PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.69K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

Piskent tumani hokimligida hududdagi tadbirkorlar va ishbilarmonlar, tegishli mutasaddilar ishtirokida tabiiy gaz, elektr energiyasi ta’minotini iqtisod qilish yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda tuman hokimi Nodirbek Yakubov anomal ob-havo sharoitida faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalariga yordam ko‘rsatish, bozorlardagi narx-navoni sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, elektr va gaz ta’minotini iqtisod qilish, muqobil energiya resurslariga oid masalalar muhokama qilindi. Mazkur davrda tadbirkorlarning kredit to‘lovlari va boshqa muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan fikr almashdilar. Tadbirkorlarning savollariga batafsil javob berildi.

Muloqotdan so‘ng o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from Maʼnaviyat yulduzlari
#Davra_suhbati

🔰Piskent tumani Xalq taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 2022 yil 3-oktyabrdagi 558-son qarorida hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-oktyabrdagi 309-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida "Inson huquqlari eng oliy qadriyat" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Piskent tumani boʻlinmasi

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/manaviyatyulduzlari
#Infografika

‼️ 2010 yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati – 31 mart

🔰 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

▫️2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
▫️2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
▫️2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
▫️2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

📌 Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

⚠️ Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

PISKENT TUMANIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA'MINLASH UCHUN SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINALARI TARQATILDI

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ta’ziya

Piskent tumani hokimligi jamoasi tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Muhabbatxon Qodirovaga opasi Naziraxon aya Soipova vafot etganligi munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Hokim tadbirkorlarning murojaatini joyiga borib tingladi

Piskent tumani hokimi N.Yakubov va tuman hokimi o‘rinbosari A.Manayev bugun Kultepa mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasi (KSZ) hududida bo‘ldilar. KSZda 3,6 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan 3 ta qiymati 44 mlrd. so‘mlik investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Shundan, "Berkut 0007 group" XK tomonidan 4,7 mlrd so‘mlik tekstil (otxod) mahsulotlarini preslash orqali qayta ishlash va eksportni yo‘lga qo‘yish natijasida 30 nafar ish o‘rni yaratilgan.

Tuman rahbarlari muloqot davomida tadbirkorlarning muammo va takliflarini tingladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Maktab issiqlik tizimidagi muammolar yechimi sektor rahbarlarining nazoratida

Ma’lumki, kecha 23 yanvar kunidan Piskent tumanidagi umumta’lim maktablari ta’tilni tugatib, o‘z faoliyatini boshladi. Ammo isitish tizimidagi nosozlik, quvurlarning muzlab yorilishi natijasida 6-maktabda darslar masofaviy (onlayn) shaklda o‘tilmoqda.

Maktabga borgan tuman hokimi N. Yakubov va IIB boshlig‘i L.Rahmatullayev, DSI rahbari J.Sayfiyev issiqlik ta’minotini tiklash va ta’mirlash ishlarini nazoratga oldilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Президенти Туркий давлатлар ташкилоти доирасидаги ташаббусларнинг амалга оширилишини кўриб чиқди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 24 январь куни Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти Ташқи ишлар вазирлари кенгашининг навбатдаги йиғилиши доирасида Тошкент шаҳрида бўлиб турган Туркий давлатлар ташкилоти Бош котиби Кубаничбек Омуралиевни қабул қилди.

📍 https://uza.uz/posts/447948

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе