PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июль ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Senat a’zosi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Piskent tumaniga Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova keldi. Tuman hokimi Nodirbek Yakubov bilan uchrashuvda senat a’zosi kommunal soha rahbarlari ishtirokida hududlarda kuz-qish davri mavsumiga tayyorgarlik masalalarini muhokama etishdi.

Xususan, mahallalarda ijtimoiy soha obektlarida 2023-2024 yil kuz-qish davri mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi, shuningdek, elektr energiyasi, gaz, issiqlik, ichimlik suvi ta’minoti, zarur ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Respublika ishchi guruhi a’zolari hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari hududlarda ehtiyojmand ayollar holidan xabar olishdi.

Tuman hokimi o‘rinbosari M.Usmonova hamrohligida ishchi guruhi Bekobod va Yangiobod mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning muammolari bilan qiziqdi. Murojaatlaridan kelib chiqib, amaliy yordam berish choralari ko‘rildi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari, hassa va eshitish moslamalari, boshqa mahsulotlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев фойдали қазилмалар захираси ва ишлаб чиқариш ҳажмини кўпайтиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по наращиванию запасов и увеличению объемов освоения полезных ископаемых.

#Mirziyoyev #taqdimot #geologiya #foydaliqazilmalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Aholi_salomatligi

Piskent tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 1 avgust kuni tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Maqsadli tibbiy ko‘rikda respublika ishchi guruhi va tibbiyot birlashmasi tomonidan o‘rganishlarda salomatligidagi muammolari va ijtimoiy holati haqida murojaat qilgan 265 nafar fuqaroning sog‘ligini chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazishga e’tibor qaratildi. Viloyatdagi ixtisoslashgan markazlarning  kardiolog, travmatolog, xirurg, pediatr, oftalmolog, LOR, ftiziatr, pulmonolog, dermatolog, infeksionist mutaxassislari ishtirokida UTT, laboratoriya, rentgen tekshiruvlari o‘tkazildi.

Jarayonda 140 nafar fuqaroda turli kasalliklar, 125 nafar fuqaroda esa sog‘lom ekanligi aniqlandi. Kasallik aniqlangan 129 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 7 nafar bemorga tuman tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. 4 nafar bemor viloyat muassasalariga tekshiruv uchun yuborildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi