PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Investitsiya
#Eksport

Piskent mahsulotlari dunyoning 10 dan ortiq mamlakatiga yetib bormoqda

Yurtimizda so‘nggi yillarda tadbirkorlik faoliyatining ishonchli himoyasi yaratilib, qulay investitsiya muhiti shakllandi. Natijada yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jahon bozoridagi mavqei ortib, haridori ko‘payib bormoqda.

Birgina Piskent tumani misolida, so‘nggi 5 yilda tumanning eksport ko‘rsatkichlari 14 barobarga, kiritilgan xorijiy investitsiya miqdori 2018 yilga nisbatan 27 barobarga ortganligini ko‘rish mumkin.

2018 yilda tumanimizdan dunyo bozoriga 1,2 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, joriy 2023 yilning 10 oyida eksport hajmi 15 million dollarga yetdi.

So‘nggi 3 yil davomida ishga tushgan investitsiya loyihalari bugun yiliga 7 mln dollar eksport qilmoqda. 2018 yilda tumanda eksportyorlar soni 3 nafar bo‘lsa, ular soni hozir 12 nafarni tashkil etadi. “Made in PISKENT” nomi ostida 11 ta davlatga eksport qilinmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Investitsiya #Infografika

Toshkent viloyatida 2023-yilda ishga tushirilgan va istiqboldagi yirik investitsiya loyihalari hamda kiritilgan xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida maʼlumot

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ичимлик суви, қишлоқ хўжалиги ва соғлиқни сақлаш соҳаларида халқаро молия институтлари иштирокида амалга оширилаётган лойиҳалар ижроси кўриб чиқилди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве рассмотрен ход проектов, реализуемых с участием международных финансовых институтов в сфере питьевого водоснабжения, сельского хозяйства и здравоохранения.

#Mirziyoyev #yigilish #loyihalar #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Samarali_hamkorlik
#Investitsiya

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Piskent tumani delegatsiyasi tomonidan jami 346 million dollarlik shartnoma va memorandumlar imzolanmoqda. Bu yangi zavod va korxonalar barpo etilib, yangi ish oʻrinlari yaratiladi demakdir.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Samarali_hamkorlik
#Investitsiya

Piskent tumani delegatsiyasi tomonidan 346 million dollarlik shartnoma va memorandumlar imzolanmoqda. Bu yangi zavod va korxonalar barpo etilib, yangi ish oʻrinlari yaratiladi demakdir

Xitoy Xalq Respublikasida viloyatimiz vakillarining safari davom etmoqda. Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xizmat safari mobaynida Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov boshchiligidagi tumanimiz vakillari samarali natijalarga erishmoqda.

Jarayonlarda xitoylik investorlar va piskentlik tadbirkorlar jami 346 million dollarlik bitimlarga erishdi. Hozirga qadar 121 million dollarlik shartnoma va memorandumlar imzolangan boʻlib, xizmat safari yakuniga kadar yana 225 million dollarlik memorandum va kelishuvlar imzolanadi.

Shundan Investitsiya shartnomalari 29 million dollar:

Zongitan chemical MCHJ korxonasi bilan 20 million dollarlik investitsiya shartnomasi (Piskent tumanida ksontagenat va kremniy maxsulotlari ishlab chikarish).

“Abdullo Saxoba” MCHJ bilan Xitoyning Geng Sumec kompaniyasi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash omborxonasi tashkil etish loyihasi buyicha 5 million dollarlik shartnoma (Piskent tumanidan Sumec kompaniyasiga mosh, fasol mahsulotlarini eksport qilish koʻzda tutilgan).

“Shaxzod importing” MCHJ va Nyamchanh export import kompaniyasi oʻrtasida baliqchilik loyihasini tashkil etish boʻyicha 4 million dollarlik shartnoma (Piskent tumanida Shenchjen texnologiyasi asosida dengiz baliqlarini yetishtirish).

Eksport shartnomalari: 17 mln dollar:

Piskent tumanidagi “Saxovat broyler” korxonasi bilan Xitoyning Qinhe counting qiangneng kompaniyasi bilan tovuq panjalarini eksport qilish boʻyicha 5 million dollarlik eksport shartnomasi imzolandi.

“Shaxzod importing” MCHJ bilan Nanchyan export import kompaniyasi oʻrtasida 10 million dollarlik mosh va fasol, 2 million dollar xajmda jun mahsulotlari eksport qilish boʻyicha shartnomalar imzolandi.

Memorandumlar:

Shenchjen shaxridagi CGN kompaniyasi bilan Piskent tumanida boshlangʻich qiymati 75 million dollarlik quyosh energiyasi ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha memorandum imzolandi. CGN kompaniyasi vakillari 20-25-dekabr kunlari Piskent tumanida boʻlib, loyiha uchun qulay joy va biznes reja ishlab chiqish uchun ishchi guruh yuboradi. Xitoy tomoni ushbu loyihani 10-20 mVt kuvvatli bir necha hududga joylashtirish, bunda ishlab chikarish korxonalari, yirik elektr energiyasi istemolchilari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma qilish istagini bildirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hamkorlik
#Natija
#Investitsiya

Avval xabar berganimizdek,
Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuvi hamda Bochjou shahri tadbirkorlari bilan B2B va G2B formatidagi muloqotlari boʻlib oʻtdi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hamkorlik
#Natija
#Investitsiya

Avval xabar berganimizdek,
Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuvi hamda Bochjou shahri tadbirkorlari bilan B2B va G2B formatidagi muloqotlari boʻlib oʻtdi.


Nodirbek Yakubov xitoylik hamkorlarga Piskent tumanining geografik joylashuvi, iqlimi va investitsion salohiyati boʻyicha taqdimotini oʻtkazdi.

Bochjou shahri kimyo sanoati va farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan boʻlib, unda faoliyat olib borayotgan 234 ta yirik farmatsevtika kompaniyalari Xitoyning TOP 300 taligidan joy olgan. Shaharda bu yil 1,1 mln kvadrat metr maydonda giyohlar va dori vositalari savdo markazi ishga tushirilgan. Mazkur savdo maskaniga kuniga 50-60 ming odam tashrif buyurmoqda.

Bochjou shahri meri Chin Feng Yu xonim uchrashuv davomida Toshkent viloyati, xususan Piskent tumaniga juda katta qiziqish bildirib, bu masalada har ikki tomon uchun juda katta imkoniyat koʻrayotganligini taʼkidladi. Toshkent viloyatiga yaqin muddatlarda tashrif rejalashtirish va tadbirkorlardan iborat delegatsiya tuzish topshirigʻini berdi.

Uchrashuv yakuni boʻyicha Piskent tumani hokimi hamda Bochjou tadbirkorlari oʻrtasida 85 mln dollarlik kelishuv hamda memorandumlar imzolandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi