PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.41K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Shukuh

Bayram tantanalariga tuman hokimi Nodirbek Yakubov hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Nuroniylar bilan suhbatlashib, Navro‘z-sharqona yilboshida ezgu niyatlar aytildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍831🙏1
Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

🌱Yasharish va yangilanish ayyomi, ezgu orzular va oliy maqsadlar ibtidosi bo‘lgan Navro‘z o‘lkamizga qutlug‘ kelsin.

Umidbaxsh va xosiyatli kunlarda keksalarimiz yurtimizda faqat tinchlik, farovonlik hukm surishini, baxt va shodlik bilan salomatlikda bayramlar bayramlarga ulanishini tilab duo qilmoqdalar. Navro‘z asrlar osha ayyomni sog‘ingan ko‘ngillarning tilagida nuroniylarimiz duosida, bolalarning kulgusida yashamoqda.

Kelgusi Navro‘zga salomatlik va hamjihatlikda yetish barchamizga nasib etsin!

Yana bir bor ayyom muborak, azizlar!


Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍5🕊2🙏1
⭕️Live

Viloyatimizning maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Navroʻz tantanalari boshlanib ketdi.

Asosiy maydon tomoshasi amfiteatrda boʻlib oʻtmoqda. Bayramona bezatilgan maydonga sektor rahbarlari, faollar hamrohligida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev kirib keldi.

Bayram munosabati bilan shahar va tumanlar muhtasham pavilyonlar tashkil etishgan, asosiy maydonga odamlar bosh dosturni tomosha qilgani oshiqmoqda.

Umumxalq sayli rasmiy sahifalarimizda jonli efirga uzatilmoqda.

Jonli efir
🔹Facebook
🔹YouTube
👍9
#муносабат

Янги таҳрирдаги Конституция: оммавий ахборот воситалари фаолиятига аралашиш қонунга мувофиқ жавобгарликка сабаб бўлади

📌Охирги йилларда энг кўп ижобий ўзгаришлар рўй берган йўналишларнинг бири — ахборот соҳаси. Оммавий ахборот воситаларини қўллаб-қувватлаш, очиқлик ва сўз эркинлигини таъминлаш давлат сиёсати даражасига кўтарилди.

🔘Мамлакатимизда оммавий ахборот воситалари ва журналистларнинг самарали фаолият юритиши учун етарли шароитлар яратишга, мазкур соҳадаги муносабатларни тартибга солувчи қонунчиликни такомиллаштиришга алоҳида эътибор берилмоқда.

Батафсил 👉 https://bit.ly/40hO8fg

Анвар Эминов,
журналист


@olimlar_minbari
👍61