PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Eʼtibor

Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi rahbari M. Qodirova tomonidan Qorbobo hamrohligida Birlik mahallasidagi ehtiyojmand oila vakillariga bayram sovgʻalari ulashildi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼtibor

Yangi yil bayrami munosabati bilan savobli tadbirlar davom etmoqda.

Piskent tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamda K.Karimov homiyligida Oybek va Bekobod mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan insonlarga nogironlik aravachalari hamda zarur anjomlar taqdim qilindi. Masʼullar ularni bayram bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirishdi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼtibor

Qorbobo va Qorqiz ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi

Piskent tumani Madaniyat bo‘limi rahbari Qorbobo va Qorqiz hamrohligida biriktirilgan ehtiyojmand oilalar xonadonida bo‘lib, ko‘ngillariga quvonch, farzandlariga bayram sovg‘alarini ulashishdi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼtibor

Toshkent viloyati Nuroniylar kengashi raisi Abdusamad Nosirov boshchiligida bir guruh mehnat faxriylari Piskent tumani hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi boʻlgan fuqarolar holidan xabar oldilar.

Murotali mahallasi Yoshlar koʻchasi 154-uyda istiqomat qiluvchi O.Jiyanov ham imkoniyati cheklangan insonlardan biri. Oʻrganish jarayonida A.Nosirov ushbu xonadonda boʻlib, yigitning holidan xabar oldi. Ehtiyojiga koʻra, homiylik asosida O.Jiyanovga nogironlik aravachasi taqdim etildi. Oila aʼzolari bilan suhbatlashib, muammo va savollari oʻrganib chiqildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

Toshkent viloyatida 4-mart – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 28 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bir guruh soha vakillariga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Aʼlo xizmatlari uchun" koʻkrak nishonini topshirdi. Shuningdek, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini taqdim qildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM