PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumani 11-maktabda kurash bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Бирор-бир шахснинг ўзига ва яқин қариндошларига қарши гувоҳлик беришга мажбур эмаслиги ҳақидаги норма конституцияга тўғри киритилган. Бошқа шахсларга нисбатан гувоҳлик масаласига келадиган бўлсак, Жиноят процессуал кодексининг 66-моддасида гувоҳ иш бўйича ўзига маълум ҳамма нарса ҳақида ҳаққоний сўзлаб бериши, саволларга жавоб қайтариши шартлиги белгиланган», — Олий Мажлиснинг Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси раиси Жаҳонгир Ширинов

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Bildirish

11-mart (shanba) — barcha xodimlar uchun ish kuni

Prezident farmoni bilan 11-mart shanba dam olish kuni 20-mart dushanba kuniga koʻchirildi. Shu munosabat bilan 11-mart, shanba kuni ish haftasi turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_nazorati

Viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan nuroniylardan iborat jamoatchilik ishchi guruhi Piskent tumanida ham bo‘ldi.

Ishchi guruh bahor mavsumida tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, qabristonlarni tozalash va obod qilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Shu bilan birga PQ-408-sonli qaror asosida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yaqindan o‘rganishdi.

Ta’lim maskanlarida ham bo‘lgan nuroniylar bahoriy bayramlar munosabati bilan uyushtirilgan sumalak saylida qatnashdilar. El-yurtga tinchlik, to‘kinlik tilab duolar qilishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Do'stlik mahallasida “Har bir yoshga bir nihol” aksiyasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda. Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Baynalminal ko'chasida yashovchi yoshlar ham o‘z uylariga mevali daraxt ko'chatlari o‘tqazishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Bugungi umumxalq hashari 18 mart kuniga qoldirilgan bo‘lsada, iliq ob-havodan foydalanib, mahallalarda aholi obodlik uchun tashabbus bilan ishlarni boshlab yubordilar.

Hashar doirasida Mingtepa mahallasi hududidan o‘tgan anhor va ariqlar tozalanmoqda. Mahalla faollari bemor insonlarni yo‘qlab, homiylarning xadyalarini yetkazib bermoqda. Bog‘bonlar esa tok novdalarini tarab, mavsumiy ishlarni boshlab yubordilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi