PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#jarayon

❇️Kelovchi mahalla hududida "Qadriyatlar beshigisan-aziz mahallam" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari, yoshlar ishtirok etib, sumalak sayillari va milliy urf odatlarimiz namоyon etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatidagi shahar va tuman hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyiha menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash hamda ularni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. 2024-yil 1-aprelga qadar ularga ustamalar belgilash boʻyicha komissiya tuziladi.

Joriy yil 1-iyulga qadar mazkur vazifa egalari faoliyati samaradorligini baholash tizimi va ularning faoliyatiga doir hisobotlarning yuritilishi tajriba-sinov tariqasida, yil yakuniga qadar esa toʻliq avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirish choralari koʻriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_eʼlon

Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

🔹 Joriy yilning 30-mart kuni jurnalist va bloger (vayner, youtuber, tik-toker)lar o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" degan bosh g‘oya asosida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

🔹 Ushbu musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan bloger, kanal yurituvchi va ijtimoiy tarmoq faollari TELEGRAM BOT ga yoki ADMINga yozishingiz mumkin.

Bloger tanishlarga yuborib qo‘ying.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#Sogʻlom_hayot_sari

Sog‘lom hayot sari 5000 qadam

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar va xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini faol hayot tarziga chorlash maqsadida maqsadida Piskent tumanida sport - sog‘lomlashtirish tadbirlari, musobaqalar va turnirlar muntazam tashkil etib boriladi.

Salomatlikni mustahkamlash maqsadida "Ommaviy badantarbiya" va "Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam skandinavcha yurish"
sport tadbirlari bo'lib o'tdi. Tadbirda  tumanimizdagi 150 dan ziyod fuqaro faol ishtirok etishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Respublikamiz hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar hamda turli xil ko'ngilsiz vaziyatlarni sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida joriy yilning 15 mart kunidan 15 aprel kuniga qadar o'tkazilishi belgilangan “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlIg'i o'rinbosari kapitan Ilhomjonov Axyor ishtirokida brifing.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#Bildirish

Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 30-mart kuni Nurafshon shahridagi markaziy oʻyingohda jurnalist va bloger (vayner, youtuber, tik-toker, instabloger)lar o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" bosh g‘oyasi asosida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan jurnalist, bloger, kanal yurituvchi va ijtimoiy tarmoq faollari oʻzi istiqomat qiladigan hudud hokimligining axborot xizmati boʻlimiga uchrab, roʻyxatdan oʻtishi yoki +998949305455, +998909033994 telefon raqamlarga qoʻngʻiroq qilishi kerak.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

Rajab Ummatov  Piskent tumanidagi “Istiqlol” mahallasida yashaydi. U uch oʻgʻli bilan tomorqasining 10 sotix maydoniga rediskaning “dungan” navini ekkan.

Uning aytishicha, yil davomida 30 million daromad topadi. Har oyda tomorqa orqasidan oila aʼzolarining 3 nafari ish bilan taʼminlagan. Asosiysi daromadga kirgan oila mahalladan beriladigan moddiy koʻmakka muhtoj emas.

Koʻring, oʻrnak boʻlsa arziydi.

Piskent tumani “Istiqlol”  mahallasi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#iftorlik
#ramazon

💫Ramazon oyi munosabati bilan tuman hokimligi iftorlik dasturxoni tashkil etdi

Piskent tumani aholisi uchun yozilgan iftorlik dasturxoniga nuroniylar, mahalla faollari, ishchi xodimlar, roʻzadorlar taklif etildi.

Ushbu iftorlik dasturxoni xalqimizga xos, insoniylikning yuksak koʻrinishini oʻzida aks ettiruvchi qadriyatlarimizning ham bir koʻrinishi boʻldi.
Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbatlarda esa bugungi farovon va tinch hayotimizga, toʻkin dasturxon atrofida jam boʻlib oʻtirish neʼmat ekanligiga shukronalar keltirildi.
Ana shunday ezgu niyatlar ila nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi uchun shukronalik bildirib, duoga qoʻl ochishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#Bildirish

⚡️⚡️⚡️Diqqat, vaqtinchalik gaz oʻchiriladi!

“Piskenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi shuni maʼlum qiladiki, Toshkent MGKBning 2024-yil 25-martdagi 83-sonli xabarnomasiga asosan, Olmaliq-3 GTSHdagi toraytiruvchi qurilmani almashtirish hamda taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 27-mart kuni soat 12:00dan 14:00gacha Piskent tumanidagi aholi va ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

“Piskenttumangaz” maʼmuriyati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#Auksion

"E-auksion"
platformasida Toshkent viloyatida 1671 mingga yaqin tadbirkorlikka mo'ljallangan yer uchastkalari mavjud bo'lib, ularni elektron savdo platformasi orqali sotib olishingiz mumkin.

📍Angren shahri - 169 ta (Ko'rish);
📍Bekobod tumani - 121 ta
(Ko'rish);
📍Bo'ka tumani - 164 ta
(Ko'rish);
📍Bo'stonliq tumani - 8 ta
(Ko'rish);
📍Zangiota tumani - 8 ta
(Ko'rish);
📍Qibray tumani - 37 ta
(Ko'rish);
📍Quyi Chirchiq tumani - 212 ta
(Ko'rish);
📍Nurafshon shahri - 32 ta
(Ko'rish);
📍Oqqo'rg'on tumani - 66 ta
(Ko'rish);
📍Olmaliq shahri - 38 ta
(Ko'rish);
📍Ohangaron tumani - 144 ta
(Ko'rish);
📍Ohangaron shahri - 11 ta
(Ko'rish);
📍Parkent tumani - 1 ta
(Ko'rish);
📍Piskent tumani - 371 ta
(Ko'rish);
📍Toshkent tumani - 1 ta
(Ko'rish);
📍O'rta Chirchiq tumani - 65 ta
(Ko'rish);
📍Chinoz tumani - 122 ta
(Ko'rish);
📍Chirchiq shahri - 9 ta
(Ko'rish);
📍Yuqori Chirchiq tumani - 27 ta
(Ko'rish);
📍Yangiyo'l tumani - 65 ta
(Ko'rish).

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Mehnat_bozori

Bugun 27-mart kuni 1-sektor hududida Piskent tumani hokimligi va Kambag'allikni qisqartirish bo'limi hamkorligida bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkaga 125 ta ishsiz va band bo'lmagan aholi jalb qilindi. Yarmarka davomida 13 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo'llanma berildi. 11 nafar fuqarolarga kasbga qayta o'qish uchun yo'llanma berildi. Yarmarkada 23 ta korxona va tashkilotlar o'zlarining bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
#Bildirish

Kuchli shamol natijasida Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida 12,5 ming isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzildi


Energetika vazirligining xabar qilishicha, soat 09:33 da kuchli shamol tufayli Toshkent shahrida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmogʻi 60 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.

Buning natijasida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda isteʼmolchilarni boshqa manbalardan taʼminlash choralari koʻrilyapti.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM