PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.45K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
2 901 nafar fuqaroga jami 1 041,6 gektar maydon auksion orqali ajratildi

Yerni boqsang, yer seni boqadi, deb bejiz aytishmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–373-son qarori Piskent tumanida mirishkor va dehqonchilikda tajribali insonlarga katta imkoniyat berdi.

Yuqoridagi qarorga muvofiq, aholiga ochiq elektron tanlov orqali 1 210 gektar ekin maydonini ijaraga berish belgilangan.

Bugungi kunga qadar 2 901 nafar fuqaroga jami 1 041,6 gektar yer maydoni ajratildi. Ular orasida 266 nafar “Temir daftar”dagi, 133 nafar “Ayollar daftari”dagi, 121 nafar “Yoshlar daftari”da turuvchi kam ta’minlangan fuqarolar yer olib, dehqonchilik boshladi.

Ayni kunlarda dehqon xo‘jaliklariga ekilgan ekinlarning oldi pishib yetildi. “Bir hudud-bir mahsulot” tamoyili asosida ajratilgan yer maydonlarida 723 gektar uzum, 99 gektar kartoshka, 91 gektar bodring, 74 gektar pomidor, 11 gektar bulg‘or qalampiri, 7 gektar bog‘lar va 36 gektarga boshqa ekinlar joylashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#G‘alla_2023

Tumanimizda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda. Mavsumning samarali o‘tishida yozning jazirama haroratini pisand qilmay bug‘doy o‘rayotgan kombaynchilarning mehnatlari alohida e'tirofga loyiq.

Ayni vaqtda Oxunboboev, Haydarov, Turkiston hududlarida el rizqini nes-nobud qilmay, jadal ish olib borilmoqda. “Baxt Alpomish invest” MChJ, “Mamatqulov Ravshan”, “Abdiev Azim” fermer xo‘jaliklari mexanizatorlari mehnati bilan bug‘doy to‘liq o‘rib olinib, ko‘zlangan marra zabt etildi. Tuman bo‘yicha kuniga 311 tonna, mavsum boshidan byon 911 tonna sara don omborlarga to‘kildi.

Tunu kun mehnat qilayotgan bobodehqonlar va kombaynchilarga sharoit yaratish va umum ishiga baraka bo‘lsin uchun g‘alla maydonlari boshida jonliqlar so‘yib, ehsonlar ham tashkil etilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
"Toshkent suv ta'minoti"MChJ Piskent tuman fililali ma'lum qiladi "Kimyo ximoya ta'minoti"MChJ pudratchi tashkilot tomonidan Toshkent viloyati Piskent tumani markaziy qismini ichimlik suvi bilan ta'minlashga mo‘ljallangan ichimlik suv tarmoqlarida kunning jaziramasiga qaramasdan pudrat tashkiloti tomonidan D-450 mm ichimlik suv quvurida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda, ichimlik suv ta'minoti to‘xtatilgan davr mobaynida tuman suv ta'minoti tomonidan aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida maxsus avto transportlar yordamida aholiga kechayu-kunduz ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
#Hashar

Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Piskent tumanida bo‘lib, G‘ayrat mahallasidagi yangi qurilayotgan obektlarni ko‘zdan kechirgan edi.

Mavzeda o‘rganishlar davomida obodonlashtirish ishlari borasida ayrim kamchiliklarni bartaraf etish uchun topshiriqlar berildi.
Bugun ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari B.Shermatov boshchiligida obodonlashtirish xodimlari tomonidan hashar tashkil etdi. Ko‘p qavatli uylar atrofi va bolalar maydonchasi hududi obodonlashtirib, gullar ekildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#bildirish

Quyosh panellari: qaysi bank qancha kredit taklif qilmoqda?

Uyingizga beminnat quyosh panellarini oʻrnatmoqchisiz-u, narx-navolaridan bexabarmisiz? Unda tanishing.

🔘Qishloq qurilish bank:
Jismoniy shaxslar uchun: 165 mln. soʻm
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
Yuridik shaxslar uchun: 500 mln. soʻmgacha
Muddati: 5 yilgacha
Loyihada mijozning ulushi: 30%
Yillik foiz stavkasi: 21-24% gacha
☎️ +99878 150-79-33

🔘Sanoat qurilish bank:
Jismoniy shaxslar uchun: Vaqtincha toʻxtatilgan.
Yuridik shaxslar uchun: Cheklanmagan
Muddati: 5 yil
Loyihadagi mijozning ulushi: 30%
Yillik foiz stavkasi: 22%
Moliya vazirligi kompensatsiyasi: 4% (mahsulotni tannarxidan kelib chiqib kamayadi)
☎️+99870 762-82-38

🔘Ipoteka-bank:
Jismoniy shaxslar uchun: 100 mln. soʻm
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
Yuridik shaxslar uchun:  mijoz soʻroviga asosan
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
☎️+99878 150-11-22

🔘Xalq banki:
Jismoniy shaxslar uchun: 100 mln. soʻm
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 25%
Yuridik shaxslar uchun: 3 mlrd. soʻmgacha
Muddati: 5 yil
Loyihadagi mijozning ulushi: 30%
Yillik foiz stavkasi: 22%
☎️+99870 762-70-77

🔘Mikrokreditbank:
Jismoniy shaxslar uchun: 165 mln. soʻm
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
Yuridik shaxslar uchun: 5 mlrd. soʻmgacha
Muddati: 5 yil
Loyihadagi mijozning ulushi: 30%
Yillik foiz stavkasi: 24%
☎️+99855 503-68-68

🔘Agrobank:
Jismoniy shaxslar uchun: 100 mln. soʻm
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
Moliya vazirligi kompensatsiya: 8% (mahsulotni tannarxidan kelib chiqib kamayadi)
Yuridik shaxslar uchun: 5 mlrd. soʻmgacha
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
Moliya vazirligi kompensatsiya: 5% (mahsulotni tannarxidan kelib chiqib kamayadi)
☎️+99871 202-80-08

🔘Asakabank:
Jismoniy shaxslar uchun: Vaqtincha toʻxtatilgan
Yuridik shaxslar uchun: Loyihaning 70 % oshmagan qismi
Muddati: 3 yil
Yillik foiz stavkasi: 21%
+99878 147-65-65

🔘Turonbank:
Jismoniy shaxslar uchun: 60 mln. soʻm
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 25%
Yuridik shaxslar uchun: Cheklanmagan
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 21%
☎️+99878 150-20-24

🔘Milliy bank:
Jismoniy shaxslar uchun: 60 mln. soʻm
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 20-22%
Yuridik shaxslar uchun: 3 mlrd. soʻmgacha
Muddati: 5 yil
Imtiyozli davri: 6 oygacha
Yillik foiz stavkasi: 21%
☎️ +99878 147-15-38

🔘Hamkorbank:
Jismoniy shaxslar uchun: 66 mln. soʻm
Muddati: 7 yil
Yillik foiz stavkasi: 18-24%
Yuridik shaxslar uchun: Cheklanmagan
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
☎️+99878 150-91-25

🔘Ipak yoʻli bank:
Jismoniy shaxslar uchun: 80 mln. soʻm
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
Yuridik shaxslar uchun: 10 mlrd. soʻmgacha
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
☎️ +99878 140-78-00

🔘Universalbank:
Jismoniy shaxslar uchun: 100 mln. soʻmgacha
Muddati: 3 yil
Yillik foiz stavkasi: 18%
Yuridik shaxslar uchun: 1 mlrd. soʻmgacha
Muddati: 3 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
☎️ +99878 150-39-90

🔘Infinbank:
Jismoniy shaxslar uchun: 50 mln. soʻmgacha
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 24%
Yuridik shaxslar uchun: 1 mlrd. soʻmgacha
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 23%
☎️ +99871 202-50-60

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter