PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Ko‘ngillarga mehr ulashish – savobli amal

Bugun mamlakatimizda Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ ayyomda yoshi ulug‘ insonlarni yo‘qlash, kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan fuqarolar ko‘nglini so‘rash hamda ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish ezgu ishdir.

Tumanimizda ham saxovatpesha homiylar tomonidan mahallalarda kam ta’minlangan va o‘zgalar yordamiga muhtoj insonlarga hayitliklar ulashilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from PISMIQ.uz
#референдум
#мулоқот

ХАЛҚАРО КУЗАТУВЧИЛАР ОКРУГ КОМИССИЯСИ ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ

Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилотининг Демократик институтлар ва инсон ҳуқуқлари бўйича бюроси референдумни кузатиш бўйича чекланган миссияси узоқ муддатли кузатувчилари Иван Фетисов ва Эндрю Ричардсон Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказувчи 10-Тошкент вилояти референдум округи фаолияти билан ҳам яқиндан танишди.

📍Улар округ жойлашган бинодаги комиссиянинг тўлақонли ишлаши юзасидан яратилган шароитларни кўздан кечирди. Округ комиссияси сифат таркиби, гендер тенглик бўйича, жойларда референдумга тайёргарлик кўриш ва ўтказишни ташкил этилиши керак бўлган семинар-тренинглар ҳақида комиссия раиси ва аъзоларидан атрофлича маълумот олди.

⭕️Шунингдек, суҳбат давомида халқаро кузатувчилар округ ҳудудидаги участкаларда яратилган қулайликларга ҳам қизиқди.

🔵Халқаро кузатувчиларга округ комиссияси ҳузуридаги матбуот маркази кўрсатилди.

10-Тошкент вилояти округ комиссияси матбуот маркази.
#Adliya_xabari

❗️541 nafar shaxs afv etildi

“Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan, jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 541 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 374 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 110 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 18 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 39 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 36 nafarini chet el fuqarolari, 136 nafarini ayol, 75 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayoli e’zozlangan yurt

1-sektor hududidagi Fayzobod mahallasi "Do‘ngqo‘rg‘on" madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan "Ayoli e’zozlangan yurt" nomli ko‘ngilochar tadbir va hunarmandchilik ko‘rgazmasidan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳар кимда афв этилиш, жазони енгиллаштиришни илтимос қилиш ҳуқуқлари борлиги Конституцияга муҳрлаб қўйилади

#yangilanayotgankonstitutsiya

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Янги_Конституция

📗 Конституция лойиҳасидаги энг муҳим ўзгартиш ва қўшимчалар бўйича тайёрланган “Янгиланаётган Конституция. 100 саволга 100 жавоб" қўлланмаси билан қуйидаги ҳавола орқали танишишингиз мумкин: adolatmarkazi.uz/uploads/referendum.pdf

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Ogoh_boʻling

Joriy yilning 21 aprel kuni Piskent tumani Zominovul mahallasida yashagan N.R. (2017 yil tug‘ilgan)"Tuyabo‘g‘iz chap qirg‘oq" kanalida cho‘kib ketgani aniqlandi.

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv qutqaruv ishlari natijasida bolaning jasadi yashash manzilidan tahminan 1,5 km uzоqlikda suvdan topildi.

‼️Shu o‘rinda barcha fuqarolarni ogohlikka chaqiramiz! Hurmatli ota-onalar, fuqarolar, o‘zingiz, farzandlaringiz va yaqinlaringiz hayotini, sog‘ligini asrang, ogoh bo‘ling! Oldinda issiq yoz mavsumi, ochiq va cho‘milish ta’qiqlangan suv havzalaridan ehtiyot bo‘ling! Keyingi pushaymondan naf yo‘q.

R.Axrorov,
Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
❗️Ertadan barcha xodimlar uchun ish kuni

Bugun ketma-ket 4 kunlik dam olishning oxirgi kuni hisoblanadi.

Shuningdek, ertaga — 25 apreldan barcha ta’lim muassasalarida, jumladan, oliy, professional, umumta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham o‘quv jarayonlari boshlanadi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

Piskent tumani hokimligida uzluksiz faoliyat yurituvchi “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Shtab rahbari – Piskent tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Shermatov:
📱 Tel:(99)864-50-09, (70)54-51-097

Shtab rahbari o‘rinbosari – Piskent tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Umid Ermatov:
📱 Tel:(90)347-30-30

🚒 Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Risxiboy Axrorov:
📱 Tel:(97)157-88-15, (70)54-51-102 (dispecher), 101

🔥 Piskent tumani Gaz ta’minoti filiali boshlig‘i Doniyor Abdazimov:
📱 Tel:(98)127-00-47 (70)54-51-648 (dispecher), 104

⚡️ Piskent tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i v.v.b Azim Atayev:
📱 Tel:(99)303-02-87 (70)54-51-105 (dispecher)

🚰 Piskent tumani Suv ta’minoti filiali boshlig‘i v.v.b. Begzod Qodirov:
📱 Tel:(94)364-60-65 (70)54-51-393 (dispecher)

🏫 Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Baxtinisa Ishmuradova:
Tel:(93)598-97-86

🚑 Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Muhabbatxon Qodirova:
📱 Tel:(90)188-14-61, 103

🚓 Piskent tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Qodir Isakov:
📱 Tel:(97)543-70-07, (70)54-51-040

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi