#Aholi_bandligi
Tadbirkor – elga madadkor, degan gap bejiz aytilmagan. Piskent tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida “20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida “Nasiba Gavhar” xususiy korxonasiga ish izlagan fuqarolar uchun tanishuv sayohati uyushtirildi.
Korxonada asosan trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarilib, ish so‘ragan fuqarolarni shu yerning o‘zida o‘qitib-o‘rgatib, ishga olish yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur tashrif davomida Chimqo‘rg‘on, Yangiobod va boshqa mahallalardan “Ayollar daftari”da ro‘yxatga olingan xotin-qizlar jalb etildi. Tanishish davomida ular ish jarayonlari, mehnat sharoitlari, ish haqi, uydan buyurtma olib tikish imkoniyati va boshqa jihatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

2 901 nafar fuqaroga jami 1 041,6 gektar maydon auksion orqali ajratildi
Yerni boqsang, yer seni boqadi, deb bejiz aytishmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–373-son qarori Piskent tumanida mirishkor va dehqonchilikda tajribali insonlarga katta imkoniyat berdi.
Yuqoridagi qarorga muvofiq, aholiga ochiq elektron tanlov orqali 1 210 gektar ekin maydonini ijaraga berish belgilangan.
Bugungi kunga qadar 2 901 nafar fuqaroga jami 1 041,6 gektar yer maydoni ajratildi. Ular orasida 266 nafar “Temir daftar”dagi, 133 nafar “Ayollar daftari”dagi, 121 nafar “Yoshlar daftari”da turuvchi kam ta’minlangan fuqarolar yer olib, dehqonchilik boshladi.
Ayni kunlarda dehqon xo‘jaliklariga ekilgan ekinlarning oldi pishib yetildi. “Bir hudud-bir mahsulot” tamoyili asosida ajratilgan yer maydonlarida 723 gektar uzum, 99 gektar kartoshka, 91 gektar bodring, 74 gektar pomidor, 11 gektar bulg‘or qalampiri, 7 gektar bog‘lar va 36 gektarga boshqa ekinlar joylashtirilgan.

Telegram
PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot

#G‘alla_2023
Tumanimizda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda. Mavsumning samarali o‘tishida yozning jazirama haroratini pisand qilmay bug‘doy o‘rayotgan kombaynchilarning mehnatlari alohida e'tirofga loyiq.
Ayni vaqtda Oxunboboev, Haydarov, Turkiston hududlarida el rizqini nes-nobud qilmay, jadal ish olib borilmoqda. “Baxt Alpomish invest” MChJ, “Mamatqulov Ravshan”, “Abdiev Azim” fermer xo‘jaliklari mexanizatorlari mehnati bilan bug‘doy to‘liq o‘rib olinib, ko‘zlangan marra zabt etildi. Tuman bo‘yicha kuniga 311 tonna, mavsum boshidan byon 911 tonna sara don omborlarga to‘kildi.
Tunu kun mehnat qilayotgan bobodehqonlar va kombaynchilarga sharoit yaratish va umum ishiga baraka bo‘lsin uchun g‘alla maydonlari boshida jonliqlar so‘yib, ehsonlar ham tashkil etilmoqda.