PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.7K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#sayyor_qabul

Murojaatlar nazoratga olindi, tashabbus va takliflar qoʻllab-quvvatlandi

Piskent tumani hokimi tomonidan bugun Bekobod MFY fuqarolari hamda Mitan MFY fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Muloqotda yoʻllangan murojaatlar mazmuni asosan yoʻllarni asfalt qilish, yogʻingarchilik natijasida suv toʻplanayotgan ichki koʻchalarni taʼmirlash, shaxsiy masalalar tashkil etib, tuman hokimi barcha savollarga javob berdi.
Qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaat va takliflari tinglanib, qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etmaydigan murojaatlar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi va o‘rganishlarni talab etadigan murojaatlar esa tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, hal etish choralarini ko‘rish uchun qayd qilib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#sayyor_qabul

Hokim qabuli: Har bir murojaat javobsiz qolmaydi!

Bugun Piskent tumani 30 - sonli Musiqa va san’at maktabi zalida Piskent tumani hokimining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Avval ham xabar berganimizdek, tumandagi har bir mahallalarda sayyor qabul tashkil qilinmoqda.

Bugun ham aynan aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va yechim topish maqsadida Piskent tumanidagi Oybek va Lolaariq mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Jarayonda aholini qiynagan muammolar, ko‘cha yoritkichlari o‘rnatish, gaz quvurlarini o‘rnatish, elektr ustunlarini yangilash, yo‘llarga shag‘al yotqizish singari muammolar, sud-huquq masalalariga oid murojaatlar o‘rtaga tashlandi.

Tuman hokimi muammolarni bartaraf etishda elektr, gaz ta’minoti korxonalari, kadastr idorasi rahbarlari va boshqa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#sayyor_qabul

Piskent tumani hokimi, 1-sektor rahbari Aripov Muzaffar boshchiligida tuman mutasaddilari ishtirokida bugun, 30-aprel kuni Do‘ngqo‘rg‘on va Suvti mahallalarida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Yuzma-yuz muloqot tarzida o‘tgan qabulda tuman aholisi tomonidan berilgan savollar asosan suv ta’minoti, yo‘llar va tibbiyot punkti masalasiga oid bo‘ldi.

Tuman hokimi muammolarni bartaraf etishda elektr, gaz ta’minoti korxonalari, kadastr idorasi rahbarlari va boshqa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#sayyor_qabul

Murojaatlar nazoratga olindi, tashabbus va takliflar qoʻllab-quvvatlandi

Bugun ham aynan aholini qiynayotgan muammolarni o'rganish va yechim topish maqsadida Piskent tumanidagi Axil, Saidobod va Navoiy mahallalarida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabulda tuman  hokimi,  hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi va mas’ul bo'lim va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.

Ta’kidlash zarurki, har bir hududda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar va muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - aholini qiynagan muammolarga ichidan nazar solish va yechimini topishga ko‘maklashishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#Sayyor_qabul

Tuman hokimi faoliyatini aholi muammolarini hal etish bilan boshladi

Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov boshchiligidagi navbatdagi sayyor qabul “Chimqoʻrgʻon” mahallasida boʻlib oʻtdi.

Tuman sektor rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida oʻtkazilgan qabulda 50 ga yaqin fuqaro murojaati tinglandi.

Murojaatlarning mazmunini elektr energiyasi, suv taʼminoti, yoʻl taʼmiri, uy-joy olish, salomatligini tiklash, moddiy yordam, tadbirkorlik bilan shugʻullanish kabi taklif va muammolar tashkil qildi.

Sayyor qabulda 10 dan ortiq muammo joyida hal etildi. Qolgan masalalarni oʻrganish qoʻshimcha muddat va oʻrganish talab qilgani bois, tuman hokimi mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

😀Telegram | 😀Instagram | 😀 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM