PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Murojaat_va_natija

Birlik mahallasi Gulshan massividagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan tom qismidan chakka o‘tganligi haqida murojaat yo‘llangan edi.

Tuman Uy-joy kommunal bo‘limi rahbari U.Ermatov va BSK tomonidan tomning zararlangan qismi (va sliv) ta’mirlandi. Shu bilan birga aholining is gazidan zaharlanishining oldini olish, nosoz elektr jihozlaridan foydalanmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid
#Murojaat

Piskent tumani Bekobod mahallasida suv quvuri yorilib, yo‘lning qatnov qismiga toshib ketgan. Ham suv isrof bo‘lmoqda, ham yo‘lovchilarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Tuman Suv ta’minoti korxonasining holatni bartaraf etishi nazoratga olinadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Murojaat_va_natija

Suvti mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 109-uyda yashovchi Aziza Xolboyeva 24 mart kuni Piskent tumani hokimi qabuliga yordam so‘rab kelgan edi.

Turmush o‘rtog‘i 7 yil avval vafot etgan, ikki farzandini yolg‘iz ayol boshi bilan tarbiyalashga qiynalgan ayol tuman rahbaridan bolalar nafaqasi uchun yordam so‘ragan edi. A.Xolboyevaning murojaati tuman hokimi va mas’ullar bilan birga o‘rganib chiqildi.

Bugun tuman hokimi ushbu xonadonga kelib, oilaning holidan xabar oldi. Yashash uchun sharoit yaxshi emasligi sababli harbiy xizmatchilar va Obodonlashtirish bo‘limi ishchilari ko‘magida hovlisi tartibga keltirib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga A.Xolboyevaning o‘zini band qilib, daromad topishi uchun tikuv mashinasi ham beriladigan bo‘ldi.

-So‘raganimizdan ham ortiq yordam berishdi, shunchalik qadr qilishganiga ming rahmat, deydi A.Xolboyeva ko‘zida yosh bilan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanqid
#Murojaat

2022 yilda Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida og‘ir hudud sifatida ichimlik suvi, yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilgan, qish mavsumida ko‘mir muntazam yetkazib berilgan. Yo‘llarni shag‘allashtirish muammosi ham tegishli korxona mutasaddilari tomonidan oxiriga yetkaziladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Murojaat_va_natija

Yangiobod mahallasida aholi murojaatlari ijobiy hal etilib, yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlar tuman elektr tarmoqlar korxonasi xodimlari tomonidan yangi beton ustunlarga almashtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Murojaat_va_natija

Tuman hokimi o‘rinbosari S.Tulepov G‘ayrat mahallasi Yangihayot ko‘chasida yashovchi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi.

G‘ayrat mahallasida istiqomat qiluvchi N.Parmonovaga uyini ta’mirlash uchun qurilish materiali olib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Murojaat_va_natija

Yurtimizda yoshlarga hayotda o‘z o‘rnini topishlarida doim yordam ko‘rsatib kelinadi. Guliston mahallasida yashovchi M.Noyobova ham tikuvchilik qilib, o‘zini band qilish maqsadida tikuv mashinasi so‘rab murojaat qilgan edi.

Tuman hokimi o‘rinbosari S.Xamdamov “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda bo‘lgan M.Noyobovaga subsidiya asosida so‘ragan tikuv mashinasini topshirib, ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Murojaat_va_natija

Tuman rahbarlariga biriktirilgan "qizil toifa"dagi nogiron va ehtiyojmand yoshlarning muammolari tizimli hal etilmoqda.

Xususan, Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i B.Eshmurodova ushbu toifada ro‘yxatga olingan A.Abduvaliyev xonadonida bo‘lib, homiylik qilib, noutbuk sovg‘a qildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Murojaat_va_natija

Nuroniy onaxonning murojaati hal etildi

Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari natijasida koʻplab muammolarga yechim topilmoqda.
Jumladan, Suvti mahallasida “Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida oʻtkazilgan xatlovlarda aholining turmush sharoiti yaqindan oʻrganildi.

Tinchlik koʻchasida yashovchi nuroniy onaxon Roziya Qoʻldosheva bemor boʻlib, yotib qolgani sababli ishchi guruhidan nogironlik aravachasi berilishini soʻragan edi. Tuman hokimligi va ishchi guruhi tomonidan bugun onaxonning iltimosi qondirilib, aravacha taqdim etildi va duolari olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

Koʻlota mahallasi Yettiboy koʻchasida yashovchi bir guruh fuqarolar murojaat yo‘llagan edi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi