PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yoshlar_festivali

Yoshlar oyligi tadbirlari doirasida tuman Axborot kutubxona markazida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

"Kitob - ma’naviyat gulshani" nomli tadbirda markaz xodimlari tomonidan kitoblar ko‘rgazmalari, yosh kitobxonlar bilan muloqotlar va mushoiralar bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_kuni
#Ochiq_muloqot

30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi Nodirbek Yakubov tuman yoshlari bilan muloqot o‘tkazdi.

Bugun Piskent tuman hokimligi tumanimiz mahallalaridan kelgan yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Nodirbek Yakubov bir guruh yosh fuqarolar bilan samimiy muloqot qildi. Ularga mustaqil hayotda, o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvda Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshitirildi. Ta’kidlanganidek, yurtimiz yoshlari yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli sohalarda dastlabki umidbaxsh natijalarni qo‘lga kiritayotgani albatta barchamizni xursand qiladi. Birgina Piskent tumanida joriy o‘quv yilida 946 nafar bitiruvchilarning 73 nafari oltin, 16 nafari kumush medalni qo‘lga kiritganidan haqli ravishda faxrlanamiz.

Muloqotga OAV vakillari ham taklif etilib, yoshlar bilan muloqotlar tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_turizmi

Yoshlar sayohat qilmoqda

Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" loyihasi doirasida yoshlarning, ayniqsa imkoniyati cheklangan yigit-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sektor rahbarlari va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan turli sayohatlar rejalashtirildi.

Bugun shu tadbirlar doirasida Ma’naviyat va yoshlar markaziga 3-sektor hududidagi bir guruh yoshlar jam bo‘lishdi. Stol tennisi va shaxmat-shashka o‘yinlaridan so‘ng, yoshlar va ularning hamrohlari birgalikda Qibray tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘i hamda Zangiota tumanidagi "Zangi ota" ziyoratgohiga yo‘l oldilar.

Sayohat davomida yoshlar ajoyib shou konsert hamda ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashishmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati

Nodirbek Yakubov raisligida og‘ir toifadagi yoshlarga amaliy yordam masalasi muhokama etildi.

Piskent tumani hokimligida sektor rahbarlari, tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan hamda probatsiya ro‘yxatida bo‘lgan, imkoniyati cheklangan yoshlarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatish, muammolarini yechish masalasi atroflicha muhokama etildi.

Jumladan, “qizil” toifaga kiruvchi yoshlar bilan ishlash uchun biriktirilgan rahbarlar tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordamlar tahlil etildi. Yig‘ilish davomida N.Yakubov yoshlarni, ayniqsa nogironligi bo‘lgan yoki hayotda adashgan yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va kelajakda ularning to‘g‘ri yo‘l topishlariga ko‘maklashish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_tarbiyasi

Yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida 23-maktabda profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili A.Jumaboyev, tuman IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i D.Qurbonov, tuman bosh imom xatibi Z.Qudratov ishtirok etgan tadbirda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazildi. Turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardagi zararli aloqa kanallaridan ogoh etish maqsadida zarur tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati_amalda

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent viloyati yoshlari Boʻstonliq tumaniga yuborildi.

Jumladan, Piskent tumanining Lolaariq, Birlik, Kultepa va Murotali mahallasidan 12 nafar yoshlar Boʻstonliqdagi “Yoshlar oromgohi” da boʻlib, “Vatanparvarlar” sport sogʻlomlashtirish loyihasida ishtirok etmoqda. 7-13-noyabr kunlari boʻlib oʻtayotgan loyiha doirasida yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy vatanparvarlik tadbirlari, sport musobaqalari, xorijiy tillar hamda kitobxonlik, huquqiy savodxonlik tanlovlari, gulhan atrofida mushoiralar tashkil etiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati_amalda

Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi va hududlarda yoshlar yetakchilari faoliyati natijasida yuzlab yoshlarning mustaqil hayotda oʻz oʻrnini topishi, jamiyatga zarur kasb-hunar egallashi va muammolari hal etilishiga erishilmoqda.

Piskent tumanida 2023-yilning yanvar – oktyabr oylarida "Yoshlar jamg‘armasi"dan jami 685 nafar yigit-qizga amaliy yordamlar koʻrsatilgan.

Ulardan 
12 nafar– haydovchilik kursida oʻqitish;
29 nafar– asbob-uskuna sotib olish;
175 nafar– taʼlim uchun kontrakt toʻlovi;
49 nafar– ilm-fan, sanʼat, sport yoʻnalishlarida oʻquv kurslarida oʻqish;
3 nafar– biometrik pasport;
28 nafar– davolanishi harajatlari;
88 nafar- harbiy xizmat uchun toʻlovlar;
4 nafar- turarjoy kompensatsiyasi
toʻlovlari uchun , jami 2 mlrd 659 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_tarbiyasi

Yoshlarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida taʼlim muassasalarida tushuntirish va targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Diniy qoʻmitaning masʼul vakili A.Jumaboyev hamda IIB terrorizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi D.Qurbonov 29-maktabda boʻlib, yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida targʻibot tadbiri oʻtkazdi. Tadbirda ijtimoiy tarmoqdan foydalanish meʼyorlari va qoidalari, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan toʻgʻri va samarali foydalanish zarurligi, adashgan yoshlarning qismati hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Mavzuga aloqador mazmunda hujjatli film namoyish etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati_amalda

Yoshlarning mustaqil hayotda toʻgʻri yoʻl topishlari va munosib turmush kechirishiga koʻmaklashish dolzarb vazifa.

Shu maqsadda Piskent tumani hokimi oʻrinbosari Sh.Mahmudov va IIB JXX Probatsiya guruhi rahbari Sh.Mamadaliyev tomonidan tumandagi probatsiya hisobida turib, jazo muddatini oʻtayotgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Tuman Maʼnaviyat va yoshlar markazida boʻlib oʻtgan uchrashuvda adashgan boʻlsada, ularning halol mehnat qilib, sogʻlom turmush kechirishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi, bandligi taʼminlanishi borasida huquqiy maslahatlar hamda bir qator takliflar bildirildi. Ularning savol va murojaatlariga batafsil javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati_amalda
                
Oʻzini band qilish istagida boʻlgan 10 nafar yigit-qizga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi                                                            
Yoshlarning mustaqil hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish borasida Piskent tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Mahmudov, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir guruh yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan muloqot oʻtkazildi.

Unda Birlik, Lolaariq, Maylobod, Mitan, Ahil, Oybek, Mingtepa, Murotali, Taraqqiyot mahallasida yashovchi “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan va oʻzini band qilish istagidagi 10 nafar yigit-qizga noutbuk, pishiriq pechi, sovutkich hamda tikuv mashinalari (+overlok) topshirildi.

Sh.Mahmudov yoshlar bilan suhbatda boshlayotgan tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Yoshlarning onalari ham bu imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#yoshlar_va_sanʼat

“Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
.

🔹Bugun Piskent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida Piskent tumani Musiqa va sanʼat maktabida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishdan iborat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#jarayon
#yoshlar_yetakchilari

Yoshlar yetakchilari bilan samarali uchrashuv

Bugun Piskent tumani Yoshlar Ishlari agentligi binosida tuman hokimi Muzaffar Aripov yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.
Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.

Tuman hokimi yetakchilarga doimo yordam berishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube