PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.41K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Xonatlas
#Chellenj

Qadriyatlar o‘zlikni anglash, yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab “Xonatlas” chellenjiga start berilishi ko‘rkam va bebaho liboslarimiz yana o‘zbek ayollarning sevimli libosiga aylanishiga turtki berdi.

Bugun Piskentning faol xotin-qizlari ham sandiqdan atlas ko‘ylaklarini oldilar. Yarashtirib, ko‘rganlarning ko‘zini qamashtirib, ko‘chalarni kezdilar. Avtobusda shahar aylanib, bu libosni faqat bayramlarda emas, oddiy kunlarda ham kiyish mumkinligini ko‘rsatib berdilar.

“Xonatlas” festivaliga aylangan chellenjga maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar o‘qituvchilari, tashkilot xodimlari, mahalla faollari ham qo‘shildilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
4🔥1👏1
#Rasmiy

Shavkat Joʻrayevich Rahimov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida faollar yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Yigʻilishda Shavkat Joʻrayevich Rahimovni Toshkent viloyati prokurori sifatida tanishtirildi.

Shavkat Rahimov 1996-yildan buyon prokuratura organlarida faoliyat yuritib keladi. U 2011-yil mart oyidan boshlab Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Majlisda Nigʻmatilla Yoʻldoshev viloyatda qonun ustivorligini taʼminlash borasidagi mavjud vaziyat haqida tanqidiy-tahliliy nutq so'zladi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
⚡️Dayjest ⚡️Maktabgacha taʼlim

Toshkent viloyatida 212 ming 851 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud boʻlib, ayni damda ularning 65 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Bugungi qisqa xabarlarimizda Toshkent viloyati maktabgacha taʼlim tizimidagi yangiliklar!

🔘Toshkent tumani. “Istiqbol” mahallasida yangi oilaviy bogʻcha bolajonlarga eshik ochdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni“ bayram tantanalari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Joriy yilda 5 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ evaziga maktabgacha taʼlim tashkilotlari mukammal va joriy taʼmirlandi. Qamrov darajasi 76 foizdan oshdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. "Xalqabod“ mahallasida qarovsiz ahvolda yotgan qishloq vrachlik punkti oʻrnida zamonaviy 90 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qad rostladi.

🔘Piskent tumani. Tumanning eng olis, chegara hududlarida ham tadbirkorlarning tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilmoqda. Natijada tumanda joriy yilda qamrov darajasi 75 foizga yetkazildi.

🔘Chirchiq shahri. Yangitdan bunyod etilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan maktabgacha taʼlim muassasalarining qurilishi jarayonlari rahbarlar tomonidan nazorat qilinmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. ”Men va mening doʻstlarim“ mavzusida hududlarda bolajonlar bilan seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

🔘Bekobod tumani. Oʻtgan 9 oy davomida tumanda 150 oʻrinli 6 ta oilaviy MTT tashkil etildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari "Xon atlas“ chellendjida faol ishtirok etmoqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. 1-sonli MTTda muassasa xodimlari tomonidan ”Zumrad va Qimmat" ertagi sahnalashtirildi.

🔘Ohangaron tumani. 2021-2022-yillar mobaynida Ohangaron tumanida jami 30 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilди. Shu yillar mobaynida 29 ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti barpo etilib, ularning umumiy soni 52 taga yetkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
👍4
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍3
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axboroti

So‘nggi vaqtlarda fuqarolardan Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha ayrim masalalarga oydinlik kiritish maqsadida murojaatlar ko‘payganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatini amalga oshirishda milliy manfaatlarga, asosiy tamoyillar sanaluvchi, jumladan, ochiqlik, teng huquqlilik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi ustuvorliklarga doimo sodiqdir.

O‘zbekiston mavjud vaziyatni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun shartlarni imkon qadar tezroq ishlab chiqish tarafdoridir.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari sonining ko‘payishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning mamlakatimizda bo‘lish masalasi, shuningdek, ehtimoliy ekstraditsiya qilinishi O‘zbekiston qonunchiligi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini qayd etamiz.

Shu bilan birga, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilib yuborilmaydi.
JORIY YILDA 118 NAFAR PISKENTLIKLAR MUBORAK ZIYORATNI ADO ETADI

🔰Batafsil o‘qish

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
PISKENT TUMANI PENSIYA JAMG‘ARMASI BO‘LIMI BOSHLIG‘I A. ASQAROV TUMAN AHOLISIGA MUROJAAT QILDI.

🔰Batafsil o‘qish

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍3
⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga 1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram.

Shu sabab bugun barcha xodimlar qonuniy tartibda belgilangan huquqidan foydalanishga haqli.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍5👏1
#Shukuh

O‘qituvchi va murabbiylar kuni  arafasida tumanimizda bayram  shukuhi kezmoqda.

Tuman hokimligi Tashkiliy  kadrlar guruhi rahbari Shahboz To‘raboyev Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Hayot Rashidov hamda  IIB YHXB boshlig‘i Qodir Isakov birgalikda maktablarda bo‘lib,  ustozlarni bayram bilan  qutlamoqda.

Sizchi, ustozingizni bayram  bilan tabrikladingizmi?

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍8👏2
#Shukuh

1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Musiqa va san’at maktabida bayram tadbiri tashkil etildi. Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xalq ta’limi bo‘limi hamkorlikda tashkil etilgan tadbirga faxriy ustozlar taklif etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍8🎉2👏1