PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.41K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

❗️Bunda, isitish davri tashqi havoning o'rtacha sutkalik harorati 8°Сdan past bo'lgan 5 kunlik davr tamom bo'lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8°Сdan yuqori bo'lganda esa tamomlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍4
#Tabrik

Piskent tumani hokimligi jamoasi nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi kotibi Islomjon Obidovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriklaymiz.

Mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt va omad yor bo‘lsin!

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍15🎉4👏3🔥1
#Fan_olimpiadasi

Fan olimpiadalarining tuman bosqichi boshlandi

Tumanimiz umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarining 2-bosqichi – tuman bosqichiga start berildi. 6-maktabda bo‘lib o‘tgan marosimda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari B.Eshmurodova qatnashib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Joriy o‘quv yilida asosiy fan olimpiadasi o‘quvchi-yoshlarning iqtidori va fanlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13 ta fan bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazilmoqda. Bunda tuman maktablaridan saralab olingan 1345 nafar 9-,10-,11-sinf o‘quvchilari test sinovlaridan o‘tadilar.

Barcha bilimdon yoshlarga olimpiadada muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍11
#Hamkorlik

TOSHKENT VILOYATIDA TURIZM OQIMI KUNDAN-KUNGA ORTIB BORMOQDA

Toshkent viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, turistlar oqimini koʻpaytirish borasida bir qator tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning sentabr oyida Isroil elchixonasi bilan birgalikda Isroildagi mutasaddi tashkilotlar, turoperatorlar va turagentlar uchun onlayn seminar oʻtkazilib, ikki davlat turoperatorlari orasida muzokaralar olib borildi.

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Bizning_yoshlar

Piskentlik bilimdon yoshlar Qirg‘izistonda bo‘lib qaytishdi

Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ochiq olimpiadada Piskent tumanining bir guruh yoshlari ham ishtirok etib qaytishdi. Matematika, ingliz tili, fizika, kimyo va mental arifimetika bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Toshkent viloyati Piskent tumanidan 26 nafar o‘quvchi qatnashib, munosib natija ko‘rsatishdi.

4 ta 1-o‘rin, 6 ta 2- o‘rin, 2 ta 3-o‘rin egallagan yoshlarimiz kuchli 10 talikdan joy olishdi va noyabr oyida Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan olimpiyada yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Bugun Bishkekdan qaytgan olimpiadachilarni Piskent tumani hokimligida mas’ullar va o‘quvchilarning ota-onalari kutib olib, quvonchiga sherik bo‘lishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍12👏6🕊4🤩321😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон ва бутун Марказий Осиё жаҳондаги иқлим ўзгариши оқибатларидан энг кўп зарар кўраётган минтақалардан бири эканини таъкидлади

Президент Шавкат Мирзиёев отметил, что Узбекистан и вся Центральная Азия являются одним из наиболее уязвимых к последствиям изменения климата регионов в мире

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Марказий Осиёда “яшил” тараққиёт соҳасидаги мақсадларга эришиш йўлида фикр алмашиш ва саъй-ҳаракатларни бирлаштириш учун Самарқанд халқаро иқлим форумини ўтказиш ниятида

Узбекистан намерен провести Самаркандский международный климатический форум для обмена мнениями и объединения усилий в достижении целей «зеленого» развития в Центральной Азии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍5
YANGI O‘ZBЕKISTON – YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!

Piskent tumani mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tumanimiz ahliga MUROJAAТI


BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6🕊2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍5😱2🔥1👏1🎉1😍1
#Bilasizmi

‼️ Yong'in xavfsizligi qoidalariga ko'ra:

🔹Paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlari turar joy va jamoat binolaridan hamda ta'mirlash syexlaridan kamida 150 m, yuqori va past kuchlanishli elektr liniyalar tayanchlaridan ularning 1,5 ta balandligiga teng masofada joylashtirilishi;

🔹Paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlari yong'inni o'chirish maqsadida 50 m3 dan kam bo'lmagan miqdorda suv zaxirasi bilan ta'minlanishi;

🔹Traktorlar, avtomobillar, paxta terish mashinalarini to'xtatib turish, ularni ta'mirlash, moylash va yonilg'i quyish, paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlaridan kamida 50 m masofada amalga oshirilishi;

🔹Paxta g'aramlarini titish davrida paxta tashuvchi mashinalar, mexanizmlar va avtopoezdlar guruhlar orasidagi 30 m li masofani saqlagan holatda joylashtirilishi;

🔹Guruhlardagi paxta g'aramlari orasidagi masofa 15 m dan, guruhlar o'rtasida masofa esa 30 m dan kam bo'lmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍4