#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
“Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–21-son, 10.02.2023-y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga koʻra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:
🔹kichik tadbirkorlik subyektlari:
▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▫️mikrofirmalar – taʼsischilari jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
▫️kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
🔹 oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
🔹 yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlar.
🗓 2023-yil 1-apreldan:
🔸1 yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln soʻmgacha) qismi qoplab beriladi;
🔸daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi;
🔸 davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;
🔸 yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.
🔘 2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:
➖avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
➖paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.
☑️ Shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Muammo_izidan
Piskent tumanida chiqindilar bilan bog‘liq masala ko‘plab muhokamaga sabab bo‘lgan edi. Tuman hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi mas’ullari tomonidan “Zangiota obodon” MCHJning tumandagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Hozirgi vaqtda Bekobod MFY raisi bilan chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ommaviy shartnomalar tuzildi. Grafik asosida shanba kunlari xizmat ko‘rsatilmoqda.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги ерусти метросининг янги бекатлари ва трансформатор заводи билан танишди, пойтахт учун долзарб масалалар бўйича йиғилиш ўтказди;
- Давлатимиз раҳбарининг Жиззах вилоятига сафари тафсилотлари;
- Заминдан куч олаётган кучли аёл қиссаси.
Кўрсатувни бугун, 11 февраль куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.
Эртага, 12 февраль куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.
Facebook|Instagram|Twitter

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#bildirish
DIQQAT, EʼLON!
Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Toshkent viloyati hududida harakatlanayotgan bir qancha yoʻnalishdagi avtobus va mikroavtobuslarning qatnovi “FOOD CITY”gacha uzaytirildi.
Avtobus yoʻnalishlari:
344 “Oqqoʻrgʻon ASHB – Qoʻyliq dehqon bozori;
376 ”Yangibozor ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;
391 ”Boʻka dehqon bozori - Qoʻyliq dehqon bozori“;
426 ”Nurafshon ASHB-Oʻrtasaroy qoʻrgʻoni-Qoʻyliq deqon bozori;
428 “Piskent ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori;
444 ”Toshovul qishlogʻi - Qoʻyliq dehqon bozori“;
606 ”Doʻstobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori;
500 “Gʻishtkoʻprik” chegara blok posti - Qoʻyliq dehqon bozori”;
591 “Nurafshon ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
204 “Doʻstobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
251 “Bekobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
326 “Olmaliq ASHB-Chilonzor buyum bozori”.
Yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari (Mikroavtobuslar):
220-y.t. “Yangiyoʻl dehqon bozori - Viloyat shifoxonasi”;
265-y.t. “Qiziltogʻ q. - Qoʻyliq dehqon bozori;
276-y.t. “Chirchiq ASHB - Chirchiq davlat Pedagogika instituti - Qoʻyliq kiyim bozori”;
326-y.t. ”Olmaliq ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori“;
365-y.t. ”“Nazarovul” MFY. - Qoʻyliq dehqon bozori“;
367-y.t. ”Yangibozor ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;
369-y.t. ”Hasanboy qishlogʻi - Viloyat Markaziy shifoxonasi“
371-y.t. ”Jumabozor qoʻrgʻoni - Qoʻyliq dehqon bozori“;
391-y.t. ”Boʻka dehqon bozori - Qoʻylik dehqon bozori“;
396-y.t. ”Ohangaron dehqon bozori - Qoʻyliq kiyim bozori“;
422-y.t. “Yangihayot qoʻrgʻoni - Nurafshon ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
527-y.t. ”Chirchiq ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;
246-y.t. ”Yangiobod qoʻrgʻoni - Qoʻyliq kiyim bozori".
Qayd etilgan transport vositalari endilikda “FOOD CITY” orqali harakatlanadi.
Eslatib oʻtamiz, 12 ta yoʻnalishda 73 ta avtobus, 13 ta yoʻnalishda 221 ta mikroavtobus faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Kelgusida 25 ta yoʻnalishda 247 ta “Damas” rusumli yoʻlovchi tashuvchi transport vositalarining ham “FOOD CITY” orqali harakatlanishi choralari koʻrilmoqda.
Xabaringiz bor, 10-fevraldan boshlab “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi bir qator transport vositalarining harakati “FOOD CITY” savdo majmuasi avtoshohbekatiga uzaytirilgandi.
Olib borilayotgan barcha harakatlar — Qoʻyliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarning oldini olish va Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi yoʻl oʻtkazgich qurilishi hamda yoʻl-taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi bilan bogʻliq ekanligi maʼlum qilinadi.
Toshkent viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН |Расмий канал
Бинолар зилзилабардошлиги қандай мезонлар асосида аниқланади?
Асосий иш лойиҳа бош муҳандисининг масъулиятида туради ва у лойиҳа ишларини якунлагандан кейин экспертизага топширади. Давлат органи ҳисобланган экспертиза Қурилиш вазирлиги қошида фаолият юритади.
Батафсил 👉 https://bit.ly/3YtB85Y
Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/yuz_official

#Muammo_va_yechim
#Jarayon
Tuman hokimi o‘rinbosari B.Shermatov boshchiligida kommunal soha tashkilotlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda yechimini kutayotgan masalalardan bo‘lgan kanalizatsiya, ya’ni oqava suvlari muammosining yechimlari tahlil qilindi.
Ma’lumki, Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi jarayonida viloyat faollari bilan uchrashgan, xalqni qiynagan masalalar qatorida Piskentdagi kanalizatsiya muammosiga ham e’tibor qaratilgan edi. Natijada Davlat rahbarining tashabbusi bilan ushbu muammoni hal etish uchun aniq muddat va mablag‘ ajratildi.
Yig‘ilish davomida B.Shermatov ana shu muhim topshiriqlarning tumandagi ijrosini ta’minlash, 2023-2024 yillarda 17 km masofada kanalizatsiya tarmog‘ini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qamrab olinadigan mahallalar, tarmoq bitganidan keyin qamrab olinadigan hududlarni sarhisob qildi.

#Infografika
Toshkent viloyatidan bugungi kungacha Tashabbusli budjet jarayoniga mingga yaqin loyiha kelib tushgan
Tashabbusli budjet jarayoni 2023 yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 15 928 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (13 fevral 10:00 holatiga)
Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar Toshkent viloyatidan 998 ta loyiha "Ochiqbudjet"ga kelib tushgan.
Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda kiriting va ko‘plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida o‘z hissangizni qo‘shing!

Forwarded from PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish
2023 yil uchun birinchi «Tashabbusli budjet» jarayonlariga start berildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yilning dastlabki «Tashabbusli budjet» jarayonlari boshlanganini ma’lum qildi.
Fuqarolar 6 fevraldan 26 fevralga qadar o‘z takliflarini «Ochiq budjet» portaliga kiritishlari mumkin.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
2023 yil uchun birinchi «Tashabbusli budjet» jarayonlariga start berildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yilning dastlabki «Tashabbusli budjet» jarayonlari boshlanganini ma’lum qildi.
Fuqarolar 6 fevraldan 26 fevralga qadar o‘z takliflarini «Ochiq budjet» portaliga kiritishlari mumkin.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Muammo_va_yechim
#Jarayon
Do‘stlik mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida Davlatimimiz rahbarining 408-sonli qarori asosida amaliy ishlar boshlandi.
Mahallada suv muammosi uzoq vaqtdan buyon aholini qiynab, ko‘plab murojaatlar yo‘llangan. Muammoga yechim sifatida ushbu muammo PQ-408-sonli qarorga kiritilib, ichimlik suvi tarmog‘ini qurish uchun zarur mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Endilikda mahallaga ushbu 18,5 km masofada yangi suv tarmog‘i tortiladi. Ayni vaqtda loyiha hujjatlari tayyorlanib, qurilish ishlariga zarur ashyolar keltirilmoqda.

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov Navoiy mahallasi Furqat mavzesida bo‘ldi.
Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda eng avval ko‘p xonadonli uylarning zilzilabardoshliligi, isitish tizimi va boshqa jihatlarini ko‘zdan kechirdi. Aholi vakillari bilan muloqot qildi.
Ushbu uylarga Uy-joy kommunal bo‘limi qoshidagi "MMM servis boshqaruv" kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinadi. Ta’mirlash ishlari majburiy badal pullarining vaqtida to‘lanishi asosida bajariladi.
Muloqot davomida tuman rahbari shu va boshqa bir qator masalalarning yechimi, jumladan isitish va yo‘l ta’mirlash bo‘yicha fuqarolar bilan fikr almashdi.