PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.79K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Nazorat

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha tuman shtabi tomonidan koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarida oʻrganishlar oʻtkazildi.

Oʻrganish jarayonida tuman shtabi aʼzolari yakka tartibdagi uy-joylar hamda koʻp qavatli uylar, 79-maktab internati va maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, taʼmirtalab jihatlari nazoratga olindi. Isitish tizimlari hamda moʻrkonlar sozligi tekshirib, gaz va elektr jihozlarining xavfsizligi, sinf xonalarining isitilishi, qisman koʻmir bilan isitiluvchi hududlarda yoqilgʻi zahiralari bilan taʼminlangani singari holatlar koʻzdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf etish choralari belgilandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov tibbiyot muassasalari isitish tizimini shaxsan oʻzi koʻzdan kechirdi.

Sinovli kunlar oz, lekin arzimagan ehtiyotsizlik yoki beeʼtiborlik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yaqinda elektrdagi uzilish sababli, Nodirbek Yakubov bemorlar davolanayotgan shifoxonalarni nazorat qilib chiqdi.

Qozonxonalarni koʻzdan kechirib, elektr uzilish holatlarida muqobil energiya moslamalaridan foydalanish, generatorlar doim shay holatda boʻlishi haqida topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Tuman hokimining 1-oʻrinbosari A.Manayev, oʻrinbosarlar Sh.Mahmudov, D.Abdazimov tomonidan tashkilotlarda navbatchilik postlari ham oʻrganildi.

Kuz-qish mavsumida korxona va tashkilotlarda ham navbatchilik tashkil etilgan boʻlib, bu sovuq mavsumda turli noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Oʻrganish davomida Madaniyat boʻlimi, Suv taʼminoti filialida boʻlgan masʼullar isitish pechlari ishlayotgani, binolarning haroratini ham eʼtiborga olishdi. Aniqlangan kamchiliklar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Ob-havo harorati bugun ham ancha past. Tuman 4-sektor rahbari D.Yusupov qattiq sovuqda sektor hududidagi bogʻchalarning  isitilishi borasida tungi vаqtdagi holatini borib koʻrdi.

Oʻrganish davomida 4 va 9-maktabgacha taʼlim muassasalarida boʻlgan sektor rahbari hududning sirpanchiq muzlamalardan tozalangani, isitish qozonxonalarining uzluksiz ishlashi va mashgʻulot, ovqatlanish xonalarining meʼyorida issiqligi, elektr taʼminoti bilan ham yaqindan tanishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Tumandagi 79-sonli maxsus maktab-internatiga biriktirilgan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi xodimlari ham oʻz joyida. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi B. Eshmurodova bilan birga ushbu muassasada issiqlik taʼminoti koʻzdan kechirildi. Hozirda internatda yotoqxona va boshqa xonalarda ham gaz va elektr taʼminotida muammo aniqlanmadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Tuman 3-sektor rahbari, IIB boshligʻi L.Rahmatullayev ham sektor hududidagi ijtimoiy soha obyektlarida nazorat tadbirlarini oʻtkazdi.

Oʻrganish jarayonida Mingtepa mahallasida joylashgan tibbiyot punktida boʻlib, binoning issiqligi, tabiiy gaz va elektr ta'minotida muammolarning yechimiga eʼtibor qaratdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Piskent tumani prokurori, 2-sektor rahbari X.Kenjayev sektor hududidagi ijtimoiy soha obyektlarini nazorat qildi. Oʻrganish davomida muassasalarda tungi navbatchilik faoliyati, isitish tizimlari uzluksiz ishlayotgani, xonalar issiqligini koʻzdan kechirdi. Kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Ibragimov, N.Ubaydullayeva, F.Karimov tumandagi ijtimoiy soha obektlarining qish mavsumidagi faoliyatini oʻrganishdi.

Jarayonda tuman Tibbiyot birlashmasi davolash muassasalaridagi isitish qozonxonalari, oshxona, tugʻruq va boshqa boʻlimlar isitilishi, dori-darmon bilan ta'minlanganligi, shart-sharoit, 42-maktab, 13-maktabgacha taʼlim muassasasining issiqligi va bolalar taʼlim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoit hamda qish mavsumiga tayyorgarligi holati koʻzdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Bugun tuman markazida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi.

Nazorat tadbirlarida Davlat soliq inspeksiyasi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi, Sanitariya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi, “Toza hudud” DUK masʼullari qatnashishdi.

Jarayonda markaziy Amir Temur va Bobur koʻchalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning sanitariya qoidalariga rioya etishi, yigʻilgan qattiq va maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi, 2024-yil uchun shartnomalar imzonanishi singari jihatlar tanqidiy oʻrganildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Tumanimiz obodligi har birimizga bogʻliq

Piskent tumani hokimligi mutasaddilari hamda “Toza hudud”, Obodonlashtirish boshqarmasi vakillari bilan birga tungi reydlar oʻtkazilmoqda.

Kuni kecha oʻtkazilgan tungi nazorat tadbirlarida markaziy Amir Temur va Bobur koʻchalarida faoliyat yurituvchi bir necha tadbirkorlar tomonidan Toza hudud bilan shartnoma tuzmasdan, tunda chiqindilarni yoʻl yuzalariga tashlab ketilayotgan holatlar aniqlandi. Holat boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.

Aziz tumandoshlar! Piskent tumani oʻzimiz tugʻilib oʻsgan joy. Uning ozodaligi ham avvalo oʻzimizga kerak. Shu bois barchani uning obodligiga hissa qoʻshishga chaqiramiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Bugun Piskent tumani hokimi oʻrinbosari D.Abdazimov va Mahallalar uyushmasi tuman  boʻlimi boshligʻi X.Isamuhamedov hamda jamoatchilik vakillari mahallalarda davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha taʼlim muassasalarida bajarilayotgan ishlar koʻlami bilan tanishdi.

Shuningdek, Lolaariq va Birlik, shuningdek, PQ-408-sonli qaror asosida Mingtepa va Maylobod mahalla  binolari qurilishida yoʻl qoʻyilgan bir qator kamchiliklar aniqlanib, foydalanishga topshirishdan avvаl bartaraf etish boʻyicha choralar belgilandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Tuman hokimi kommunal soha xodimlarining tunu kun ish faoliyati bilan tanishdi

Piskent tumani hokimi-fuqaro muhofazasi boshligʻi Nodirbek Yakubov qish mavsumini betalofat oʻtkazish, kirib kelishi kutilayotgan sovuq kunlarda ijtimoiy soha obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida kommunal sohalarda tungi nazorat tadbirlari oʻtkazdi.

Oʻrganish jarayonida Piskenttumangaz, elektr va suv taʼminoti korxonasida boʻlib, tunu kun navbatchilik tarkibi, murojaatlarni qabul qilish va hal etish, kuz-qish shtabiga biriktirilgan xodimlarning ish faoliyati va dam olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Korxona rahbarlariga zarur koʻrsatmalar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Xalq deputatlari Piskent tumani kengashi deputatlari tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya samaradorligi hamda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi

Yurtimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodning toʻkis shart-sharoitda ulgʻayishi va sifatli taʼlim-tarbiya olishiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratiladi. 16 fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati, jamoatchilik faollari va bir guruh deputatlar tomonidan hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida nazorat tadbirlari olib borildi.

8, 11-bogʻchalarda boʻlgan deputatlar tuman Sanitariya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi hamda boshqa masʼullar bilan birga muassasada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mashgʻulotlar jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanishi bilan yaqindan tanishib, masʼullar bilan suhbatlashdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi