PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.46K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

📍
https://uza.uz/posts/458521

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Президент фармони

2023/2024 ўқув йилидан бошлаб республиканинг барча вилоятлари ва Тошкент шаҳрида бошланғич синф ўқувчиларини бепул овқат билан таъминлаш йўлга қўйилади;

2023 йил 1 апрелдан бошлаб республиканинг барча аҳоли пунктларида транспорт воситалари ҳаракатланишининг энг юқори тезлиги соатига 70 километрдан 60 километргача туширилади;

тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқий ҳимоясини янада кучайтириш мақсадида 2023 йил 1 июлдан бошлаб тадбиркорлик субъектларига нисбатан янги турдаги жавобгарлик ва жазо чораларини жорий этишга уч йиллик мораторий ўрнатилади;

32 минг нафар фуқарога бозор тамойилларига асосланган ипотека кредитлари, шунингдек 11 минг нафар фуқарога бошланғич бадал ва фоиз тўловларининг бир қисмини қоплашга субсидиялар ажратиш учун Давлат бюджетидан етарли маблағлар йўналтирилади;

2023 йилда жамоатчилик фикри асосида шакллантириладиган лойиҳаларни молиялаштириш учун Давлат бюджетидан 8 трлн сўм, шундан “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурлари учун 4 трлн сўм йўналтирилади ва бошқалар.

@uza_uz
Президент фармони

Халқимизнинг оғирини енгил қилиш, аҳоли учун қўшимча қулайликлар яратиш ва уларнинг харажатларини тежаш мақсадида:

2023 йил 1 июлдан бошлаб барча давлат органлари ва ташкилотларида «Аҳоли ва тадбиркорларга сервис сифатини ошириш» чора-тадбирлари белгиланмоқда.

Давлат дастурида вазирлар ва бошқа мустақил ижро этувчи ҳокимият органлари раҳбарлари ўз тизимида:

- масофадан туриб, шу жумладан мобил иловалар орқали кўрсатиладиган давлат хизматларини кўпайтириш;

- ундириладиган тўловлар миқдорини камайтириш;

- талаб қилинадиган ортиқча ҳужжатларни бекор қилиш;

- кўриб чиқиш жараёнлари ва муддатларини кескин қисқартириш;

- шаффофликни ошириш, аҳоли ва тадбиркорлар билан доимий мулоқот майдончаларини ташкил этиш;

- ходимларнинг муомала маданиятини юксалтириш, тезкор ва сифатли хизмат кўрсатишга ўқитиш бўйича тадбирлар дастурини тасдиқлайди.

@uza_uz
Президент фармони

Аҳоли орасида юқумли бўлмаган касалликларнинг олдини олиш, соғлом турмуш тарзини шакллантириш ва жисмоний фаоллик даражасини ошириш мақсадида «Тўғри овқатланиш

ва соғлом турмуш тарзи» умуммиллий ҳаракати йўлга қўйилади. Жумладан:

таълим муассасаларида болалар ва ёшлар учун тавсия этилмайдиган маҳсулотлар, шу жумладан таркибида шакар, туз, трансёғлар миқдори юқори бўлган озиқ-овқат маҳсулотлари, таъм ва ранг берувчи қўшимчалар рўйхати тасдиқланиб, уларнинг истеъмоли камайтирилади;

иш жойларида ходимларнинг жисмоний тарбия билан шуғулланиши ва соғлом овқатланиши учун зарур шарт-шароитлар яратилади.

@uza_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri

Respublika ishchi guruhining "Oqqo‘rg‘on tajribasi" asosida barcha mahallada o‘rganishlari davomida mas’ullar Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Zulfiya aya Pardayeva xonadonida ham bo‘lishgan edi.

Z.Pardayevani 2 yildan buyon gipertoniya va og‘ir jigar hastaligi qiynab kelmoqda. Ishchi guruh tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan birga onaxonning holidan xabar olishdi. Salomatligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Hozir Zulfiya aya tuman Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanyapti. Onaxonning ahvoli ancha yaxshi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

PISKENT TUMANI | AHOLI UCHUN CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY TEKSHIRUVLAR O‘TKAZILDI

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#sumalak_sayli

Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. Sumalak tayyorlanadigan joyga qoʻni-qoʻshnilar bir hovuchdan un olib kelishgan, birgalikda taom pishirishgan, bir qozonda tayyorlangan ovqatni hamma baham koʻrgan.

Bugun viloyatda ana shu anʼana keng quloch yoygan. Koʻklamning quyoshli ilk kunlarida mahalla, qishloq va shaharlardagi xonadonlar, koʻcha va guzarlarni obodonlashtirish ishlari, hashar tadbirlari, sumalak sayllari yuqori koʻtarinkilik bilan oʻtkazilmoqda.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, nuroniylar, faol xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Bir soʻz bilan aytganda bahor ayyomlari arafasida bu kabi xayrli ishlar qizgʻin davom etmoqda.

📸Jarayonlar fotolavhalarda

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli

Oybek mahallasi G‘oliblar ko‘chasi, 24-26-ko‘p qavatli uylarda ham mahallaning faol xotin-qizlari va aholi vakillari bug‘doy undirib, bahoriy taom- sumalak hamda palov tayyorlashmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda

Piskent tumani hokimi o‘rinbosari Sarvar Hamdamov Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limida "Yoshlar daftari"da ro‘yxatga olingan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

SMM xizmatlari yuritish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan ikki nafar yoshga subsidiya asosida noutbuklar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Bugun 1 mart - o‘zbek xalqining suyukli shoirasi Zulfiya Isroilova tug‘ilgan kun.

E’zozlar, ardoqlar uchun tashakkur
Asli siz - oftobim, men -  ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul - o‘zbekning Zulfiyasiman!


Har bahorning ilk kunida takrorlanganidek, bugun barcha maktablarda o‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan she’riyat kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Ijodkorlar, ziyolilar, o‘quvchi yoshlar bilan tashkil qilingan tadbirlar sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim she’rlari, u haqidagi sahna chiqishlariga ulandi. Ijodiy uchrashuvlar kutubxonalarda ham davom etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#2023_yil_1_martdan

▫️Yangi yoʻnalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi BATAFSIL

▫️Milliy sport turlari boʻyicha umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi BATAFSIL

▫️Unitar korxona shaklida yuridik shaxs tashkil etish toʻxtatiladi BATAFSIL

▫️Soliq toʻlovchilar sayyor soliq tekshiruvlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishi mumkin boʻladi BATAFSIL

▫️Yuridik shaxslarga my.gov.uz orqali tijorat xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat beriladi BATAFSIL

▫️Qiynoqqa solishga qarshi kurashish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi BATAFSIL

▫️Ayrim davlat xaridlari boʻyicha buyurtmalarning toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida bajarilishi toʻxtatiladi BATAFSIL

▫️Tadbirkorlar soliq qarzini foizlarsiz boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin BATAFSIL

▫️Elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlar elektron rasmiylashtiriladi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin