PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.67K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Avval xabar berganimizdek, Piskent tumani Musiqa va san’at maktabida Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultonbekovning aholi uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat va sport boshqarmalari mutasaddi rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda viloyat boshqarmalarining hududiy bo‘lim mas’ullari ishtirok etdi. Unda fuqarolar viloyat va tuman rahbarlariga o‘zlarini qiynagan muammo va masalalari bilan murojaat etdilar. Qabul jarayonida 27 nafar fuqaroning murojaati batafsil ko‘rib chiqildi. 6 ta murojaat joyida hal etilgan bo‘lsa, 7 ta masala bo‘yicha qonun doirasida tushuntirish berildi. 2 ta murojaat yuzasidan fuqaroga qisqa muddat avval tegishli yordam ko‘rsatilgani sababli rad etildi. Ijrosi qo‘shimcha vaqt talab etiluvchi 12 ta murojaatlar o‘rganilib, tuman tashkilot rahbarlariga ijobiy xal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul davomida tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Unda salomatligi va davolanish ehtiyojlari tufayli qabulga kelgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari uchun shart-sharoit yaratildi. Sog‘ligini tiklash borasida murojaat etgan insonlarga tibbiyot muassasalariga orderlar ham rasmiylashtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
▪️“Korrupsiyaga qarshi kurashish” nomli darslik chop etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi
hamkorligida tayyorlangan ushbu kitob davlat xizmatchilari, oliy ta’lim muassasalari talaba va tinglovchilari, tadqiqotchilar hamda mazkur sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Dasrlikda korrupsiyaga qarshi murosasizlik madaniyatini shakllantirish, davlat xizmatchilari odob-axloqi
va madaniyati, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy asoslari, ichki nazorat (“komplayens-nazorat”) tizimi, korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro reytinglar
kabi mavzular batafsil yoritilgan.

Darslik respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalari talaba va tinglovchilari, davlat xizmatchilari, mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilarga yetkazilmoqda.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram|anticorruption.uz
#Infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolariga taqdim etilayotgan imtiyoz va kafolatlar

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Har_bir_yoshga_bir_nihol

🌱Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga yoshlar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Xususan, Oybek mahalla yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan mahalla sardorlari, ko‘ngilli yoshlar tomonidan mahalla hududi obod qilib, ko‘kalamzorlashtirilmoqda. "Har bir yoshga - bir nihol"aksiyasi doirasida yoshlar ko‘chalarga o‘z nihollarini qadadilar.

-Bunday tadbirlar "Yashil makon" dasturining bir qismi bo‘lib, ularni ommalashtirish har birimizning burchimizdir,-deydi yoshlar yetakchisi Dinora Shomurodova.-Siz ham yashil chellenjga qo‘shiling va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Toʻyona

Mingtepada Navro‘z tuhfasi

Navro‘z bayrami arafasida Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi "Mingtepa" оilaviy shifokorlik punkti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ushbu oilaviy shiforlik punktida 2 nafar umumiy amaliyot shifokori hamda 8 nafar hamshira Mingtepa va Yangiobod mahallasi aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Инсон ҳуқуқлари бўйича Олий комиссари Фолькер Туркни қабул қилмоқда.

Бу юқори мартабали меҳмоннинг Марказий Осиё минтақасига ва умуман Осиёга илк ташрифидир.
Учрашувда асосий эътибор инсон манфаатларини илгари суриш ва ҳуқуқларини ҳимоя қилиш масалаларида конструктив мулоқот ва амалий ҳамкорликни кенгайтиришга қаратилмоқда.
— 
Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принимает Верховного комиссара ООН по правам человека Фолькера Тюрка.

Это первый визит высокого гостя в Центральную Азию и регион Азии в целом.
В фокусе внимания - углубление конструктивного диалога и практического взаимодействия в вопросах продвижения интересов и защиты прав человека.

Facebook|Instagram|Twitter
#Qaror_va_ijro

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 408-sonli Prezident qarori asosida Bekobod mahallasiga yangi transformator o‘rnatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Shukuh

Piskent tumani 1-sonli kasb-hunar maktabida ham Navro‘z sayli uyushtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғаннинг таклифига биноан Туркий давлатлар ташкилоти саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Анқара шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана отбыл с рабочим визитом в город Анкару для участия в саммите Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter