PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.69K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Bilasizmi

Piskent tumanida Lolaariq, Fayzobod, Oqtepa, Qirqqizobod, Zominovul va Oqtom mahallalari aholisi suyultirilgan gaz bilan ta'minlanadi.

📌Suyultirilgan gaz isteʼmolchilari jami 2048 tani tashkil etadi.                                    

🧯Ulardagi mavjud 2965 ta maishiy gaz ballonlarining 2941 tasi “Piskenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan foydalanishga topshirilgan. Qolgan 24  donasi esa aholining shaxsiy gaz ballonlarini tashkil etadi.

🚚 Joriy yilning boshidan hozirga qadar 238.740 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

Isteʼmolchilarning barchasiga ID-karta tarqatilib, maishiy gaz ballonlarga maxsus bar-kodli yorliqlar yopishtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент дзюдо бўйича жаҳон чемпионатида ҳамюртимиз Давлат Бобонов иштирокидаги финал баҳсини катта завқ ва қизиқиш билан кузатди.

Президент с большим интересом и волнением наблюдал за финалом чемпионата мира по дзюдо с участием нашего соотечественника Давлата Бобонова.

Facebook|Instagram|Twitter
#Dayjest

Yaqinda viloyat hokimi raisligida hududdagi xalq taʼlimi tizimi faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan muloqotda tizimdagi kamchiliklar roʻy-rost bayon etilib, ayrim XTB mudirlari va maktab direktorlarini lavozimidan ozod etish tavsiya qilindi.

Bugun taʼlim muassasalarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etib, taʼlim sifatini oshirish masalalariga bagʻishlangan muhokamalar boʻlib oʻtmoqda. Quyidagi dayjestimiz shu haqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. 34-umumtaʼlim maktabi direktori oʻrinbosari taʼlimni isloh qilish borasida oʻz taklifini bildirdi.

🔘Olmaliq shahri. Hokim oʻrinbosari va Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri raisligida 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi.

🔘Piskent tumani. Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Otabek Sultonbekov tumandagi maktablarda boʻlib, taʼlim samaradorligi, bitiruvchi yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari, pedagog kadrlar salohiyati va maktablarning reyting darajasini tahlil qildi.

🔘Bekobod tumani. 21-maktabning oʻquv tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari taʼlim muassasasini qizil toifadan chiqarishga harakat boshlanganini aytdi.

🔘Angren shahri. 40-umumtaʼlim maktabi direktor oʻrinbosari taʼlim masalalariga bagʻishlangan yigʻilish yuzasidan munosabat bildirdi.

🔘Qibray tumani. Hudud rahbari boshchiligida oʻtgan yigʻilishda oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichlari aniq raqamlar asosida tahlil qilinib, ayrim rahbarlarga ogohlantirish berildi.

🔘Toshkent tumani. 12 va 22-umumtaʼlim maktabi direktorlari omma oldida taʼlim sifatini koʻtarishga vaʼda berishdi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri rahbarligida mavjud vaziyat tahlil qilinib, oliy taʼlimga kirish darajasi eng past boʻlgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Dushanba – hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganilib, muhokama qilinadigan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kun sifatida belgilangan. Qisqa xabarlarda olib borilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

🔘Boʻka tumani. Nizomiddin Abbosov rahbarligida ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ishsiz ayollar bandligini taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida 21 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi.

🔘Ohangaron tumani.Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi 100 nafar xotin-qizlar uchun sayohat tashkil etildi.

🔘Ohangaron shahri. 100 nafar xotin-qizlarYangi Oʻzbekiston” bogʻida bo‘lishdi.

🔘Zangiota tumani. Oʻrta ovul” hududida hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlar madaniy hordiq chiqarishdi.

🔘Qibray tumani.Temir qadam-Artikova Shohista” fermer xoʻjaligi rahbari Shohista Artikova imkoniyatlardan unumli foydalanib, yiliga 250 mln. soʻm daromad olmoqda.

🔘Parkent tumani. “Boyqozon” mahallasidagi imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi.

🔘Boʻstonliq tumani. 14 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi.

🔘Piskent tumani. Tekstil korxonasi 800 ta ayolga ish taklif etdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Keksalar va ayollar Samarqandga sayohat qilishdi.

🔘Chinoz tumani.Oʻrinboy hoji” fermer xoʻjaligi dala shiyponida “Xalqaro qishloq ayollari” kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Hokim o‘rinbosari jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
#Hayrli_tong

Dunyoda hech narsa insonga o‘z o‘y-fikrlarichalik ta’sir ko‘rsatolmaydi. Shunday ekan, faqat yaxshiliklarni o‘ylang, yaxshiliklarni izlang, yaxshiliklarga intiling va boridan baxt yaratishga harakat qiling!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллаларни обод қилиш ва “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида амалга оширилган ишлар ҳамда келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по проделанной работе и дальнейшим приоритетным задачам в области благоустройства махаллей и реализации общенационального проекта «Яшил макон».

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashabbusli_budjet
#Natija

To‘maris ko‘chasini asfalt qilish ishlari boshlandi

Oybek mahallasi To‘maris ko‘chasida yashovchi fuqarolarni ancha vaqtdan buyon yo‘llarning ta'mirtalabligi qiynab kelayotgan edi. Mahalla ahli muammolariga yechim sifatida “Tashabbusli budjet”da qatnashishni ma'qul ko‘rdilar. Budjetlashtirish jarayonlarida faol qatnashib, ko‘chaga lotoklar o‘rnatish va asfalt yotqazish uchun 990 mln so‘mlik loyihada g‘olib bo‘ldilar.

Bugun To‘maris ko‘chasini asfalt qilish ishlari boshlab yuborildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллаларда тизимли муаммоларни ҳал қилиш бўйича видеоселектор йиғилиши бошланди.

Тадбир аввалида бошланган ислоҳотлар, амалга оширилаётган лойиҳаларнинг барчаси инсон қадрини таъминлаш орқали аҳолини рози қилишга қаратилгани яна бир бор таъкидланди.

Жорий йилги дастурлар доирасида 4 100 та маҳаллани обод қилиш, боғча, мактаб, соғлиқни сақлаш, сув, электр, канализация билан боғлиқ муаммоларини ҳал қилишга бюджетдан қарийб 29 триллион сўм маблағ ажратилгани кўрсатиб ўтилди. Бунинг натижасида:

- 434 та маҳаллада ички йўллар таъмирланди;

- 672 та маҳаллага ичимлик суви тармоғи тортилгани ҳисобига, 1,5 миллион аҳоли илк бора тоза ичимлик суви билан таъминланди;

- жорий йилда 2 мингдан ортиқ маҳаллага хизмат қиладиган 34 та янги мактаб ишга туширилди, 338 таси реконструкция қилиниб, 360 таси таъмирланди. Буларнинг ҳисобига 78 мингта янги ўқувчи ўринлари яратилди;

- жойларда 580 та трансформатор, 20 минг километр тармоқлар янгиланиб, 413 та маҳалладаги 1,5 миллион нафар аҳолининг электр таъминоти яхшиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Аҳолини рози қилиш бўйича ҳали олдимизда кўплаб вазифалар турибди” – Президент.

Давлатимиз раҳбарининг топшириғига мувофиқ ҳудудларга ишчи гуруҳлар юборилиб, улар 9 370 та маҳалланинг ҳар бирига кириб, аҳолининг кайфиятини ўрганиб, уни қийнаётган муаммолар рўйхатини шакллантирди.

Аҳоли томонидан йўл, ичимлик суви, суғориш тизими, электр, таълим ва тиббиёт билан боғлиқ 12 мингта масала ва таклиф кўтарилган.

Барча ҳоким ва вазирлар эшитиб олсин. Президент сиёсати ва талаби шундай: ҳеч бир фуқаро ўзининг муаммолари билан ёлғиз қолмаслиги керак. Аҳоли кайфияти – ислоҳотларимиз ва сиёсатимизнинг кўзгуси.

Катта-кичик бўладими, аҳолимиз кўтарган ҳар бир муаммога ўз вақтида муносабат билдириш, уларни босқичма-босқич ҳал қилиш барча даражадаги раҳбарларнинг энг устувор вазифаси бўлиши шарт ва зарур
”, деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter