PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Вояга етмаган қизларни унаштириш ва яқин қариндошлар ўртасидаги никоҳ билан боғлиқ келажак авлод саломатлигига салбий таъсир қилаётган ҳолатларнинг олдини олиш, бунинг оқибатларини тушунтириш борасида ишлар лозим даражада олиб борилмаётгани қайд этилди.

Кейинги йилларда мамлакатимизда оила ва хотин-қизлар ҳуқуқларининг кафолатлари, аёлларни зўравонлик ва тазйиқдан ҳимоя қилиш тизими анча кучайтирилди. Лекин бундай ҳолатлар ҳали ҳам учраб турибди.

Зўравонликка учраган хотин-қизлар реабилитация билан етарлича қамраб олинмагани қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
🔥1
Аёллар ва болаларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоялаш бўйича маҳалла даражасида алоҳида тизим яратилиши белгиланди.

Тазйиққа учраган аёллар реестри тузилиб, уларга маҳаллада тезкор комплекс хизмат кўрсатиш тизими жорий қилинади.

Ҳар бир туман шифохонасида зўравонликка учраганларга тиббий ва руҳий ёрдам кўрсатиш учун туну кун ишлайдиган хоналар ташкил этилади.

Қийин вазиятдаги ёш оналарни қўллаб-қувватлаш учун “Оналар маскани” хизматини йўлга қўйиш топширилди.

Йиғилишда соҳа учун масъуллар ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботи тингланди.

Facebook|Instagram|X
👍3🔥1🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

Tinchlik - buyuk neʼmat. Alloh oʻzi yurtimizni turli balo-qazolardan asrasin!

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hayotiy va ibratli voqeani so‘zlab berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍81🔥1
#Taʼlim_tarbiya

Ilm olmoqlik fazilatdir

Moʻminobod mahallasi hamda 5-IDUM hamkorligida “Ilm olmoqlik fazilat, kitob oʻqimoqlik hikmat” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va noanʼanaviy ota-onalar majlisi oʻtkazildi.

“Oila-mahalla-maktab” hamkorligi doirasida tashkil etilgan tadbirda “Oqila ayollar” harakati aʼzolari, Moʻminobod mahallasi raisi va xotin-qizlar faoli tomonidan oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasi, bunda kitob mutolaasining oʻrni toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.

Yakunda tadbir tashkilotchisi boʻlgan 5-IDUM oʻqituvchisi A.Ikromova faol oʻquvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma hamda maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6🔥1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 21 февраль куни амалий ташриф билан Қозон шаҳрида бўлади.

По приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 21 февраля совершит рабочий визит в город Казань.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозон шаҳрига келди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Казань.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Қозон шаҳрига келди

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Казань

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍5
#Tadbir

Maktablarda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

Nuroniylar kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorligida taʼlim muassasalarida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari oʻtkazilmoqda. Unda mahallalardagi nuroniy, katta hayot tajribasiga ega boʻlgan otaxonu onaxonlar maktab oʻquvchilari bilan tarbiyaviy ahamiyatga ega davra suhbatlari olib borishdi.

Samimiy muloqot chog‘ida nuroniylar yoshlarga ona Vatanga mehr, sadoqat, oilaga muhabbat, insoniylik tuyg‘ulari hayotiy muvaffaqiyatlarga asos bo‘lishi to‘g‘risida tajribalari bilan so‘zlab berishdi. O‘z navbatida yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlar kayfiyatini xushnud etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
👍61🔥1👏1
#Rahbar_va_yoshlar

IIB boshligʻi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

“Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida 3-sektor rahbari, IIB boshligʻi L.Rahmatullayev sektor hududidagi yoshlar bilan muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda IIB Probatsiya guruhi katta inspektori E.Boʻsinov, 30 nafardan ortiq yoshlar, jumladan, 12 nafar probatsiya nazorati hisobida muddat oʻtayotgan yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan va ularni qiynagan muammolar tinglandi. Yoshlarning mustaqil hayotda toʻgʻri yoʻl topishlariga koʻmaklashish maqsadida tavsiyalar, bir qator amaliy yordamlar taklif etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍61