PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda mahallada yangi tekstil korxonasi bunyod etiladi

Suvti mahallasidagi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari doirasida hududda joylashgan kichik sanoat zonasida yangi korxona bunyod etish va aholi uchun bo‘sh ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda bugun tuman Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda Turkiyalik investorlar tashrif buyurdi. Maqsad – kichik sanoat zonasi hududida "Zeynep” tekstil korxonasi tashkil etish. Ushbu loyiha uchun turklar tomonidan 1 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilib, 2024 yil yanvar oyida qurib bitkazish ko‘zda tutilgan. Loyihaning 1-bosqichida 300 nafar Suvti va atrof mahallalardan ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanadi.

Ayni kunda yangi korxona uchun poydevor ishlari boshlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev tuman hokimi N.Yakubov va sektor rahbarlari hamrohligida Suvti mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Jarayon: xonadonlarning sanitariya holati yaxshilanadi, ko‘chalar tartibga solinadi va mahalla obod qilinadi

Suvti mahallasida obodonlashtirish tadbirlari davom etmoqda. Jarayonda mahalla aholisiga tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida 3 ta konteyner keltirilib, tibbiyot punkti tashkil etish ishlari boshlandi. Shuningdek, markaziy Farovon ko‘chasi chetiga piyodalar yo‘lagining 300 metrdan ortiq qismi betonlandi. Loy-tuproq holatdagi 1,6 km ichki ko‘chalarga shag‘al yotqazildi. Mahalla binosi hamda xatlovlarda aniqlangan 11 nafar ehtiyojmand keksalar xonadonida mutasaddilar tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari bajarilmoqda. Obodonlashtirish tadbirlari doirasida 1 kmdan ortiq masofada suv yo‘llari ham tozalandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasi Tinchlik, Farovon va Mustaqillik ko‘chalaridagi obodonlashtirish ishlaridan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla mezonlarini joriy etish maqsadida Piskent tumani Veterinariya bo‘limi xodimlari tomonidan Suvti mahallasida nazorat tadbirlari tashkil etildi. Unda Tinchlik va Farovon ko‘chalaridagi xonadonlarda uy hayvonlari tekshirildi. Hayvonlar orasida xavli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun emlatildi. Shuningdek, boqish jarayonida zarur ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Sihat-salomatlik - eng katta boylik. Suvti MFY hududida “obod mahalla” mezonini to‘liq joriy etish maqsadida tibbiyot punkti tashkil etilmoqda. Bugun mahallaning Tinchlik ko‘chasiga yangi tibbiyot punkti uchun poydevor qurib bitkazildi. So‘ngra 3ta konteyner keltirib, o‘rnatildi.

-Ushbu tibbiyot shohobchasi mahallamizda istiqomat qiluvchi 2 ming 759 nafar aholi uchun katta qulaylik yaratadi,-deydi xotin-qizlar faoli Dildora Egamqulova. –Issiq yozda yoki qish-qirovli kunlarda homilador yoki yosh bolali ayollar, keksalar uzoqqa tibbiy ko‘riklarga borishga qiynalishardi. Mahalla markazida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi esa barchamizni hursand qiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahalllasida hasharlar davom etmoqda. Tuman suv xo‘jaligi bo‘limi tomonidan suv yo‘llari, jumladan Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan ariq va zovurlar tozalanmoqda.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchilari O‘zbekiston, Tinchlik ko‘chasidagi eski yog‘och ustunlar o‘rniga yangi beton stolbalar o‘rnatishdi. Elektr tarmoqlari demontaj qilindi.

Hududdagi 18-maktabda ham obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jarayonda maktab o‘quvchilariga qulaylik bo‘lishi uchun yo‘laklar ta’mirlanib, panjaralar bo‘yoqlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Piskent tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mehrinisa Usmonova boshchiligida “Oqila ayollar” harakati a’zolari Suvti mahallasining Farovon, Tinchlik ko‘chalarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi. Xonadonlar obod bo‘lishida uy bekalarining saranjom-sarishtaligi katta ahamiyatga ega ekanligini hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Mahallada 528 ta xonadon bo‘lib, har bir xonadonga mas’ullar kirib, “obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish uchun amaliy choralar olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasida “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Hududdagi 522 ta xonadon toʻliq xatlovdan oʻtkazish natijasida 11 nafar keksa va yordamga muhtoj fuqarolarning xonadonida joriy va kapital taʼmir ishlari belgilab olingandi.

R.Tojiqulova Tinchlik koʻchasida yashaydi. “Ayollar daftari”ga roʻyxatga olingan 2-guruh nogironi boʻlgan ayolning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida tuman tashkilotlari tomonidan hashar oʻtkazildi. Eski ogʻilxona va qurilmalar o‘rniga hozirda homiylik asosida oshxona va maishi binolari, koʻcha devorlari yangitdan qurilmoqda.

Tinchlik koʻchasida yashovchi yana bir ayol- Z.Umarovaning turmush oʻrtogʻi vafot etib, 2 nafar yosh bolasi va qaynonasi bilan yashaydi. Yashash sharoiti ogʻir boʻlgani sababli davlat tashkilotlari homiyligida uy-joyi taʼmirlanib, tomorqasiga toʻqsonbosti ekinlari ekib berilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi