PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashabbusli_budjet
#Natija

Haydovchilar atigi 1 yil avval lavhadagi yo‘ldan yurishga bezillardi. Kultepa mahallasining kirish qismidan to oxirigacha yo‘llar ta’mirga muhtoj edi.

Budjetlashtirishda jamoatchilik ulushining ortishi, "Tashabbusli budjet" jarayonining ommalashishi mahalla ahlida muammolariga yechim topishda katta imkoniyat bo‘ldi.

2022 yilda Kultepa aholisi birdamlik bilan ovoz berib,  "Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsumida  ichki ko‘chalarni ta’mirlash uchun 1 mlrd so‘mlik loyiha, 2-mavsumida esa 1 mlrd 200 mln so‘mlik loyiha bilan g‘olib bo‘lishdi.

Birdamlikning kuchini ko‘rgan mahalladoshlar bu bilan cheklanib qolishmadi. Yana bir imkoniyat bo‘lgan "Mening yo‘lim" loyihasida ham qatnashishdi. Ta’mirtalab ahvoldagi Istiqlol ko‘chasini asfaltlash uchun yana 767 million so‘m qo‘lga kiritildi.

Ayni vaqtda mahallada asfaltlash ishlari hamda piyodalar yo‘laklari qurilishi olib borilmoqda. Birlashgan o‘zar, degan maqolning isboti bo‘ldi bu.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

Assalomu alaykum, hurmatli OAV xodimlari va blogerlar, kanalimiz kuzatuvchilari!

Men Behzod Qobulov bugun, shu daqiqadan eʼtiboran Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi lavozimiga toʻlaqonli kirishdim.

Tayinlovdan keyingi oʻtgan toʻrt kun ichida Zoyir Mirzayevning topshirigʻi bilan blogerlar, ayrim markaziy nashrlarning rahbarlari, muxbirlik punkti mutasaddilari, muxbirlari, viloyat boshqarma, tashkilot va korxonalarining matbuot kotiblari, hududiy bosma nashrlarning muharrirlari, shahar va tumanlar hokimlarining axborot siyosati boʻyicha maslahatchilari bilan alohida-alohida gaplashib oldik.

Bu muloqotlar davomida hamkorlik mexanizmi kelishildi, ish uslubimizni tahlil qildik. Yangi ishimizni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha takliflar olindi.

Oʻz navbatida, AOKA Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi, “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati jamoasi bilan muloqot qilib, oldimizda turgan vazifalarni birgalikda muhokama qildik.

Dastlab ish uslubimizga bugundan eʼtiboran ikkita muhim oʻzgarish kiritdik:

1) Hokimliklar faoliyati, sohalar va tarmoqlar boʻyicha eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga bundan buyon viloyat hokimligi axborot xizmati jamoasi shaxsan joyiga chiqqan holda video munosabat bildiradi. Bundan buyon har qanday OAV va blogingda eʼlon qilingan tanqidiy materiallar tegishliligaga koʻra, viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari bilan hamkorlikda fuqarolar manfaaati nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Shu maqsadda axborot xizmati negizida uchta mobil guruh tashkil etildi.

2) Toshkent viloyati hokimligi matbuot oilasi oʻz kontentlarini lotin grafigiga asoslangan oʻzbek alifbosida uzatishni boshlaydi. Bunday qarorga kelishimizga sabab, aholining katta qismini tashkil etuvchi yoshlar rasmiy axborotlarni oʻziga qulay yozuvda oʻqiydi. Yoshlar auditoriyasi kengroq qamrab olinadi. Oʻz navbatida, 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran majburiy tarzda barcha davlat tashkilotlari lotin yozuviga oʻtkazilishi ham inoabatga olindi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda viloyat hokimi raisligida matbuot sohasiga oid kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtadi. Unda tizimning barcha muammolariga eʼtibor qaratiladi. Ayni paytda yigʻilish kun tartibi shakllantirildi, muloqotlar davomida olingan takliflar umumlashtirilmoqda.

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook I Twitter
#Xirmonga_baraka

PISKENTDA 4-MAVSUM KUZGI PILLA MAVSUMI QIZG‘IN PALLAGA KIRDI

Bu samarali usul nafaqat  “kumush tola” xirmoni yuksalishiga, balki kasanachilik orqali ishsiz aholining doimiy daromad manbaiga ega  bo‘lishiga ham zamin yaratmoqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum

PAXTA XIRMONI YUKSALMOQDA

Hududlarda paxta terimi avj pallaga kirdi. Terimga start berilgan kundan boshlab o‘tgan qisqa muddatda paxtakor fermerlar tomonidan qariyb 8 yarim ming tonnalik xirmon bunyod etildi.Hosilni terish punktlariga yetkazish uchun 140 ta texnika vositalari jalb etilgan.

"Navoiy" hududidan "Madaminbek", "Jahongir" fermer xo‘jaligi paxtakorlari,"Ohunboboyev" hududi yer egalari "Ulug‘bek Piskent agro", "Mirzahmedov Sobit" fermer xo‘jaliklari qabul punktlariga har kuni 20 tonnagacha sanoatbop xomashyo topshirmoqda.

Daladagi hosilni yig‘ib olishda 107 ta terim otryadida 10 minglab ko‘ngilli terimchilar yordam bermoqda. Paxtazorda ular uchun zarur shart-sharoit, ichimlik suvi, issiq ovqat, belgilangan 1500 so‘mdan terim puli, olisdan qatnovchi terimchilar uchun transport va yotoq joylari tayyorlangan.

Joriy yilda tumanda 23 ming 885 tonna "oq oltin" xirmoni bunyod etish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish holatlari, shuningdek, ovqatdan zaharlanish kabi favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi nohush holatlarning oldini olish maqsadida, tuman hududida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dayjest ⚡️Yo'lsozlik

🔘Toshkent viloyatida jami 14 ming 157 km avtomobil yoʻllari mavjud boʻlib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari – 3 ming 955 kmni, ichki xoʻjalik yoʻllari, shaharlar va qishloq aholi punktlari koʻchalari – 10 ming 202 kmni tashkil etadi. Shundan 5 ming 262 km qismi taʼmirtalab holatda.

🔘Viloyatda 2022-yilda 1173,8 mlrd. soʻm mablagʻ hisobidan 1063,8 km uzunlikda avtomobil yoʻllari va ichki koʻchalarni qayta qurish va taʼmirlash rejalashtirilgan.

🔘Toshkent tumani. “Mening yoʻlim” loyihasida gʻolib deb topilgan tashabbusga muvofiq "Bunyodkor" mahallasining Zarbuloq koʻchasiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. "Kushek" MFYdagi "Qumariq" qabristoniga kirish yoʻlida asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

🔘Qibray tumani. "Yangiyoʻl" mahallasi "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-mavsumida eng koʻp ovoz yigʻdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ayni kunlarda tumanning chekka hududlari boʻlgan "Qoʻrsoy", "Qangli", "Buloqboshi" mahallalarining ichki koʻchalarida Andijon tajribasi asosida beton qorishmalari yotqizilmoqda.

🔘Bekobod tumani. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 23 ta qishloq va 3 ta mahalla tanlab olingan.

🔘Olmaliq shahri. Hududda barcha manbalar hisobidan 2022-yil yaunigacha 21.75 km ichki yoʻl taʼmirlanishi rejalashtirilgan.

🔘Piskent tumani. 2022-yilda "Kultepa" aholisi "Tashabbusli byudjet" loyihasining 1-mavsumida ichki koʻchalarni taʼmirlash uchun 1 mlrd. soʻmlik, 2-mavsumida esa 1 mlrd. 200 mln. soʻmlik loyiha bilan gʻolib boʻlishdi.

🔘Bekobod shahri. 4-sektor hududiga qarashli Alisher Navoiy MFY Jaloliddin Manguberdi koʻchalarini zamonaviy va talab darajasida asfaltlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi.

🔘Boʻstonliq tumani. "Qoʻshqoʻrgʻon" mahallasidagi Sadaf, Jasorat, Qorasuv koʻchalarining jami 1960 metri shagʻallashtirildi.

🔘Chirchiq shahri. "Ishonch" mahallasi hududidagi ichki yoʻllar "Tashabbusli byudjet" loyihasiga asosan taʼmirlanmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони


📍https://uza.uz/uz/posts/411530

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌