PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.67K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Forwarded from Maʼnaviyat yulduzlari
#Piskent_tumani
#Alisher_Navoiy

🔰Bugun, 7-fevral kuni Piskent tuman 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Piskent tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan «Navoiy buyukdur - Navoiy daho» deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ijodkor o‘quvchilar, o‘qituvchilar ishtirokida Navoiy hayotiga oid sahna ko‘rinishi ijro etildi. Ijodkor o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallari ijro etildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Piskent tuman bo‘linmasi

Kanalga ulanish ⤵️
https://t.iss.one/manaviyatyulduzlari
#Qaror_va_ijro

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori asosida Piskent tumani Elektr ta'minoti korxonasi tomonidan “Bekobod” MFY dagi eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

❗️Odob-axloq qoidalariga ko‘ra, davlat xizmatchilari xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat'iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeyini suiiste'mol qilmaslikka majbur.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Tanqiddan_so‘ng

Piskent tumani Lolaariq mahallasi peshlavhasi harob ahvolda ekanligi to‘g‘risida tanqidiy material e’lon qilingan edi.

Mahalla raisi R.To‘rayev va hokim yordamchisi K.Sobirjonov tomonidan peshlavha yangilab qo‘yildi. Rais mahalladoshlardan mahalla obodligiga hissa qo‘shishni, agar bu qo‘lidan kelmasa, ziyon yetkazmaslikni so‘radi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muammo_izidan

Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammo aholini anchadan buyon qiynab kelmoqda. Muammoning sababi nima, yechimlari qanday?

Videolavhada shu savollarga javob topishga harakat qildik.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Оgohlik

Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Video-yoʻriqnomani koʻring hamda yaqinlaringizga ulashing!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hayrli_tong

Hayrli tong, azizlar! Ko‘zdagi yoshdek qalqib turgan dunyoda barchasini borida qadrlang, avaylang!

Kel, yashaylik ulashib mehr,
G‘am kamaysin, mayli, bittaga.
Kim biladi biror kuni sen,
Men bo‘lmasman, balki ertaga...

Uzilsada rishtalar bir kun,
Bog‘layverib solmaylik tugun.
Ne bo‘lsa ham kechirgin bugun,
Men bo‘lmasman, balki ertaga...

Yuravergin ko‘nglingni xushlab,
Yerni aylan, osmonni ushlab.
Qo‘ng‘iroq qil, hech yo‘qsa, eslab,
Men bo‘lmasman, balki ertaga...

Ozorlansang ranjima sira,
Ta’bimizni qilmaylik xira.
Meros qolsin shirin xotira,
Men bo‘lmasman, balki ertaga...

Manzil yiroq, masofa olis,
Yo‘l bo‘ladi bizlar yurgan iz.
Qolgan yo‘lni bosarsan yolg‘iz,
Men bo‘lmasman, balki ertaga...

Shirin so‘zni darig‘ tutmagin,
Dardingni ayt ichga yutmagin.
Fursat bo‘lar deya kutmagin,
Men bo‘lmasman, balki ertaga...

Ro‘molimni sekin tortib qo‘y,
Ko‘zyoshimni bir bor artib qo‘y,
“Keraksan” deb bugun aytib qo‘y,
Men bo‘lmasman, balki ertaga...


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Владимир Норов: «В рамках визита были достигнуты весомые результаты по использованию большого потенциала обеих стран в интересах двух братских народов и региона в целом».

Подробнее: https://bit.ly/3x11hwz

@uz24news_ru
#Bilasizmi

📝 Respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

⚠️ Xatlov natijasiga ko‘ra ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladi.

🗓 Shuningdek, 2023 yil 1 avgustgacha seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni aniqlashga mo‘ljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot