PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.72K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sogʻliqni_saqlash

Anomal sovuq kunlarida barcha tibbiyot muassasalarining uzluksiz va barqaror ishlashi taʼminlanadi

Xabar qilinganidek, 10-15-yanvar kunlari yurtimizda anomal sovuq harorat kuzatiladi. Bunday ob-havo sharoitida tibbiyot muassasalarining barqaror va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar koʻrildi:

Tizimga qarashli davolash muassasalari uchun 13 ta qoʻshimcha dizel generatori xarid qilinib, joylarga yuborildi.

2 ta oilaviy poliklinika, 3 ta oilaviy shifokorlik punktida hamda viloyat shifoxonalar 250 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 10800 litr hajmli quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatiladi.

24 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar uchun 720 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi.

Texnik sabablarga koʻra, biror tibbiyot muassasasida generator ishlamay qolsa, zudlik bilan muammoni bartaraf etish maqsadida viloyatimizda kunu tun xizmat koʻrsatuvchi navbatchi generatorlar tashkil qilindi.

Anomal sovuq kunlarida tibbiyot muassasalari qay tartibda faoliyat koʻrsatadi?

23 000 nafardan ziyod shifokor va hamshiralardan iborat tibbiy brigadalar tomonidan, birinchi navbatda, homilador ayollar, bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yashaydigan xonadonlardan xabar olish, oʻz navbatida, “onlayn patronaj” xizmati koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Ambulator-poliklinika tizimidagi 1000 ga yaqin kunduzgi shifoxona oʻrinlarida uydan ajralmagan holda davolanish imkoniyati yaratiladi.

109 ta koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinika, 66 ta oilaviy shifokor punkti hamda 77 ta mahalla tibbiyot punkti aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Viloyat, tuman va shahar shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari odatdagi tartibda ishlaydi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali, tumanlardagi 30 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Viloyatimiz boʻyicha 224 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

20 ta tugʻuruq, 20 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

☎️ Toshkent viloyati Call-markazi (1103) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Toshkent viloyatida ertaga, 12 yanvar kuni faoliyatini boshlayotgan maktablar ro‘yxati

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari birgalikda maktablardagi issiqlik ta’minoti holati o‘rganib, faolitini boshlashga ruxsat berilmoqda.

Olmaliq shahr
i: 1-IDUM, 2, 3, 4, 5, 6-YOIM, 7, 8, 9, 10-maktablar;

Ohangaron shahri: 3, 4, 5, 6-maktablar;

Nurafshon shahri: 1-IDUM, 4-IDUM, 9-IDUM, 10, 13, 19, 25, 26, 32, 48, 57, 62, 73-maktablar;

Chirchiq shahri: 2, 3, 5, 7, 8, 9, 12, 15, 20, 21, 24, 26-maktablar;

Yangiyo‘l shahri: 3, 5, 6, 9, 10-maktablar;

Bekobod tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 10, 11, 12, 15, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 32, 34, 38, , 39, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 50, 51, 53, 54, 56,, 58, 59, 60-maktablar;

Bo‘ka tumani: 7, 8, 10, 12, 13, 18, 24, 26, 27, 29, 32-maktab, 33, 35, 36, 37, 40, 43, 50-maktablar;

Bo‘stonliq tumani: 7, 12, 13, 14, 19, 32, 39, 41, 42, 44, 49-maktablar;

Zangiota tumani: 5, 13, 14- IDUM; 16, 31, 32, 34, 35, 37, 40-maktablar;

Qibray tumani: 12, 16, 17, , 20, 22, 26, 31, 34, , 40, 48, 49-maktablar;

Quyi Chirchiq tumani: 6, 9, 13, 14, 15, 20, 23, 25, 26, 27, 29, 32, 34, 36, 38, 42, 43, 44, 45, 46 maktablar;

Oqqo‘rg‘on tumani: 2, 4, 7, 10, 12, 19, 25, 31, 36, 41, 42, 43, 45 maktablar;

Ohangaron tumani: 3, 8, 11, 12, 13, 14, 15, 17, 18, 19, 38, 47, 59 maktablar;

Parkent tumani: 2, 18, 21, 25, 27, 28, 31, 35, 39, 40 maktablar;

Piskent tumani: 2, 7, 13, 16, 17, 18, 21, 25, 30, 33, 39 maktablar;

O‘rta Chirchiq tumani: 5, 6, 27,29, 30, 34, 42, 67-maktablar;

Toshkent tumani: 3, 8, 11, 17, 18, 23, 24, 25, 27-maktablar;

Chinoz tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 15, 16, 19, 21, 22, 23, 24, 26, 34, 42-maktablar;

Yuqori Chirchiq tumani: 2, 3, 11, 12, 14, 15, 16, 18, 19-IDUM, 20, 21, 23, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36-maktablar;

Yangiyo‘l tumani: 27, 31, 42, 47, 48-maktablar.

Eslatib o‘tamiz, ertadan keyin faoliyatini boshlaydigan maktablarning to‘liq ro‘yxati hududlar kesimida soat 14:00 da viloyat hokimligining rasmiy veb saytiga yuklandi.

👉BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏫 Taʼlim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º С, o‘rtacha og‘ir ishda 17º С va og‘ir ishda 16º С dan past bo‘lmasligi kerak.

Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º С – 21º С, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak.

🔹Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.

❗️ Taʼlim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Jarayon

Tuman prokurori A.Jo‘rayev 2-sektor hududidagi umumta’lim maktablarida bo‘ldi.

Nazorat davomida Guliston mahallasidagi 33-maktabda issiqlik ta’minoti ham ko‘zdan kechirildi. Maktabda o‘quvchilar uchun issiq,yorug‘ sinfxonalar, yo‘llarning muzlamalardan xoli bo‘lishini ta’minlash uchun mas’ul rahbarlarga zarur ko‘rsatma berdi.

Ta’kidlash joizki, tumanda bugun kun davomida o‘rganilgan 11 ta maktabning barchasida energiya ta’minoti yetarli bo‘lib, bolalarning salomatligi va xavfsizligi uchun qo‘shimcha tadbirlar ham belgilandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳиндистон Республикаси Бош вазири Нарендра Модининг таклифига биноан 12 январь куни “Глобал Жануб овози” онлайн-саммитининг ялпи мажлисида иштирок этади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Республики Индия Нарендры Моди 12 января примет участие в пленарном заседании онлайн-саммита «Голос глобального Юга».

#Mirziyoyev #sammit #Hindiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Jarayon

Piskent tumani hokimi  Rahimjon Rixsiyev hududdagi ijtimoiy soha ob'ektlari, xususan, shifoxonalarda bemorlarga yaratilgan sharoit va isitish tizimlarining ahvolini shaxsan borib ko‘rdi.

Ayniqsa, tungi sovuq kuchaygan vaqtda davolash xonalariga kirib, shifokorlar va davolanayotgan insonlar bilan suhbatlashdi. Ularning murojaatlarini tingladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_qahramonlari

Xalq xizmatiga bel bog‘lagan obodonlashtirish xodimlari markaziy yo‘l va yo‘laklarlarni qordan tozalash ishlarini davom ettirmoqdalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ehson

Yurtimizdagi noqulay ob-havo sharoiti munosabati bilan Oybek mahallasi hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Piskent tumani Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan elektr bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida "Paxtakor"nimstansiyasi Do‘sbekov -10kV moyli o‘chirgichda profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, G‘ayrat mahallasiga elektr energiyasi yetkazuvchi tarmoqdagi nosozliklar aniqlanib, bartaraf etilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi