PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Озарбайжонга давлат ташрифининг иккинчи куни: Фузулий ва Шуша шаҳарларига ташриф

Второй день государственного визита в Азербайджан: посещение городов Физули и Шуши

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Shukuh

Har yili avgust oyi yakunida - Mustaqillik bayrami arafasida yurtimizda o‘zgacha shukuh kezadi. Mahallalarda bayram tantanalari tashkil etiladi.

Kultepa mahallasida ham bayram tadbiri o‘tkazildi. Mahalla hududidagi 27-maktabda Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ehson dasturxoni yozildi. Tadbirga mahalla nuroniylari, faol fuqarolar, faxriy o‘qituvchilar, yoshlar vakillari taklif etildi. Milliy taom – palov tortildi.

Hudud imomi tomonidan Qur’on tilovat qilib, yurtga tinchlik, osoyishtalik, elga farovonlik tilab, duolar qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Самарқанд вилоятида бўлади.

Сафар давомида вилоятдаги бунёдкорлик ишлари, таълим масканлари фаолияти, саноат ва хизмат кўрсатиш лойиҳалари билан танишилади. Шунингдек, Самарқанд вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш вазифалари бўйича йиғилиш ўтказилиши режалаштирилган.

Facebook|Instagram|Twitter
#Bildirish

PISKENT YOSHLARI VA AHOLI DIQQATIGA!

💫 Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bugun, 24 avgust kuni “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun! ” shiori ostida festival bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida:

-gala-konsert
-karaoke
-muzqaymoq party
-tezkor-viktorina
-kubik-rubik
-shaxmat bahslari
-stol tennisi bellashuvlari

ISHTIROK ETISH MUTLAQO BEPUL

Vaqti: 24 avgust, soat 18:00
Manzil: Yoshlar bog‘i
Moʻljal: 4-maktab


Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tayyorgarlik

Ayni vaqtda Piskent tumanida mustaqillik bayramining asosiy tantanalari o‘tishi belgilangan Yoshlik markaziy stadionida tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Stadion hududi tozalanib, qurigan o‘t-o‘lanlar, chiqindilar chiqarib tashlandi. Bayramona bannerlar va bayroqlar ilinmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sayyor_qabul

Tuman hokimi Fayzobod aholisining murojaatlarini tingladi

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning sayyor qabullari davom etmoqda. Bugun Fayzobod mahallasida o‘tkazilgan xalq bilan muloqotda hokim o‘rinbosarlari, kommunal soha va tashkilotlar rahbarlari, 30 nafardan ortiq fuqarolar qatnashdi.

Tuman rahbari muloqotdan avval ko‘plab murojaatlarga sabab bo‘lgan yo‘llar ta’miri, beton ustunlar o‘rnatish singari masalalar yechimi uchun tuman budjetidan “Tashabbusli budjet” loyihasiga zarur mablag‘lar ajratilgani, fuqarolar esa o‘z mahallasi obodligi uchun ushbu imkoniyatdan foydalanishlarini tushuntirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, murojaat yo‘llagan 11 nafar fuqaroning har biri bilan yuzma-yuz suhbatlashdi. Elektr tarmoqlarini ta’mirlash, avariya bo‘lgan suv quvurlarini yamash, moddiy yordam ajratish singari masalalar ijobiy hal etildi. Ijrosi ma’lum vaqt va qayta o‘rganish kerak bo‘lgan murojaatlar yuzasidan rahbarlarga aniq topshiriq berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi