'chalarida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Piskent_tumani
#2_sektor

Ma’lumki,  shu kunlarda har bir mahalla va xiyobonlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish  ishlari izchil davom etmoqda.

Piskent tumani aholisi va keng jamoatchilik tomonidan "Oqqo‘rg‘on tajribasi" har jihatdan  qo‘llab-quvvatlanib, ko‘pchilikning ko‘magi bilan hududlarda ommaviy tozalik kunlari tashkil etilayapti.

Bugun erta tongdan 2-sektor rahbari Alisher Jo‘rayev mahallalarda bo‘ldi. Mutasaddi rahbarlar bilan obodonlashtirish ishlarini davom ettirish, Davlatimiz rahbarining PQ-408-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda  barcha kuch va imkoniyatlar safarbar qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_nafasi

#Piskent_tumani

#Ommaviy_kitobxonlik_oyligi

"Farzandimga kitob sovg‘a qilaman"

🔹Yosh avlodni bilim olishga qiziqishlarini shakllantirish, mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirish va faol kitobxonlik darajasini tadbiq etish maqsadida Piskent tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirlar, davra suhbatlari, kitob yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda.

🔹Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida aprel oyi - "Ommaviy kitobxonlik oyligi" munosabati bilan "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Unda 20 turdagi bolalar va pedagog xodimlar uchun adabiyotlar, ilmiy kitoblar ota-onalar e’tiboriga havola etildi.

Bizning kanalga qo'shiling:👇
https://t.iss.one/Toshvil_MTB_Manaviyat
#bandlik
#Piskent_tumani

Kultepaliklarning daromad manbai kun sayin ortib bormoqda 

Uzoq yillar davomida asosan kartoshkachilik bilan shug‘ullangan mahalla ahli dehqonchilikning  boshqa yo‘nalishlarini ham o‘zlashtirishmoqda.

Hudud hokim yordamchisi Doston Odilovning ko‘magida joriy yil mobaynida Kultepa mahallasidagi ko‘plab oilalarga 33 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratilib, issiqxonalar qurib berilmoqda.

- Yil boshida qurib berilgan 4 sotix issiqxonaga rediska, turli xil ko‘katlar ekib, sotgan bo‘lsak, hozir bodring pishdi, yaxshi narxga pullayapmiz,-deydi Munisxon Salomova.

Tomorqada yana bulg‘or qalampiri, pomidor egatlarida hosil pishish arafasida. Mahalladoshlar Piskent va qo‘shni tuman, shaharlar bozorlarini bu kabi mahsulolar ta’minlamoqda.

🌐Telegram  🌐YouTube  🌐Facebook
Forwarded from Miraziz Mirsultonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Piskent

Ayni vaqtda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab, Yoshlik stadionida harbiy vatanparvarlik festivali boshlanish arafasida.

Piskent tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiyasi bilan hamkorligida tashkil etilgan tadbir doirasida harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari, “Yosh gvardiyachi” musobaqasining viloyat bosqichi ham oʻtkaziladi.‌‌

https://t.iss.one/miraziz_mirsultonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Piskent_tumani

Dehqonchilikning “handaligi” qanday hosil beradi: viloyatimizda ipak qurti katta dahaga kirdi

Tumanda ipak tola yetishtirish jadal surʼatda olib borilmoqda. Xususan, sektor rahbarlari koʻmagida “Chimqoʻrgʻon” va “Kelovchi” MFYdagi boʻsh turgan binolarda tajribali pillakorlar boshchiligida ipak qurti parvarishlanmoqda. Har bir binoda 10 nafar usta pillakor 10 qutidan ipak qurtini ishsiz, kam daromadli fuqarolarni jalb etgan holda birgalikda yetiltirmoqda. Bunda pillachilikni rivojlantirish bilan birga ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, jamoaviy mehnat va daromad topishiga koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda.

Maʼlumot uchun, joriy yili tumanda 2700 quti ipak qurti urugʻi jonlantirib, 157 tonna xomashyo yetishtirish rejalashtirilgan. Bu maqsadda 2427 ta pillakorlar guruhi shakllantirilgan. Tumanda ipak qurtini yetarli miqdorda oziqlantirish uchun 328 gektar tut plantatsiyasi mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#Piskent_tumani

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar oyligi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Ilk tadbir 5-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tdi. "Zukko bolajon" tanloviga 5 va 17-bog‘chaning iqtidorli bolajonlari qatnashib, zukkolik, topqirlik va chaqqonlik, pazandalik shartlari bo‘yicha bahslashdilar.

Keyingi manzil 6-maktab o‘quvchilari huzurida bo‘ldi. Maktabda yozgi ta’til kunlarida sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etilgan. Unda bolalar kitobxonlik, til o‘rganish va raqs to‘garaklari, sport o‘yinlari, shaxmat bellashuvlari bilan ta’tilni mazmunli o‘tkazishmoqda.

https://t.iss.one/yiatvboshqarma