PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.48K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

30 iyun-Yoshlar kuni

2017 yil Prezident yoshlar qurultoyida 30 iyun kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qildi. “Yurtimizda bayramlar ko‘p, lekin yoshlarga bag‘ishlangan alohida bayram yo‘q. Bugun shu masalani hal etadigan vaqt keldi”, degan edi Prezident o‘z so‘zida. Shu kundan buyon O‘zbekistonda Yoshlar kuni keng nishonlanib keladi. Respublikamizda bu sana nafaqat bir kun, balki bir oy davomida nishonlanib, “Yoshlar oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport va intellektual musobaqalar tashkil etiladi. Yoshlarning o‘z aqlu salohiyati, jismoniy iqtidorini namoyish etishiga imkon yaratiladi.

Yoshlarning o‘qib-o‘rganishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida 162 ta OTM faoliyat olib bormoqda. Ularning 25 tasi nodavlat oliygohlar, 30 tasi nufuzli horijiy universitetlarning yurtimizdagi filiallaridir.

Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 40 dan ortiq qonun hujjatlari, 30 dan ortiq halqaro hujjat ratifikatsiya qilingan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Бу йил ўқишга кириш учун қанча балл тўплаш керак? (+ видео)

🎥https://youtu.be/CA2t0sg1pKE

📍https://uza.uz/posts/496988

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с днем молодежи"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qurbon hayiti kunlari 300 dan ortiq ehtiyojmand oilalarga bug‘doy tarqatildi

Avval xabar berganimizdek, Piskent tumanida ulkan g‘alla xirmoni yaratgan dehqon va fermerlar himmat kamarini bog‘lab, rejadan ortgan bug‘doyni ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand insonlarga ulashmoqda.

Bugun ham Do‘stbekov hududida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, “Grover gold agro” fermer xo‘jaligi bilan birga Suvti mahallasi Bo‘z qishlog‘ida yashovchi 27 nafar yordamga muhtoj oila vakillari hamda xo‘jalik ishchilariga bug‘doy ulashildi. Shuningdek, g‘alla o‘rilgan maydonlardan presslangan somon ham tarqatilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i M.Miryunusovning so‘zlariga ko‘ra, Qurbon haiti kunlarida Piskent tumani bo‘yicha 300 nafardan ortiq fuqaroga bug‘doy, g‘alladan bo‘shagan maydonlardan 1000 nafardan ziyod fuqaroga ikkinchi ekin uchun yer ajratilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_kuni
#Ochiq_muloqot

30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi Nodirbek Yakubov tuman yoshlari bilan muloqot o‘tkazdi.

Bugun Piskent tuman hokimligi tumanimiz mahallalaridan kelgan yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Nodirbek Yakubov bir guruh yosh fuqarolar bilan samimiy muloqot qildi. Ularga mustaqil hayotda, o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvda Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshitirildi. Ta’kidlanganidek, yurtimiz yoshlari yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli sohalarda dastlabki umidbaxsh natijalarni qo‘lga kiritayotgani albatta barchamizni xursand qiladi. Birgina Piskent tumanida joriy o‘quv yilida 946 nafar bitiruvchilarning 73 nafari oltin, 16 nafari kumush medalni qo‘lga kiritganidan haqli ravishda faxrlanamiz.

Muloqotga OAV vakillari ham taklif etilib, yoshlar bilan muloqotlar tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#2023_yil_1_iyuldan

🗓 1 iyuldan nimalar o'zgaradi?

🔹 “O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi BATAFSIL

🔹Ayrim tabirkorlar ishchilarining daromad solig'i qaytarib beriladi BATAFSIL

🔹Hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kurerlik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi BATAFSIL

🔹Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi BATAFSIL

🔹“Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi BATAFSIL

🔹Davlat organlari AKT xodimlarining malakasi oshiriladi BATAFSIL

🔹“Yashil energiya” sertifikatini berish boshlanadi BATAFSIL

🔹Nodavlat futbol muassasalariga futbol assosiasiyasi a'zosi bo'lish talabi qo'yiladi BATAFSIL

🔹Ayrim vino mahsulotlariga aksiz markasi yopishtirilmaydi BATAFSIL

🔹Elektr yetkazib berish bo'yicha shartnomalar “Shaffof qurilish” tizimi orqali tuziladi BATAFSIL

🔹Ayrim tezkor-qidiruvlarda ekspress tekshirish texnik vositalari o'sha joyning o'zida qo'laniladi BATAFSIL

🔹Ayrim turdagi dorilar sertifikatlashtirilmaydi BATAFSIL

🔹Davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlari tanlov asosida tayinlanadi BATAFSIL

🔹2010 – 2012 yillarda berilgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan muloqotidan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi