PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Iftorlik

Ramazon-saxovat oyi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023 yil 13 mart kuni Surhondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida muborak Ramazon oyi davomida Piskent tumani mahallalarida iftorlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun "Mandarin" to‘yxonasida 1-sektor hududida joylashgan Bekobod mahallasi aholi vakillari uchun 100 kishilik iftorlik tashkil etildi. Tuman hokimligi, “Mahalla" hayriya jamoat fondi tomonidan yozilgan iftor dasturxoni atrofida asosan mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila a’zolari, faol xotin-qizlari va nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.

Tuman jome’ masjidi imomi A.Malikov Qur'on qilovat qilib, savobini olamdan o‘tganlarga bag‘ishladi, yurtga tinchlik, elga xotirjamlik tilab duolar qildi.

Bunday iftorliklar Piskent tumanidagi 4 ta sektorda, 29 ta mahallada tashkil etish rejalashtirilgan.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Музаффар Джалалов, Тошкент шаҳридаги ИНҲА университети ректори:

— Ҳар қандай муваффақият тарихи бу — сифатли таълимдир. Ёшларимиз олий маълумот олишлари учун кенг имкониятлар бор. Биргина мисол, 5 йил олдин университетлар сони 60 тадан сал кўпроқ эди, ҳозирда 210 тадан ошди. Нодавлат ва хусусий университетлар ҳам очилди. Уларда ҳам давлат грантлари ажратиладиган бўлди. Муҳими, профессор-ўқитувчилар мажбурий ишларга жалб қилинмаяпти. Шу каби ислоҳотларга мен #befarqemasman!

@menbefarqemasman
#Oziq_ovqat_xavfsizligi

1000 gektardan ortiq maydonga sabzavot ekilmoqda

Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida Piskent tumanida ertaki sabzavot ekinlari ekilmoqda.

Piskent tuman hokimi o‘rinbosari S.Tulepov xo‘jaliklarda bo‘lib, ekish ishlari sifatini nazorat qildi. Bugungi kunda tumandagi 68 ta sabzavotchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari hamda 120 ta dehqon xo‘jaliklari tomonidan 400 gektar maydonga sara kartoshka ekilmoqda. Natijada 8 ming 800 tonna kartoshka yetishtiriladi. Bundan tashqari, 680 gektarga sabzi, piyoz, sholg‘om, karam, gulkaram, pomidor va bodring, ko‘katlar joylashtirildi.

Tuman aholisi ehtiyojidan ortgan sabzavot ichki bozorlarga yo‘naltiriladi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Korrupsiya_illat

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish zarur

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi deputatlari ishtirokida korupsiya holatlarining oldini olish masalalari muhokama etildi.

Korrupsiya jamiyat illati, u bor joyda sog‘lom raqobat va rivojlanish bo‘lmaydi. Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ana shu masala kun tartibidan o‘rin oldi.

Yig‘ilishda tuman hokimi Nodirbek Yakubov, sektor rahbarlari, deputatlar ishtirok etdi. Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Umarov so‘zga chiqib, o‘tgan davr mobaynida poraxo‘rlikka qarshi tuman Adliya bo‘limi va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kengashga hisobot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Befarqemasman

Конституцияда давлатнинг ўқитувчилар шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилиш, уларнинг ижтимоий ва моддий фаровонлиги, касбий жиҳатдан ўсиши тўғрисида ғамхўрлик қилиш мажбурияти кучайтирилмоқда.

Бу қоидалар мамлакатимиздаги 700 мингдан ортиқ ўқитувчиларнинг профессионал ўсиши ҳамда ижтимоий ва моддий қўллаб-қувватланиши уларнинг жамиятдаги ижтимоий мақоми, обрўсини янада оширишга хизмат қилади.

Мен миллат фарзандлари таълим ва тарбияси учун масъул Устозларимизни жамиятимизнинг энг обруйли инсонлари бўлишини, улар фақат ва фақат манашу шарафли вазифа билан банд бўлишларини, бунинг учун давлат уларга муносиб шарт-шароитлар яратиб беришини ҳуқуқий асослари Конституция даражасида акс этишини олқишлайман!

Миллатимизнинг интелектуал салоҳияти бевосита устозларимиз фаолиятига боғлиқ.

Мен миллат келажагига бефарқ эмасман.

Сиз ҳам бефарқ бўлманг!

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Ekologik_aksiya

Bugun, 30-mart - “Butunjahon chiqindisiz kun” munosabati bilan Piskent tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan ekologik aksiyaga start berildi.

Aksiyada Ekologiya mas’ul tashkilotlar, Obodonlashtirish boshqarmasi, "Zangiota Obodon" MCHJ xodimlari qatnashmoqda.

Aksiyaning samarasini oshirish hamda tumanimizning ozoda hudud bo‘lishiga hissa qo‘shish maqsadida barcha Piskentliklarni “Chiqindisiz shahar”, “Chiqindisiz mahalla”, “Chiqindisiz ko‘cha” shiori ostida ekologik aksiyaga chaqiramiz.

Muborak kunlarda atrof-muhit pokizaligiga hissa qo‘shish ham savob, ham foydali amal bo‘lishi shubhasiz.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon - saxovat oyi

1-sektor Bekobod mahallasi fuqarolari uchun o‘tkazilgan iftorlik tadbiridan videolavha

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#2023_yil_1_apreldan

🔰 Maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish maqsadida:

🔹 yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni taʼmirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etiladi;

🔹 davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherik tomonidan ushbu binoning mazkur loyiha uchun bank kreditlari boʻyicha garovga qoʻyilishiga oid cheklovlar bekor qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Inson_qadri

Ramazon oyida xayrli ishlar davom ettirilmoqda

Piskent tumani rahbarlarining mahallalarda o‘rganishlari natijasida 4-sektor hududidagi Mustaqillik mahallasida ham yordamga muhtoj fuqarolar aniqlangan edi.

Tuman hokimi topshirig‘i asosida ushbu fuqarolarning ham muammolari bartaraf etilmoqda. Jumladan, Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqarolar M.Axmedova hamda yolg‘iz keksa Q.Bo‘tayev, Do‘stlik ko‘chasida yashovchi R.Komilov xonadonida 4-sektor rahbari homiyligida savobtalab fuqarolar, obodonlashtirish bo‘limi ishchilari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan yordam ko‘rsatildi. Uy-joylari ta’mirlab shart-sharoitlari yaxshilab berildi. Ichimlik suvi bilan bog‘liq muammosi hal etildi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi