PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tashabbus

Tumanimizning aksariyat mahallalarida ish jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi sadolari ostida boshlanayotganiga guvoh boʻldik.

Jumladan, Moʻminobod, Yangiobod, Bekobod, Oybek, Mingtepa, Doʻstlik va Taraqqiyot mahallalarida mahalla masʼullari erta tongdan madhiyamizga hurmat koʻrsatishdi. Shundan soʻng hududdagi 4, 23, 30, 40-umumtaʼlim maktablarida boʻlib, oʻquvchilarning darslarga davomati hamda taʼlim sifati oʻrganildi. Muassasalarda mavjud muammolarni bartaraf etishda mahalla va maktab hamkorligi borasida qator vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Navoiyxonlik

NAZM VA NAVO KECHALARI TASHKIL ETILDI

Gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan sana munosabati bilan bugun Piskent tumanidagi barcha taʼlim dargohlarida “Nazm va navo kechasi” oʻtkazilmoqda.

Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, Axborot kutubxona markazi va umumtaʼlim maktablari maʼmuriyati hamkorligida oʻtkazilgan tadbirlarga ijodkor oʻquvchilar va ustozlar, sheʼriyat ihlosmandlari jamuljam boʻldilar. 

Unda Alisher Navoiyning asrlar mobaynida qadri va qiymati tobora ortib borayotgan maʼnaviy merosi, allomaning hayoti va ijodiga bagʻishlangan asarlar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Gʻazallari, ruboiylari hamda ular asosida bastalangan qoʻshiqlar ijro etildi. Bunday boy maʼnaviy merosni shunchaki saqlash emas, balki yosh avlodga chuqur oʻrgatish va anglatish zarurligi taʼkidlanmoqda.

Suratlarda: 1,3,4,10,12,23,26,32-maktablarda boʻlib oʻtgan navoiyxonlik kechalaridan lavhalar.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
Qishloq hayoti_A2_5-son Payshanba (1).pdf
1.4 MB
#Matbuot

«Qishloq hayoti» gazetasining 2024-yil 8-fevral kungi 5 (9273)-soni mutolaa uchun taqdim etildi.

Unda jurnalist Ibrohim Toshevning “Xitob boshqa, shitob boshqa” nomli maqolasida Toshkent viloyati, jumladan Piskent tumanida mehnat migrantlarining muammolarini hal etish, ishsiz aholi va yoshlarning bandligini taʼminlash borasida bajarilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida soʻz boradi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Bugun Piskent tumani hokimi oʻrinbosari D.Abdazimov va Mahallalar uyushmasi tuman  boʻlimi boshligʻi X.Isamuhamedov hamda jamoatchilik vakillari mahallalarda davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha taʼlim muassasalarida bajarilayotgan ishlar koʻlami bilan tanishdi.

Shuningdek, Lolaariq va Birlik, shuningdek, PQ-408-sonli qaror asosida Mingtepa va Maylobod mahalla  binolari qurilishida yoʻl qoʻyilgan bir qator kamchiliklar aniqlanib, foydalanishga topshirishdan avvаl bartaraf etish boʻyicha choralar belgilandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалигида янги захираларни ишга солиш ҳамда 2024 йилги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задействованию новых резервов и приоритетным задачам в сельском хозяйстве на 2024 год.

Facebook|Instagram|X
Президент раислигида аграр соҳадаги устувор вазифалар ва режаларга бағишланган йиғилиш бошланди.

Соҳада сўнгги йилларда амалга оширилган ислоҳотлар натижасида деҳқон-фермерларнинг манфаати, даромади ошиб, маҳсулот кўпайди, кластер тизими ривожланиб, юқори унумли техника ва чуқур қайта ишлаш кириб келди, янги навлар ва агротехнология кўпаймоқда.

Жумладан, ўтган йили соҳада ишлаб чиқариш 4,1 фоизга ўсиб, 426 триллион сўмни ташкил қилди. Экспорт эса қарийб 2 миллиард долларга етди. 152 минг гектар боғ ва токзорлар барпо қилинди.

2023 йил илк бор 3 миллион 700 минг тонна пахта, 8 миллион тонна ғалла ҳосили олинди. Бундай рақамлар яқин тарихимизда ҳеч қачон бўлмаган.

Facebook|Instagram|X
Ер ва сув ресурслари чекланган шароитда қишлоқ хўжалиги масъуллари жорий йилда мутлақо янгича ишлаши зарурлиги қайд этилди.

Лекин, таннархни камайтириш, юқори ҳосил берадиган уруғ ва кўчатларни етказиб бериш, саноат муҳитини олиб кириш бўйича айрим мутасаддилар ва ҳокимлар етарлича ишламаётгани танқид қилинди.

Жорий йилда туманларга ҳосилдор уруғларни етказиб, деҳқонларни янги агротехнологияларга ўқитиб, пахта ва ғаллада ҳосилдорликни янада ошириш муҳимлиги кўрсатиб ўтилди.

Шунингдек, ўғит таннархни 15 фоизга камайтириб, қишлоқ хўжалигини 900 минг тонна минерал ўғит билан таъминлаш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
Бу йилдан илк бор четдан олиб келинган чигитни экишга рухсат берилди.

Лекин, шу пайтгача Пахтачилик кенгаши, Карантин агентлиги, вилоят ҳокимлари бир тўхтамга келиб, қаердан, қандай навли уруғ олиб келиб, қаерга экишни ҳал қилмагани кўрсатиб ўтилди.

Шу муносабат билан бир ой муддатда хориждан 3 минг тонна уруғлик чигитни олиб келиш топширилди. Умуман, жорий йилда 100 минг гектарда юқори ҳосилдор хорижий пахта навларини экиш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X