PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Qaror_va_ijro

Barchasi xalq roziligi uchun

Ayni damda tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev boshchiligida tuman rahbarlari va deputatlar ishtirokida 5-maktabda Oybek va Yangiobod mahallasi fuqarolari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori bilan tasdiqlangan ilovada hududlardagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash masalasi hal etilishi belgilangan. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Piskent tumanidagi 16 ta mahallasida yangilanishlar amalga oshiriladi.

Uchrashuvda 408-sonli Prezident qarori asosida Oybek mahallasining 10 ta ko‘chasi va 4 ta ko‘p qavatli uylar hududida jami 6 km 700 metr masofada ichki yo‘llar ta’mirlash ishlari olib borilishi;
Yangiobod mahallasida 1ming 900 metr ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi ma’lum qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

PQ-408-sonli qaror ijrosi yuzasidan tumanda eng dolzarb muammolarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda mahallalardan kommunal sohaga oid masalalar aniqlangan edi.

Mitan va Navoiy mahallasida suv ta’minotidagi muammolar yuzasidan hokim o‘rinbrsarlari, tuman prokurori, IIB boshlig‘i, deputatlar ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoni hal etish maqsadida Navoiy mahallasida 2 km 700 metr, Mitan mahallasiga 5 km suv tarmoqlari quriladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Ko‘hna mahallada elektr va suv masalasi yechiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qarori asosida Piskent tumanida 16 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Jumladan, Bekobod mahallasi xududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 80 ta eskirgan yog‘och ustunlarni yangi temir-beton ustunlarga almashtirish, 1ta yangi transformator o‘rnatish, A.Alaviya hamda Guliston ko‘chalarini yangi ichimlik suvi tarmog‘iga ulash rejalashtirilgan.

Bugun ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan jamoatchilik nazorati guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda korxona va pudratchi tashkilot mas’ullari jamoatchilikka amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Vazirlar Мahkamasining 435-sonli qarori asosida Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida 7 km ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi boshlandi. Хandaqlar qazilib, quvurlar va quduq uchun zarur qurilish ashyolari yetkazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Saidobod mahallasi aholisini ancha yildan buyon ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar  qiynab kelayotgan edi.

Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida saidobodliklarning azaliy orzusi ro‘yobga chiqmoqda. Mahallaning 18 ta ko‘chasida ichimlik suvi tarmog‘ini qurish ishlari boshlandi. Qurilishning sifatli borishini rais Qahramon Xamdamov va hudud hokim yordamchisi Anvar Soatov nazorat qilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori asosida Piskent tumani Elektr ta'minoti korxonasi tomonidan “Bekobod” MFY dagi eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Prezidentimizning PQ-408-sonli qarori doirasida mahallalarimizda yechimini kutayotgan eng dolzarb vazifalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Mitan mahallasida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo ham mazkur
qaror bilan hal etildi. Ayni vaqtda qurilish ishlari mahalla raisi B. Niyozov va jamoatchilik kengashining nazorati ostida davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi